1-mavzu. “Tizimli tahlil” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. «Tizimli tahlil»
Download 233.67 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tizimlilik tamoili
- Ko’p o’lchovlilik (multidissiplinarlik) tamoili
- Integratsiya tamoili
Maqsadlilik tamoili – tizimli o’rganish jarayonida maqsad va vaziflarni belgilash va yakuniy maqsadni aniqlash xisoblanadi. Tizimning tamoilini tushunish uchun u nimaga buni qilayapti ? va buni qanday qilayapti ? kabi savollarga javob izlash kerak”. Maqsad va vazifalar shunday shakllantirilishi kerakki, ular muammoning yechimiga erishish va tizim ish faoliyatini yaxshilash imkonini berishi kerak. Ular aniq, o’lchanadigan, realistik, natijaga yo’naltirilgan bo’lishi va tizimning barcha jihatlarini qamrab olishi kerak;
Tizimlilik tamoili – “Obyektni chinakam bilish uchun uning barcha tomonlarini, barcha aloqalari va vositachiliklarini tushunish, o’rganish kerak. Biz bunga hech qachon to’liq erisha olmaymiz, ammo keng qamrovlilik talabi bizni xatolardan ogohlantiradi. Tizimlilik tamoili yangi obyektga o’zaro bog’liq shaxsiy elementlar to’plami bilan ifodalangan murakkab obyekt sifatida yondashishni nazarda tutadi. U, bir tomondan, obyektni yaxlit bir butun sifatida, ikkinchi tomondan, tahlil qilinadigan obyekt boshqa tizimlar bilan ma’lum munosabatlarda bo’lgan kattaroq tizimning bir qismi sifatida o’rganishni o’z ichiga oladi. Shunday qilib, izchillik tamoyili obyekt va obyektning makon va vaqtdagi barcha tomonlarini qamrab oladi!” 2 Ko’p o’lchovlilik (multidissiplinarlik) tamoili – tizimli tahlilning eng asosiy tamoillaridan biri xisoblanadi. Ushbu tamoil “qarama-qarshi tendensiyalarda bir-birini to’ldiruvchi munosabatlarni ko’rish va ishlamaydigan qismlardan ishlaydigan yaxlitlikni yaratish qobiliyatidir”.3 Murosaga kelish nuqtasi odatda ikkita ekstremal elementlarni o’z ichiga olgan beqaror aralashmadir. Bunga misol qilib qora va oq orasida minglab kul ranglarni keltirish mumkin. Integratsiya tamoili: tizim tahlili tizim va uning ishlashi haqida toʻliq tasavvur hosil qilish uchun turli manbalardan olingan maʼlumotlarni birlashtiradi. Shuningdek ushbu tamoil matematika, informatika, iqtisod, sotsiologiya va texnik, ijtimoiy, iqtisodiy va atrof-muhitni o’z ichiga olgan turli xil tizimlarni o’rganish va optimallashtirish imkonini beruvchi keng ko’lamli usul va yondashuvlarni o’z ichiga oladi. Download 233.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling