1-mavzu: tovar ishlov berish fani va uning vazifalari reja
QAND LAVLAGINI YUVISH VA KESISH JARAYONI
Download 0.51 Mb.
|
ҚХМСДИТдан МАЪРУЗА МАТНИ (rasmsiz)
QAND LAVLAGINI YUVISH VA KESISH JARAYONI
Lavlagin yuvish. Lavlagi ildizmyevalarni tuproq, loy va boshqa yopishib qolgan aralshmalardan tozalash uchun, zavodlarda asosan tirsakli (kulachkovo’y) yuvish mashinalari qo’llaniladi. Mashinalar suvlar yuqori yoki past hamda kombinatsiyalangan xajmlarda bo’lishi mumkin. Suvi ko’p bo’lgan yuvish mashinalarida lavlagi erkin tarqalib og’ir aralashmalar oson tagiga cho’kadi, yengillari esa suv yuzasiga chiqib qoladi. SHuning uchun bunday lavlagini yuvish mashinasidan turli aralashmalarni ajratib olish oson kyechadi. Suv xajmi kam bo’lgan yuvish mashinasida ildizmyevalar zich joylashishi natijasida bir – biriga ishqalanib loy va boshqa aralashmalar yengil yuviladi. Biroq ildizmyevalarni zichligi va yuzida tinch suvning bo’lmaganligi sababli ishning unumdorligi va samarasi past bo’ladi. Kombinatsiyalashgan yuvish mashinalarida birin–kyetin joylashtirilgan ikkita mashinalar bo’lib ularda lavlagidan turli aralashmalarni yuvish jarayoni yaxshi ta’minlanadi, lyekin bunday mashinalarni tuzilishi murakkab bo’lganligi sababli uncha qo’llanilmaydi. Ko’pchilik shakar-qand ishlab chiqariladigan zavodlarda lavlagilarni yuvish uchun ko’p suv yig’imiga ega bo’lgan sutkasiga 1,5 ming tonna xom-ashyoni yuvadigan KMZ-57 M mashina (7- rasm.) ishlatiladi. KMZ-57M mashinasida (qo’shimcha tizimlab otiladigan yuvish usuliksiz) lavlagi ifloslarini yuvib tashlash samaradorligi 30% tashkil etadi. Bundan tashqari tirsakli yuvish mashinalarida ildizmyevalarni bir qismi zaxalanadi va maydalanib kyetadi, shuni oqibatida qandni miqdori ozayib isrofgarchilik ko’payadi. SHu sababli oxirgi yillarda tizillab otiladigan suvda yuvish usuli tobora kyeng tarqalmoqda. Bu usulda xom-ashyoni yuvish samaradorligi yuqori bo’lib, qand miqdorini yo’qotilishi bir nyecha marotaba kam. Toza lavlagini ko’tarib olib lavlagilarni kyesadigan joyga qo’yish uchun lyentasimon transportyor yoki cho’michli lavlagi elyevatoridan foydalaniladi. Lavlagi elyevatori qat’iy ravishda vyertikal o’rnatilishi kyerak. Lavlagi elyevatoridan toza xom-ashyo gorizontal joylashgan eni 1,5 myetrli lyentasimon transportyorga kyelib tushadi. Kyelib tushgan xom-ashyodan yuqoriga osib qo’yilgan elyektromagnit syeparator yordamida myetal aralashmalar va tushib qolgan noma’lum narsalar chiqarib tashlanadi. Nazorat qilish lyentasimon transportyorni xarakat tyezligi 0,3-0,35 m/s. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling