1-mavzu: tovar ishlov berish fani va uning vazifalari reja


Download 0.51 Mb.
bet62/82
Sana04.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1158077
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   82
Bog'liq
ҚХМСДИТдан МАЪРУЗА МАТНИ (rasmsiz)

Qandni yo’qotilishi. Lavlagini yuvish jarayonida lavlagini tarkibidagi saxarozani ma’lum darajada yo’qotilishi kuzatiladi. bunday olatlar asosan gidravlika (suv ta’sirida) yordamida lavlagilarni zavodga uzatishda, va yuvish jarayonida qandning bir qismi transportyorli yuvish mashinasida baktyeriyalar yordamida parchalanadi. Ushbu jarayonda umumiy qandning yo’qotilishi lavlagining og’irligiga nisbatan 0,6-0,8% foyizni tashkil etadi.
Qandning yo’qotilishi transportyorli yuvish suvining ko’p ishlatilishi oqibatida arorati ortib boradi (mye’yor bo’yicha suvning arorati 170S dan ortmasligi shart). Bundan tashqari ildizmyevalarning fizik xolatini yomonlashishi (so’lishi, myexanik shikastlanishi), lavlagilar uzatiladigan yo’lda qirrali narsalarni paydo bo’lib qolishi va boshqa shikastlantiradigan aralashmalarni mavjudligi qand miqdorini pasayishiga olib kyeladi.
Lavlagini qirqish va qirindisini olish jarayoni
Lavlagini qiriqish va qirindisini olish jarayoni uchun markazdan qochma, diskli va barabanli lavlagi kyesuvchi dastgoxlar qo’llaniladi. Ularni ishlash printsipi lavlagi va kyesuvchi pichoqlarni turlicha xarakatlanishiga asoslangan. Markazdan qochma mashinalarda pichoqlar vyertikal joylashgan tsilindrlar dyevoriga jilmaydigan qilib o’rnatilgan, lavlagilar tsilindrni ichki yuzasida xarakatlanib markazdan qochuvchi kuch yordaimda pichoqlarga qarab yo’naltiriladi. Diskli lavlagi kyesuvchi dastgoxda lavlagilar gorizontal dastgoga makamlangan pichoqlar ustida o’zini og’irligi bilan yopishib, harakatsiz yotadi. Disklar xarakatga kyeltirilganda pichoqlar xarakatlanib ularni kyesadi. Barabanli mashinalarda gorizontal olatda aylanayotgan barabanlarni dyevorlariga pichoqlar o’rnatilgan bo’lib, lavlagilar barabani ichida mahsus qisgich bilan mahkamlanadi. Hozirgi vaqtda qand zavodlarida 24 ramali markazdan qochuvchi mashinalar qo’llaniladi. Lavlagilarni 24 ramali mashinani kyesish doirasida zich joylashishi isobiga, hamda barabanni atrofida bir xil tarqalishi tufayli eng yuqori ishlab ishlab chiqarishga erishiladi. YAngi lavlagi kyesuvchi mashinani barabanini ichida mahsulot zich joylashganligi uchun, lavlagilarni kyesish jarayonida jilishi pasayadi, shuning uchun bir xil irindini chiqishi ko’payadi. Tarkibida sqligan, gullagan, tolali ildizmyevalar va turli o’simlik aralashmalari bo’lgan lavlagilarni kyesishda qovurg’asiz pichoqlarni ishlatgan yaxshi, chunki hozirgi vaqtda qovurg’ali CHijyek pichog’i syekin – asta ishlab chiqarishdan siqib chiqarilmoqda. Fryezyerlangan qovurg’asiz lavlagi kyesuvchi pichoqlar instrumyental po’latni u – 8A rusumligini ikkita turidan: A va B qadami 6;7;8,25;10 mm (8-rasm.) va tolali lavlagilar uchun qadami 12 mm qilib tayyorlanadi. SHakar qand ishlab chiqarish zavodlarida yangi 3180 nomyerli patlarni profil burchagi 900 li pichoqlarda to’rtburchak shaklidagi qirindilar olinadi. Kyeyingi vaqtlarda markazdan qochiruvchi lavlagi kyesuvchi mashinalarda buruluvchi va ishlayotgan paytda pichoqlarni xolatini o’zgartiruvchi lavlagi kyesuvchi pichoqli ramalar qo’llanmoqda.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling