1-mavzu: tovar ishlov berish fani va uning vazifalari reja
Meva konservalarining sifatiga qo’yilgan talablar
Download 0.51 Mb.
|
ҚХМСДИТдан МАЪРУЗА МАТНИ (rasmsiz)
2. Meva konservalarining sifatiga qo’yilgan talablar
Tabiiy meva konservalari deb – mevalar idishga joylashtirilib, ustidan tabiiy meva sharbati, pyuresi yoki pulpa quyilib germetik yopilgan va sterilizatsiyalangan tayyor mahsulotga aytiladi. Tabiiy meva konservalari tayyorlanishda foydalanilgan xom – ashyo turidan kelib chiqib quyidagi assortimentlarda ishlab chiqarilishi mumkin: olma yoki olxo’ri sharbatidagi olma; o’z sharbatidagi o’rik, olcha, olxo’ri va h.k. Kompotlar. Bu turdagi mahsulotlar deyarlik hamma meva va rezavor-mevalardan tayyorlanib, assortimenti xilma-xildir. Kompotlar bir turli xom ashyodan yoki bir necha tur mevalar aralashmasidan (assorti) tayyorlanishi mumkin. Kompot tayyorlashda meva idishga joylashtirilib ustidan qand siropi quyib idish germetik yopiladi va sterilizatsiyalanadi. Qand siropining kontsentratsiyasi meva xom – ashyosidagi quruq moddadan kelib chiqib 16 dan 42% gacha bo’lishi mumkin. Yorqin rangli mevalardan kompot tayyorlashda qand siropiga boshlang’ich xom – ashyoning kislotaligidan kelib 0,2 dan 1% gacha limon yoki vino kislotasi aralashtiriladi. Kompotlar bir yoki bir necha meva aralashmasidan (assorti) tayyorlanishi mumkin. Bir xil mevadan tayyorlangan kompotlar foydalanilgan meva xom – ashyodan kelib chiqib olma, nok, olcha kompoti deb nomlanishi mumkin. Kompot tayyorlarda urug’li mevalardan ko’proq foydalaniladi. Sifat ko’rsatkichlari bo’yicha kompotlar oliy, 1-chi va xo’raki navlariga bo’linadi (GOST 816 – 91 “Kompotlar. Texnik shartlar”). Ular organoleptik ko’rsatkichlari – tashqi ko’rinishi, meva konsistentsiyasi, sirop sifati bo’yicha farq qiladi. Har bir bankada o’lcham, rang va shakli bo’yicha bir xil meva bo’lishi kerak. Meva yoki uning bo’laklari butun, pishib titilmagan va yoriqsiz bo’lishi kerak. Sirop shaffof, toza, meva to’qimalarining bo’laklarisiz, begona aralashmalarsiz bo’lishi kerak. To’qimalar na muallaq, na cho’kma ko’rinishida bo’lishi mumkin emas. Kompotning xo’raki navida quruq modda miqdori oliy va I navlarga qaraganda pastroq bo’ladi. Kompotlarning energetik qiymati 100 g mahsulotda 300-400 kDj-ni tashkil etadi. Kompotlar ishlab chiqarishda mevalar massasining butun kompot massasidagi miqdori esa 35-60% ni tashkil etishi kerak. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling