1-mavzu. “Tizimli tahlil” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. «Tizimli tahlil»


Download 233.67 Kb.
bet5/84
Sana16.11.2023
Hajmi233.67 Kb.
#1778946
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84
Struktura tamoili: Tizim tahlili tizimning tuzilishini aniqlash va uning asosiy elementlari va ular orasidagi munosabatlarni ajratib ko'rsatish imkonini beradi.

  • Iyerarxiya tamoili: Tizim tahlili tizimning iyerarxik tuzilishini ochib beradi, bu esa uni bir nechta tafsilotlar darajasida ko’rish imkonini beradi. Iyerarxik munosabatlar ko’plab tizimlarda sodir bo'lib, ular ham tarkibiy, ham funksional farqlash, ya’ni ma’lum funksiyalar doirasini amalga oshirish qobiliyati bilan tavsiflanadi.

  • Modellashtirish tamoili: Model obyekti yordamida dastlabki obyektning eng muhim xususiyatlari haqida ma’lumot olish uchun bir obyektni boshqasiga almashtirish modellashtirish deb ataladi. 4Obyekt to’g’risida natijalarni olish uchun amaliy tadqiqot jarayonini tashkillashtirish imkoni bo’lmagan xolatlarda u obyektga nisbatan simulyativ(taqlidiy) model tashkil qilinadi.

    Tizimli tahlilning tamoillari o’rganilayotgan obyektga nisbatan turlicha bo’lishi mumkin.
    Tizimli tahlil ko’p xollarda modellashtirilayotgan yoki tadqiqot jarayonining umumiy strukturasini tuzish, tizimning nochiziqli xarakterini aniqlash va tizim xolatiga kelish uchun yetarli ma’lumotlarni shakllantirishda qo’llaniladi.
    Tizimli tahlilni qo’llash sohalari. Tizimli tahlil murakkab tizimlar va jarayonlarni o’rganish uchun turli fan sohalaridagi bilim va usullarni birlashtirgan ko’p tarmoqli metodologiya xisoblanadi va fan, texnologiya, biznes, davlat boshqaruvi, ekologiya va boshqalar kabi turli sohalardagi turli muammolar va vazifalararni hal qilish uchun ishlatiladi. Masalan:
    - Boshqaruv sohasida. Tizimli tahlil boshqaruv jarayonini tizimli tashkil qilish va loyihalash uchun ishlatilishi mumkin. Tizim tahlili boshqaruvchilarga tashkilot tizimi, uning elementlari, o’zaro ta’siri va tashqi muhitga ta’siri haqidagi ma’lumotlarni har tomonlama va kompleks tahlil qilish asosida qarorlar qabul qilishda yordam beradi. Shuningdek davlat boshqaruvi, sog’liqni saqlash, ta’lim, transport, ishlab chiqarish va boshqalar kabi turli sohalarda foydali bo'lishi mumkin.

    Download 233.67 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling