1-mavzu: tovar ishlov berish fani va uning vazifalari reja


Download 0.51 Mb.
bet70/82
Sana04.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1158077
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   82
Bog'liq
ҚХМСДИТдан МАЪРУЗА МАТНИ (rasmsiz)

Kungaboqar navlari. Kungaboqar kuyasi va shumg'iya (tekinxo'r o'simlik kungaboqar ildizida rivojlanadi va uning hosildorligini keskin pasaytiradi) zararlashiga chidamli kunga­boqar navlarini yaratish borasida olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar natijasida yangi kugaboqar navlari yaratildi. Bu kungaboqar nav­lari sermoyligi, zararlanishga chidamliligi bilan alohida ajralib turadi. Kungaboqar navlari to'g'risidagi ma'lumot bilan 34-jadvalda tanishishingiz mumkin.
Kungaboqar urug'iga qo'yilgan standart talablari. Kungaboqar urug'iga bir xil standart shartlari qo'yilgan. Mazkur standart bo'yicha kungaboqar urug'i shakli, hajmi, to'liqligi, meva qobig'ining qalinligiga ko'ra uch turga bo'linadi: moyli, oraliq, chaqiladigan. Yuqoridagi turlar urug' rangiga qarab kichik tur-chalarga bo'linadi. Birinchi tur: kulrang va qora, uchinchi tur esa kulrang-qora va oq. Har bir tur urug'i sinfli va sinfsizga ajratiladi. Sinflarga ajratishda quyidagi ko'rsatkichlar asos qilib olinadi: haj-miy og'irlik, namlik, moyli va ifloslantiruvchi aralashmalar.
Kungaboqar urug'i sifat ko'rsatkichlarini aniqlashning o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Masalan, ifloslanganlik odatdagi usul bilan ani'qlangandan keyin, asosiy dondan 10 g miqdorda qo'shimcha o'lchanma olinadi. Bu o'lchanma yanchiladi, qobiqsizlantiriladi va puch mag'zi, zararlangan urug'lar ajratiladi. Har bir ajratilgan fraksiya o'lchanadi va 100 g. li o'lchanmadagi shu turdagi aralashmalarga qo'shiladi va uning miqdori foizda ifodalanadi.


Nazorat savollari
1.Bug'doy doni, uning xalq xo'jaligidagi ahamiyati va ekin maydonlari xususida so'zlang.
2.Bug'doyning yetishtirilishi, botanikaviy sinflanishi, turlari va navlarini bilasizmi?
3.Bug'doy donining morfologiyasi va anatomiyasi deganda nimani tushunasiz?
4.Qattiq va yumshoq bug'doy donlari qaysi morfologik belgilari bilan bir-biridan farq qiladi?
5.Bug'doy donining shishasimonligi, texnologik ahamiyati va aniqlash usullarini bayon eting.
6.Bug'doy doni anatomik qismlarining o'zaro nisbati qanday?
7.Bug'doy donining o'rtacha kimyoviy tarkibi haqida ma'lumot bering.
8.Bug'doy doni kleykovinasining tavsifi, miqdori va sifatini aniqlash usullari.
9.Kleykovinaning kimyoviy tarkibi qanday moddalardan tashkil topgan?
10.“Kuchli” bug'doy deganda nimani tushunasiz?
11.Qattiq bug'doy donining texnologik xususiyatlari. Donni tayyorlash davridagi hisob-kitob (haq to'lash).
12.Qattiq bug'doy doni sifatining tavsifi, navlari, yetishtirilishi, standart talablari.
13.“Kuchli” bug'doyga standart bo'yicha qo'yiladigan talablar.
14.Yumshoq bug'doyni aralashtirish qiymati va uni aniqlash usullari, sifatni yaxshilovchi bug'doy navlari.



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling