1-mavzu. “Tizimli tahlil” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. «Tizimli tahlil»


Download 233.67 Kb.
bet6/84
Sana16.11.2023
Hajmi233.67 Kb.
#1778946
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84
- Biznes sohasida. Tizim tahlili biznes jarayonlarini optimallashtirish, moliyani boshqarish, xodimlarni boshqarishni takomillashtirish va samarali qarorlar qabul qilish uchun ishlatilishi mumkin. Shuningdek resurslarni boshqarish, optimal byudjetni aniqlash, ish jarayonini soddalashtirish, risklarni aniqlash, maxsulot va xizmat sifatini yaxshilash, biznesni tashkil qilishdagi zaif nuqtalarni aniqlash va o’garishlardagi tizimlarning bir – biriga ta’sirini aniqlashda yordam beradi.
- Ekologiya va tabiiy resurslar. Tizim tahlili inson va atrof-muhit o'rtasidagi o'zaro ta'sirni o'rganish, shuningdek, tabiiy resurslardan foydalanishni optimallashtirish va atrof-muhitga ta'sirni kamaytirish uchun qo'llanilishi mumkin. U o’z ichiga atrof-muhitga ta'sirni baholash, tabiiy resurslarni boshqarish, chiqindilarni ishlatishni optimallashtirish, ekologik xavflarni boshqarish, iqlim o’zgarishini baxolash, biologic xilma – xillikni aniqlash kabi bir qancha tizimlarni qamrab oladi.
- Muhandislik va texnika fanlari. Tizim tahlili mashinalar, elektronika va dasturiy ta'minot kabi murakkab tizimlarni loyihalashni optimallashtirish uchun ishlatilishi mumkin.
-Davlat boshqaruvi: tizimli tahlil davlat organlari boshqaruvini takomillashtirish, byudjetni boshqarish, siyosatni ishlab chiqish va davlat dasturlarini boshqarishda, qarorlar qabul qilish jarayonlarini optimallashtirish uchun ishlatilishi mumkin.
Tizim ta’rifi. Tizim – ma’lum maqsadlarga erishish uchun bir butunga birlashtirilgan o’zaro bog’liq elementlar to’plami xisoblanadi. Bu moddiy yoki mavhum, jismoniy yoki axborot tazda bo’lishi mumkin. Umuman olganda, tizimni obyektlar, jarayonlar, ma’lumotlar va ular orasidagi munosabatlarni o’z ichiga olgan murakkab tuzilma sifatida belgilash mumkin.
Tizimning asosiy xususiyatlaridan bir bu tuzilish xisoblanadi. Tuzilish tizim elementlari va ularning tashkil etilishi o’rtasidagi munosabatlarni tavsiflaydi.
Tuzilish(tarkib, xususiyat) deganda obyektlarning o’xshashligi yoki farqini aniqlaydigan va boshqa obyektlar bilan o’zaro aloqada o’zini namoyon qiladigan qiymat tushuniladi. Obyektning xossalari tuzilishda (xususiyatlarda) namoyon bo’ladi va amal qilish qonuni shaklida taqdim etiladi.

Download 233.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling