1-mavzu: tovar ishlov berish fani va uning vazifalari reja


Meva – sabzavot konservalarida uchraydigan nuqsonlar


Download 0.51 Mb.
bet36/82
Sana04.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1158077
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   82
Bog'liq
ҚХМСДИТдан МАЪРУЗА МАТНИ (rasmsiz)

Meva – sabzavot konservalarida uchraydigan nuqsonlar. Meva-sabzavot konservalarini saqlaganda har xil omillar ta’sirida ularda quyidagi nuqsonlar vujudga keladi: bombaj, bankaning ezilishi, bankadan mahsulotning sizib chiqishi, bankaning zanglashi va boshqalar.
Bombaj – bu bankalar qopqog’ining bo’rtib chiqishidir. Bombajlar mikrobiologik, kimyoviy va fizikaviy bombajlarga bo’linadi.
Mikrobiologik bombaj yaxshi sterilizatsiya qilinmagan konservalarda tirik qolgan mikroorganizmlarning rivojlanishi sababli vujudga keladi. Bunda banka ichida SO2, N2, NH3 va boshqa gazlar to’planishi hisobiga banka bo’rtib chiqadi. Issiqlikka bardoshligi anaerob bakteriyalar ta’sirida tarkibida oltingugurt bo’lgan oqsillar parchalanib N2S (vodord sulfid) gazini hosil qiladi. Buning natijasida mahsulotda chirigan narsaga xos hid paydo bo’ladi. Mikrobiologik bombaj ro’y bergan konserva bankalarining ichki yuzasi qorayib qoladi.
Kimyoviy bombaj esa banka devorlari metali bilan mahsulotning tarkibidagi kislotalarning reaktsiyasi natijasida vodorod gazi ajralishi natijasida vujudga keladi. Ana shu vodorod gazi bankaning bo’rtib chiqishiga sabab bo’ladi. Kimyoviy bombaj asosan kislotaliligi yuqori bo’lgan konservalarda tez-tez uchrab turadi.
Fizikaviy bombaj konserva bankalariga keragidan ko’proq miqdorda mahsulot joylanganda yoki banka ichidagi mahsulot muzlab hajmi kengayishi hisobiga yuz beradi. Fizikaviy bombajga uchragan konserva mahsulotlarini iste’mol qilish mumkin.
Bombaj belgilari bor konservalar iste’molga yaroqsiz hisoblanadi, bunday konservalar yo’q qilib tashlanishi kerak.
Konservalarning nordonlashib qolishi (skisanie) termofil bakteriyalarining rivojlanishi sababli vujudga keladi. Ko’pincha sharbatlarda shunday o’zgarishlar ro’y beradi. Bunday konservalarni sotishga ruxsat etilmaydi.
Mahsulotning bankadan sizib chiqishi ham ko’p uchraydigan nuqsonlardan hisoblanadi. Bunday nuqson meva-sabzavot konservalarida saqlaganda ular germetikligini yo’qotsa yoki sterilizatsiya qilishgacha yaxshi bekitilmagan holatlarda vujudga keladi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling