Belgilar:
— darmonsizlik quvvatsizlik;
— tana harorati 37,5—38°C gacha ko’tarilishi;
— bosh og’rig’i, ba’zida burun qonashi;
— uncha qattiq bo’lmagan yo’tal, shilimshiq-yiringli ozroq balg’am ajraladi, ba’zida balgam yopishqoq va qonli bo’ladi;
— yo’tal vaqtida ko’krak qafasida og’riq bir oz nafas qisish (nafas olish bir daqiqada 25—30 marta) kuzatiladi.
Harorat asta-sekin pasayadi.
Kasallikning davomiyligi organizmning ahvoli, davolash boshlangan vaqti, parvarishga bog’liq.
O’choqli pnevmoniya bilan og’rigan bemorlarni parvarishi krupoz pnevmoniyani davolash qoidalari kabi amalga oshiriladi.
1. Qat’iy yotish rejimi.
2. Ko’p miqdorda suyuqlik berish.
3. Kislorodli yostiqdan nafas oldirish.
4. Yotish rejimidagi bemorlarni parvarish qilishda gigienik qoidalar.
5. Xonani yelvizaksiz, tez-tez shamollatib turishi, namlab tozalash.
6. Vitaminli, energetik quvvati yuqori bo’lgan ovqatni oz-ozdan berish.
7. Qo’shimcha vositalar: ko’krak qafasiga xantal kukuni yoki banka qo’yish. Ko’krak qafasida og’riqlarni kamaytirish uchun quyidagi xalq vositasini qo’llash mumkin: turpni qirg’ichda qirib, bir bo’lak dokaga yupqa qavat qilib, ko’krak qafasiga qo’yiladi, avval sochiq so’ngra esa ro’mol bilan yopiladi. Bu qilingan kompress terini qizartiradi va issiqlik hissini paydo qiladi. Teri kuyib qolmasligi kuzatib turiladi, 20 daqiqa ushlab, teri yaxshilab artiladi va issiq kiyim kiyiladi.
Balg’amli yo’talda bemorga balg’am ko’chiruvchi vositalar beriladi.
Bemorda shaxsiy tuflagich bo’lishi zarur, tuflagichning 1/3 qismiga 5 foizli xloramin eritmasi qo’yiladi.
Qabziyatda tozalovchi xuqna qilinadi yoki surgi dori beriladi (ayniqsa quyidagi o’tlar samara beradi - sano, itshumurt po’stlog’i, haydovchi to’plam: 1 osh qoshiq o’tga 1 stakan qaynoq suv quyiladi, damlanib, suzgichdan o’tkaziladi va ichiladi). Quyidagilar ichakni yaxshi tozalaydi: 1 stakan qatiqqa 1 osh qoshiq o’simlik moyi qo’shiladi, shuningdek suvda pishirilgan lavlagi (1 ta lavlagi yoki 1/2 stakan xom lavlagining sharbati) kechqurun beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |