13-MAVZU: MOYLI EKINLARGA TOVAR ISHLOV BERISH
Reja:
1. O’zbekiston Respublikasida o’simlik moyining ishlab chiqarish imkoniyati va uning istiqbollari
2. Moy ishlab chiqarish texnologiyasi
3. O’simlik moylarini texnologik xususiyatlari
4. O’simlik moylarining sifatini belgilash va undan qolgan chiqindilardan foydalanish yo’llari
1. O’zbekiston Respublikasida o’simlik moyining ishlab chiqarish imkoniyati va uning istiqbollari
Moy ishlab chiqarish korxonalarining rekonstuktsiya qilinishi va qaytadan qurollantirish uchun o’z mablag’i evaziga bajarilgan, 1997-2000 yillar mobaynida 2mlrd. 950mln. investitsiya sarflangan.
Uning evaziga AOOT «Yangiyo’l yog’-moy» korxonasida yog’ni polietilen idishga quyadigan liniya o’rnatilgan. Xuddi shunday qurilmalar Kogon, Namangan, Guliston, Beruniy, Qarshi yog’ zavodlarida o’rnatilgan. «Maslojirtabakprom» uyushmasiga qarashli qo’shma korxonalar ish olib bormoqdalar, ular: O’zbek-Singapur Qarshi yog’, O’zbek-Buyuk Britaniya SP Djibri, O’zbek-Rossiya SP Uzximvekt, O’zbek-Amerika-Belgiya SP, O’zbek-Turkiya SP «Akyil interneyshnl LTD», O’zbek-Polьsha SP va boshqa birlashmalar ishlab turibdi.
Ustav fondi 640 ming dollarga tengdir yoki 39 mln. 808 ming so’mga tengdir. 1999 yil SP «Qarshi yog’» tomonidan 779 ming minenral suv ishlab chiqilgan, uning realizatsiyasidan 33 mln. 975 ming so’m tushgan va sof foyda 4 mln. 306 ming so’mga teng bo’lgan.
Agar 10 yil ilgari asosiy yog’ mahsulotining realizatsiya bozori faqatgina Rossiya hisoblansa, hozirgi vaqtda yog’ ishlab chiqaruvchi korxonalar o’z mahsulotini Vengriya, Polьsha, Daniya, Gollandiya, Eron va Boltiq bo’yi respublikalariga sotadilar. Markazlashtirilgan savdoda tushgan valyuta mablag’i Markaziy Bankka sotiladi.
Respublikada ishlab chiqarilgan yog’ mahsuloti iste’molchilarga Vazirlar Mahkamasi buyurtmasi bo’yicha 2005 yilga borib yog’ eksporti –13, 6 mln. dollarga teng bo’ladi yoki 1999 yilga nisbatan 1, 9 marotaba ko’pdir.
2000 yilda Namangan viloyatida 1600 gektargacha kungaboqar ekildi, Andijon viloyati Paxtaobod tumani Kunshaydon qishlog’ida aka-uka Usmonovlar o’simlik yog’i ishlab chiqaradigan zavod qurdilar, bu tsex har bir soatda 200 kg yog’ ishlab chtqarish quvvatiga ega. 1 sutkada bu zavod 30 tonna xomashyoni qayta ishlash quvvatiga ega bo’lib, 5 tonna yog’, 12 tonna kunjara, 10 tonna sheluxa ishlab chiqarish qurbiga egadir. Bir tonna kungaboqar urug’idan-400 kg yog’ ishlab chiqarish mumkin bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |