1-mavzu: tovar ishlov berish fani va uning vazifalari reja


-MAVZU: MOYLI EKINLARNING SIFATIGA QO’YILADIGAN TALABLAR


Download 0.51 Mb.
bet74/82
Sana04.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1158077
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   82
Bog'liq
ҚХМСДИТдан МАЪРУЗА МАТНИ (rasmsiz)

14-MAVZU: MOYLI EKINLARNING SIFATIGA QO’YILADIGAN TALABLAR
Reja:
1.Moyli o’simliklar urug’larining asosiy sifat ko’rsatkichlari va davlat standartlari printsiplari.
2.Urug’ va urug’ massasining texnologik xossalari.
3.Urug’ massasining tarkibi. Urug’ va urug’ massasining fizik-mexanik xossalari.

Xalq xo’jaligida ishlatilishiga ko’ra moyli o’simliklar bir necha guruhlarga bo’linadi. Agar o’simlik faqat urug’idan moy olish maqsadida o’stirilsa va uning boshqa mahsulotlari ikkilamchi bo’lib, moyiga nisbatan qadrsiz bo’lsa, bunday o’simlikni asl moyli o’simlik deb atash mumkin. Kungaboqar, kunjut, maxsar va tung o’simliklari asl moyli o’simliklar hisoblanadi.


Ikkinchi guruh o’simliklari tolali-moyli o’simliklar bo’lib, bu o’simliklar urug’laridan moy olish yagona maksad emas. Bu o’simliklardan tola olish ham muhim axamiyatga ega. Tolali-moyli o’simliklarga paxta, zig’ir va kanop kiradi.
1860 yilgacha paxta faqat tolasi uchun ekilib, chigit esa paxta tozalash zavodlarining chiqit mahsuloti hisoblangan. CHigitdan moy olish boshlanganiga 130 yil bo’lgan bo’lsa ham, uning moyliligi deyarli o’zgarmadi. CHunki, paxta selektsiyasi faqat uning tolasi sifatini yaxshilashga yo’naltirilgan. Kungaboqar urug’ining moyliligi oxirgi 30 yilda deyarli ikki barobar oshirilgan.
Zig’ir o’simligidan olinadigan ham tola sifatini yaxshilashga, ham urug’ining moyliligini oshirishga bir xil ahamiyat berilmokda. Lekin maksimal miqdorda texnik moy olish maksadi, bu moyli urug’ning moyliligini oshirishga olib keldi.
Uchinchi guruh o’simliklari efirli-moyli o’simliklar bo’lib, ularning urug’larida moy bilan birga efir moylari bor. Bunday urug’lardan olinadigan moy ikkilamchi, qimmati pastroq mahsulot bo’lib, urug’dan efirlardan keyin ajratib olinadi. Bu guruh o’simligiga koriandrni misol qilish mumkin. Uning urug’i tarkibidan efir moylari ajratilib, so’ngra ajratilgan moy texnik maqsadlarda qo’llaniladi.
To’rtinchi guruh o’simliklari oqsil-moyli o’simliklar bo’lib, ularning urug’ida ko’p moy bo’lishi bilan birga, urug’ning lipid bo’lmagan qismi xalq xo’jaligi uchun qimmatli mahsulot hisoblanadi. Bunday urug’larga, tarkibida oson hazm bo’luvchi oqsillarga boy bo’lgan, soya va yer yongokni misol kilish mumkin.
Yana bir guruh o’simliklar ziravor-moyli o’simliklar bo’lib, ular urug’larining lipid bo’lmagan qismidan mahsus ta’m beruvchi moddalar olinadi (gorchitsa).
Sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan o’simlik moyli xom ashyolari - moyli urug’lar va mevalar sifati davlat standartlari bilan belgilangandir.Unda moyli xom ashyolarga, ularni saqlash va qayta ishlab moy olish texnologiyalariga aniq texnik talablar belgilangan.
Moyli ururlarga standart asosiy 5 bo’limdan tashkil topgan: aniqlash, tovar klassifikatsiyasi, texnik shartlar, sifatni aniqlash usullari, saqlash va transportirovka qilish.
1 - bo’limda urug’ni ishlatish maqsadi aniqlanadi.
2 - bo’limda tovar klassifikatsiyasi bo’lib, unda urug’ning botanik va morfologik belgilariga, biologik o’ziga xosligi yoki o’stirilgan rayoniga ko’ra turi aniqlanadi. Ma’lum turdagi urug’da 5, 10, 15% ko’rsatkichlar bilan chegaralangan boshqa turdagi urug’lar (aralashgan xolda) normasi ko’rsatilgan. Agar aralashgan urug’larning miqdori belgilangan normalardan oshiq bo’lsa, bu urug’lar massasi turli urug’lar aralashmasi deb nomlanadi va asosiy hamda qo’shimcha urug’larning (%) miqdori ko’rsatiladi.
3-bo’limda urug’lar sifat ko’rsatkichlariga qo’yiladigan talablarning miqdor kattaliklari ro’yhati keltirilgan. SHu talablar asosida, urug’ning namligi, ifloslanish darajasi, mikroorganizmlar miqdori va boshqa ko’rsatkichlari bo’yicha, uning sifat guruhi aniqlanadi. SHu bo’limning o’zida moyli urug’lar massasida bo’lishi mumkin bo’lgan moyli qo’shimchalar va iflosliklarning to’liq ta’rifi berilgan.
4 - bo’limda standartlarni aniqlash uchun qo’llaniladigan moyli urug’lar sifat ko’rsatkichlarining talablar ro’yxati kiritilgan.
5 - bo’limda aniqlangan navli urug’ni joylash va saqlash printsiplari bayon etilgan.
Moyli urug’lar massasi millionlab urug’lardan tashkil topganligi uchun, ularning o’rtacha ko’rsatkichi tushunchasi ishlatilishi mumkin. Urug’ va mevalarning xususiyatlari ularning morfologiyasi, anatomiyasi va kimyoviy tarkibiga bog’liq bo’lib, har bir moyli o’simlik uchun o’ziga xosdir. Urug’larning texnologik sifatini fizik-mexanik, fizik-kimyoviy va fiziologik (biologik) ko’rsatkichlar belgilaydi.
Har bir urug’ning fizik-mexanik xossalariga uning geometrik shakli va o’lchamlari, nisbiy zichligi, aerodinamik, dielektrik va boshqa xossalari kiradi. Bu xossalar urug’larni terimdan keyingi qayta ishlash, saqlash va texnologik kayta ishlash jarayonlaridagi masalalarni hal qilishda muhimdir. Bir dona urug’dan farqli ravishda urug’lar massasi yangi xususiyatlarga ega bo’ladilar. Bo’larga urug’lar massasining sochiluvchanligi, sochma zichligi, g’ovakligi, hajmiy og’irligi va boshqalar kiradi.
Urug’larning geometrik shakli va o’lchamlariga ko’ra saqlash xonalarining turlari, texnologik uskunalarning ishchi qismlari, hamda saqlash va qayta ishlash usullari tanlanadi.
Aynan bir moyli urug’ning o’lchami qancha katta bo’lsa (yirik bo’lsa), shunchalik uning texnologik sifati yaxshi bo’ladi.
Urug’lar bir biridan xajmi bilan farq qilsa, urug’lar yig’indisi boshqa urug’lardan tabiiy va absolyut og’irligi bilan, sochiluvchanligi va shunga o’xshash fizik ko’rsatkichlar bilan farq qiladi.
Bir dona urug’ning o’lchamlari uning og’irligi bilan o’zviy bog’liq. SHuning uchun urug’larning og’irligini o’lchash uchun «absolyut og’irlik» tushunchasi kiritilgan. Bu 1000 dona ururning 0% namlikdagi yoki absolyut quruq xolatidagi og’irligi (foizda ifodalangan namlikga mos grammlarni o’lchangan og’irlikdan ayirgandagi). Buni aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
A = a (100 - Ьs ) / 100 / g /
Bu yerda, a - 1000 ta o’z namligiga ega bo’lgan urug’larning og’irligi, ( g )
Ьs - shu urug’larning namligi, ( % )
Absolyut og’irligiga ko’ra urug’lar og’ir, o’rtacha va yengil urug’larga bo’linadi. Masalan, og’ir urug’lar (g) :soya-1000...1200; chigit-110...165;ungaboqar - 45... 100;
O’rtacha og’irlikdagi urug’lar (g): maxsar - 20...50; zig’ir - 3...15;
Engil urug’lar (g): raps - 1,9...5,5; kunjut - 2...5;
Undan tashqari urug’larning «tabiiy og’irligi» bor. Bu bir hajm sochilib solingan urug’larning, namligiga mos og’irlikni ayrib tashlagandagi, grammlarda ifodalangan og’irligidir. Bu kattalikni aniqlaydigan mahsus tarozi bo’lib, uning bir hajm (litr) urug’ massasini to’plashga moslashgan bunkeri va tsilindri bor. Yig’ilgan urug’ massasi tarozida o’lchanadi.
Har bir urug’ yana «nisbiy zichlik» ko’rsatkichi bilan xarakterlanadi. Bu ko’rsatkich urug’ning kimyoviy tarkibi, namligi va to’qimalarining zichligiga bog’lik. To’qimalar g’ovak bo’lsa, ularda havo ko’p bo’ladi. Masalan, kungaboqarda umumiy hajmining 20...35%-ni g’ovaklardagi havo tashkil etadi. Moyli urug’lar bu ko’rsatkichi bo’yicha ikki guruhga bo’linadilar: nisbiy zichligi birdan kichik bo’lganlar (kungaboqar 0,65...0,84) va nisbiy zichligi birdan katta bo’lgan urug’lar (soya 1,15...1,35; zig’ir 1,16).
Urug’larning fizik xossalari - absolyut og’irligi, nisbiy zichligi va geometrik shakli ularning kimyoviy tarkibi bilan bog’lig’qir.Urug’larning absolyut og’irligi va nisbiy zichligi ularning moyliligi bilan to’g’ri proportsional.
Urug’larning aerodinamik xossalari ularning absolyut og’irligi, geometrik shakli, zichligiga bog’liq. Bu xossasi ularni quritish, tozalash, pnevmoo’zatish vaqtida xisobga olinishi kerak. Havo urug’ massasi orasidan turli tezlikda o’tkazilganda urug’lar qimirlamasligi, turgan yerida harakatlanib aralashishi va havo tezligi oshib kritik darajaga yetganida uchishi mumkin.
Asosiy moyli urug’lar, o’rtacha tukli chigitdan tashqari, sochilgan xolatda (uyumda) o’zaro juda kam bog’lanadilar (ilakishadilar). SHuning uchun ular yaxshi sochiluvchanlikka egalar va ularni qiya yuzalardan yuqoridan pastga qarab oson harakatlantirish mumkin. Bunda urug’lar massasi sochiluvchanligiga urug’ shakli, namligi, massa tarkibidagi turli qo’shimchalar turi va xolati, urug’ sirpanayotgan yuzaning materiali va xolati ta’sir kiladi. Moyli urug’ning shakli qanchalik sharga o’xshash va silliq bo’lsa u shunchalik sochiluvchan bo’ladi. Ayrim urug’lar namligining oshishi (kungaboqar, zig’ir,kanakunjut) ularning temir va yog’ooch yuzalar bilan ishqalanish koeffitsientining ortishiga olib keladi. Urug’lar sochiluvchanligi ularni sochilish vaqtida o’z-o’zidan navlanishiga (sortlanish) olib keladi. Uyumlar hosil qilinganda og’ir komponentlar uyum konusining pastki perimetri bo’yicha joylashsa, yengillari konus uchiga yaqin joylashadilar. Bu hodisani urug’larni avtomobilda trasportirovka kilganda ham ko’zatish mumkin. Bunda og’ir urug’lar va qo’shimchalar urug’- massasi tubiga tushib qoladi. Urug’ massasidan o’rtacha namuna olganda shu hodisaga ahamiyat berish kerak.
Urug’larning fizik-kimyoviy ko’rsatkichlaridan asosiylari: sorbtsionligi, gigroskopligi va teplofizik xossalaridir. Ularning bu xossalari asosan terimdan keyingi qayta ishlash va saqlash sharoitlarini belgilaydi.
Urug’larning yuqori sorbtsion xususiyatlari ular to’qimalarining xossalariga bog’lik. Ular yuzlarining tez sorbtsiya va desorbtsiya qilishi urug’ to’qimalari xususiyatlariga bog’liq. Urug’lar massalari sorbtsiyalash qobiliyati esa massa ichidagi havo bilan to’lgan bo’shliqlarga bog’liq. Moyli urug’larning havodan namlikni sorbtsiya qilishi gigroskopikligi ko’prok amaliy ahamiyatga ega. Agar havodagi suv parining partsial bosimi urug’ yuzasiga yaqin yerdagidan katta bo’lsa, sorbtsiya jarayoni aksincha bo’lsa desorbtsiya jarayoni boradi. Asosan havo namligini sorbtsiyalash va desorbtsiyalash o’zaro dinamik muvozanatda bo’lib, vaqt birligi ichida sorbtsiyalangan va desorbtsiyalangan suv miqdori bir xildir. Tashki muhit suv parining partsial bosimi va temperaturasiga ma’lum miqdorda sorbtsiyalanadigan va desorbtsiyalanadigan suv miqdori moe keladi. Havo namligi 100% dan oshsa urug’lar havodan suv parini sorbtsiyalamay, tomchi-suyuklikni singdira boshlaydi. Bu namlik gigroskopik namlik deyiladi.
Urug’larning fiziologik xususiyatlarini nafas olish intensivligi, unib chiquvchanligi va unib chiqish energiyasi kabi ko’rsatkichlar baholaydi.
Urug’ massasi faqat bir turdagi urug’lardangina iborat bo’lmay boshqa urug’lar va qo’shimchalardan tashkil topgan. Bu qo’shimchalar mineral va organik ifloslardan va zaxarlangan urug’lardan iborat bo’ladi.
Urug’larning nafas olish intensivligi yuqorida ko’rib chiqqanimizdek saqlash jarayoniga ta’sir qiladi. Bu ko’rsatkichni vaqt birligida ajralib chiqqan SO2 ning mikdoriga karab aniqlash mumkin. Urug’larning nafas olish intensivligi va unib chiquvchanligi ko’rsatkichlari ko’prok agrotexniklar uchun ahamiyatlidir.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling