1-mavzu: tovar ishlov berish fani va uning vazifalari reja


Moy ishlab chiqarish texnologiyasi


Download 0.51 Mb.
bet72/82
Sana04.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1158077
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   82
Bog'liq
ҚХМСДИТдан МАЪРУЗА МАТНИ (rasmsiz)

2. Moy ishlab chiqarish texnologiyasi
O’simlik moyi tarkibida trigleritsin, moy kislotalari, murakkab efirlar uchraydi. Moyli ekinlarda: kungaborqarda 29-57%, paxta chigitida 17-29%, zig’irda 29-48%, loviyada 13-25%, yeryong’oqda 41-69%, soyada 15-26%, kunjutda 50-55% moy saqlanadi.
O’simlik moyi oziq-ovqat mahsuloti bo’lib, konservalash, konditer mahsulotlarini tayyorlashda ishlatiladi. O’simlik moyidan sovun, alif, moy kislotalari, glitserin, lak materiallarini tayyorlashda ishlatiladi.
O’zbekistonda 19 ta yirik yog’-moy korxonasi bo’lib, ularda har yili 2, 5 mln. tonnadan ortiq paxta moyi olinadi. Eng yirik yog’-moyi korxonasi bo’lib Kattaqo’rg’on yog’-moy kombinati hisoblanadi, bu kombinat bir sutkada 830 t. gacha chigitni qayta ishlaydi.
Agar ilgari moy faqat juvoz, keyin oddiy gidravlik shibbalagichlari yordamida olingan bo’lsa, hozirgi kunda yog’ zavodlari ekstraktsiya batareyalari va uzluksiz ishlaydigan avtomat shnekli shibbalangichlar bilan jihozlangan. Moyli urug’lar dastlabki tozalashdan keyin omborga beriladi. Moyli o’simlik urug’larini qayta ishlash quyidagi texnologik jarayonlaridan iborat bo’ladi. Urug’lar qobig’i maydalanadi, maydalangan qobiqlarni mag’izdan ajratish, mag’izlarni yanchish, maydalangan mag’zini qovirish, qovirilgan materialni shibbalash.
Birinchi bosqich urug’ni shibbalash yoki ekstratsiyaga tayyorlashdan iborat bo’ladi.
Ikkinchi bosqich shibbalash yoki ekstratsiyalashdan iborat bo’ladi.
Ekstratsion usul shibbalash usuliga nisbatan moyni to’la ajratib olishga imkon beradi.
3. O’simlik moylarini texnologik xususiyatlari
O’simlik moyining sifati, tashqi ko’rinishi, fizikaviy xossalari va kimyoviy tarkibi bilan aniqlanadi.
Paxta moyining rangi och sariq o’ziga xos kuchsiz hidi va mazasiga egadir. Unda suyuq (70-75%) va qattiq (30-35%) moy kislotalari uchraydi. Paxta moyi tarkibida 42-55% linolat kislotasi saqlanadi.
Kungaboqar moyi tiniq, sap-sariq bo’lib, tozalanmagan moyning rangi och sariq, o’ziga xos hidli bo’ladi. Tarkibida 60-70% linolat kislotasi uchraydi.
Soya moyi rangi och sariq, o’ziga xos hidli, tarkibida 60-65% linolenat moyi kislotasi saqlanadi.
Zig’ir moyi sariq rangli tiniq moy, tarkibida 80% moy kislotasi uchraydi.
Eryong’oq moyi och sariq rangli, yashimtir tovlanadi.
Davlat standarti bo’yicha moyning rangi, hidi va tiniqligi harorati 20°S bo’lganda aniqlanadi.
Moyning tiniqligini aniqlash uchun 100 ml moy shisha tsilindrga solinib, 20°S haroratda bir sutka saqlanadi. Agar shisha tsilindrning yuqori qismida cho’kindilar bo’lmasa, moy tiniq hisoblanadi. Rangini aniqlash uchun stakanga moy kamida 50 mm solinib, yorug’likka qaraladi. Moyning hidini aniqlashda, undan oyna plastinkaga yupqa qavat qilib tomiziladi va aniqlanadi. Moyning sifati, undan chiqqan chiqindi miqdorlari bilan aniqlanadi. Bindan tashqari moy sifati sovunlanish va yod soni ko’rsatkichlari bilan ham aniqlanadi.
O’simlik moylari tsisterna, bochka, bidon va butilkalarda 4-6°S haroratda saqlash muddati 1 yilga tavsiya etiladi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling