1 mavzu tibbiyot deontologiyasi asoslari. Hozirgi zamon tibbiyotida yatrogeniya, evtanaziya muammolari. Muloqot turlari. Klinika faoliyati bilan tanishish. Davolash muassasalari faoliyatini tashkil etish


Dorivor preparatlarni burun bo’shlig’iga kiritish


Download 278.01 Kb.
bet35/87
Sana02.12.2023
Hajmi278.01 Kb.
#1780319
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   87
Bog'liq
1-курс ЛОТИН ўзбекча КИТОБ тайёр

Dorivor preparatlarni burun bo’shlig’iga kiritish
Muolaja. Burunga tomchi tomizish
Maqsad: dorivor preparatni kiritish.
Tayyorgarlik: bemorga muolajaning mohiyatini tushuntiring. Jihozlar: shisha idishda dorivor modda (preparat maxsus idishda dozalangan moslamasi bulishi mumkin), pipetka, salfetka.
Bemorning holati: boshi orqaga egilgan holda yotib (boshni qarama-qarshi yelka tomon egish mumkin) yoki o’tirib. Bajarilishi:
1. Qo’lingizni yuving.
2. Tomchilarning nomlanishi shifokorning ko’rsatmasiga mosligini tekshiring.
3. Pipetkaga tomchining kerakli miqdorini oling.
4. Burun yo’llarini paxtali turundalar yordamida tozalang.
5. Bemorning burun uchini sal kutaring.
6. Dorivor moddani (pipetkani chuqur kiritmang) birinchi burun katagining pastki burun yo’liga (3-4 tomchi) tomizing, bemordan bir necha daqiqa shunday yotishini so’rang, tomchining ta’mi yoki hidini sezishi haqida bemorni ogohlantiring.
Muolajani burunning ikkinchi katagi uchun takrorlang.
Bemorga qulay holatni egallashga yordam bering, kayfiyati haqida so’rang.
Pipetkani dezinfeksiya eritmasiga soling, qo’lingizni yuving.


Ogohlantirish: moyli tomchilar tomizilganda dorivor modda kekirdakning orqa devori orqali oqib tushadi.


Muolaja. Dori vositasini burun orqali ingalyatsiya qilish
Tayyorgarlik: dorivor moddaning nomlanishi shifokorning ko’rsatmasiga mosligini tekshiring, bemorning burun yo’llarini shilimshiq va po’stloqdan tozalang.
Bajarilishi:
1. O’zini tutish qoidalarini, muolajaning borishini bemorga tushuntiring.
2. Bemorni o’tkazing.
3. Qo’lingizni yuving.
4. Dori preparatga solinmagan ingalyatsiya ballonchasi bilan muolaja bajarilishini bemorga ko’rsating.
5. Ingalyatordan himoya qopqog’ini yeching, silkitib, aerozolli ballonchaning tubini tepaga qilib o’giring.
6. Bemorga boshni sal orqaga qilib, o’ng yelkaga egishni iltimos qiling.
7. Bemorga barmoq bilan burunning o’ng qanotini yopishni taklif qiling.
8. Bemorni og’iz orqali chuqur nafas chiqarishini iltimos qiling.
9. Mundshtuk uchligini bemor burnining chap qismiga kiriting, bemordan burun orqali chuqur nafas olishni va bir vaqtga ballonchaning tubini bosishni iltimos qiling; mundshtuk uchligini bemorning burnidan chiqaring va 5-10 sek. nafasni ushlab turishni ayting.
10. Bemordan tinch nafas chiqarishini iltimos qiling.
11. Burunning o’ng tomoni ingalyatsiya qilinganda bemorga boshni chap yelkaga egib, burunning chap qanotini yopishni maslahat bering; ushbu muolajani sizning yoningizda mustaqil bajarib ko’rishini tavsiya qiling
12. Ingalyatorni himoya qalpoqchasi bilan yoping, maxsus joyga olib qo’ying, qo’lingizni yuving.

Download 278.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling