1-mavzu: tovar ishlov berish fani va uning vazifalari reja


Gazak turdagi sabzavot konservalari


Download 0.51 Mb.
bet30/82
Sana04.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1158077
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   82
Bog'liq
ҚХМСДИТдан МАЪРУЗА МАТНИ (rasmsiz)

Gazak turdagi sabzavot konservalari oldindan pazandalik ishlov berilgan (qovurilgan, farshlangan va h.k.) sabzavotlardan tayyorlanadi. Bunday konservalar ko’p komponentli iste’mol uchun tayyor mahsulot hisoblanadi, qo’shimcha pazandalik ishlovlari berish shart emas. Ular yuqori to’yimliligi va yaxshi ta’mi bilan farq qiladi. Sabzavotlarni qovurish jarayonida biologik faol moddalarning aksariyati yo’qotiladi, lekin moy qo’shish natijasida konservaning energetik qiymati ortadi.
Pazandalik ishlov berilishidan kelib chiqib gazak turdagi sabzavot konservalari quyidagi kichik guruxlarga ajratiladi:
– sabzavot do’lmasi (chuchuk qalampir, baqlajon, tomat, karam tayyorlanadi), ichiga qovurilgan ildizmeva va piyozdan iborat farsh solinadi, bankaga joylashtirgach ustidan tomat sousi quyiladi;
– ko’ndalang (dumaloq shaklda) kesilgan va qovurilgan baqlajon va kabachok, farsh bilan birgalikda yoki farshsiz tomat sousida konservalangan;
– turli shakldagi bo’laklarga kesilgan sabzavot (baqlajon, kabachok, tomat), parrak qilib kesilgan chuchuk qalampir;
– baqlajon, kabachok va patisson ikralari va salatlar.
Bunday konservalarning asosiy xom – ashyosi baqlajon, shirin qalampir, qovoqcha, patisson, tomatlar va moy; yordamchi xom – ashyosi – sabzi, ziravor ildizmevalar, piyoz va ko’katli ziravorlar hisoblanadi.
Gazak turdagi sabzavot konservalari assortimenti turli tumandir. Ularning nomlanishi ishlab chiqarish texnologiyasi va qo’llanilgan asosiy sabzavot xom – ashyo nomi bilan bog’liq. Bunday turdagi konservalardan eng ko’p miqdorda ishlab chiqariladiganlari: ikralardan – qovoqchali va baqlajonli, kam ishlab chiqariladigani – lavlagi ikrasi; kesib tayyorlanganlaridan – shirin qalampir, gogosharlar, shirin qalampirning boshqa sabzavotlar bilan aralashmasi (lecho), baqlajonlar; salatlardan – gazakbob salat va ovchilar salati; farshlangan sabzavotlardan – sabzavotli yoki guruchli karam do’lma, sabzavotlar yoki guruch to’ldirilgan shirin qalampir (golubtsi), baqlajon hisoblanadi.
Qovoqcha yoki baqlajon ikrasini qovoqcha baqlajonni o’simlik moyiga qovurib, so’ngra ularni maydalash va ezish orqali bir xil massaga keltirish orqali tayyorlanadi. Qovurish va maydalashda sabzavotlarga tuz, qovurilgan sabzi, oq ildizlar, piyoz, ko’katlar va boshqa ziravorlar qo’shiladi. Sabzavot ikralarining sifat ko’rsatkichlari GOST 2654 – 86 talablari bilan meyorlanadi.
Lecho – kesib maydalangan shirin qalampir, sabzi, ziravor sabzavotlar va tomat sousi aralashmasini sterilizatsiyalab shisha yoki tunika idishga germetik yopilgan konserva hisoblanadi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling