1 mavzu tibbiyot deontologiyasi asoslari. Hozirgi zamon tibbiyotida yatrogeniya, evtanaziya muammolari. Muloqot turlari. Klinika faoliyati bilan tanishish. Davolash muassasalari faoliyatini tashkil etish


Download 278.01 Kb.
bet42/87
Sana02.12.2023
Hajmi278.01 Kb.
#1780319
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   87
Bog'liq
1-курс ЛОТИН ўзбекча КИТОБ тайёр

Simptom.
Balg’am
Balg’am — yo’talda ajraladigan nafas yo’llari va o’pkadagi kasallik jarayonining mahsuloti. Balg’am ajralishi kasallikdan dalolat beradi.
Balg’am miqdori har xil: o’tkir bronxit va o’pka yallig’lanishining boshlang’ich shaklida bemor bir-ikki marta oz-ozdan balg’am tuflasa, o’pkaning yiringli kasalliklarida 1—2 l gacha ajratadi. Odatda, balg’amning hidi bo’lmaydi, o’pkada yiringli jarayon ro’y bersa balg’am chirindi hidli yoki qo’lansa bo’ladi.
Balg’amning quyuq-suyukligi, rangi uning tarkibiga bog’liq. O’pka yallig’lanishi, bronxial astma, bronxitning boshlanish davrida rangsiz, tiniq yopishqoq shilimshiqli balg’am ajraladi. Yiringli, suyuq ko’kimtir balg’am o’pkaning yiringli kasalliklarida paydo bo’ladi. Qonli balg’am unga tushgan qonning miqdori va sifatiga ko’ra har xil ko’rinishga ega. Balg’amdagi taram-taram yoki qotib qolgan qon tuberkullyozda, o’pka shishida, bronxlar kengayishida bo’ladi. Zang tusli balg’am o’pkaning krupoz yallig’lanishida, qizil balg’am o’pkaning parchalanayotgan shishlarida, jigarrang yiringli balg’am o’pka yiringlaganda va yiring bog’lagan yaraning parchalanishida bo’ladi.
Balg’amda qon paydo bo’lishi bilan shifokorning shoshilinch maslahati zarur.
Balg’am kasalliklarning, ayniqsa, silning tarqalish manbasi bo’lishi mumkin.
Balg’amni yig’ish uchun tuflagichlar ishlatiladi. Balg’am tuflay olmasdan, uni yutib yuboradigan bemorlar tuflagichga balg’am ajratishning maxsus usullariga o’rgatiladi.
Atrofdagilarga yuqtirmaslik maqsadida bemorga quyidagilarni o’rgatish zarur:
1. Bevosita sog’ odamlar yonida bo’lganda yo’talmaslikka harakat qilish. Yo’talni tutib turolmasa, balg’am zarrachalari boshqa odamga tegib ketmasligi uchun og’izni ro’molcha yoki shaxsiy salfetka bilan yopish zarur.
2. Balg’amni polga tuflamaslik kerak chunki u qurib qolayotganda havoni, havo orqali esa sog’ odamlarni zararlaydi.
3. Balg’amni ro’molchaga tuflash yaramaydi, chunki u kiyimga tegishi mumkin.
4. Balg’amni tuflagichga yoki maxsus moslangan shisha idishga yig’ish zarur; ishlatishdan oldin zararsizlantirish va balg’am idishning devorlariga yopishmasligi uchun tuflagichning 1x3 qismiga 5 foizli xloramin eritmasi quyiladi.
5. 2 soat mobaynida xlorli ohak bilan ishlangandan so’ng sil bilan kasallangan
bemorning balg’ami kanalizatsiyaga oqizib yuboriladi (100 g balg’amga 2—3 g quruq xlorli ohak).



Download 278.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling