1-mavzu: tovar ishlov berish fani va uning vazifalari reja
Meva va sabzavotlarning sifat gradatsiyalari
Download 0.51 Mb.
|
ҚХМСДИТдан МАЪРУЗА МАТНИ (rasmsiz)
Meva va sabzavotlarning sifat gradatsiyalari.
Yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari sifati bo’yicha standart talabiga javob beradigan, standart talabiga javob bermaydigan, ya’ni nostandart va ovqatga ishlatib bo’lmaydigan (chiqit) kabi guruhlarga ajratiladi. Standart mahsulotlar deb shunday mahsulotlarga aytiladiki, ular hamma ko’rsatkichlari bo’yicha amalda qo’llanilayotgan standartlar va texnik shartlar talabiga to’liq javob beradi. Nostandart mahsulot deb yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan me’yorlardan ko’proq darajada nuqsonlari bo’lgan mahsulotlarga aytiladi. Masalan, standart kartoshkalarda 5% gacha mexanik jarohatlangan tuganaklar bo’lishiga yo’l qo’yiladi. Agar kartoshka tuganaklarining 5% dan ko’prog’i mexanik jarohatlangan o’lsa, u holda kartoshka massasi nostandart deb topiladi. CHiqit-standart talabi bo’yicha yo’l qo’yilmaydigan katta nuqsonga ega bo’lib, iste’mol qilish inson xayoti uchun xavfli bo’lgan mahsulotdir. Xususan, chirigan meva va sabzavotlarda hosil bo’ladigan aflotoksin va mikotoksinlar inson organizmiga zararli ta’sir ko’rsatib, kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Aniqlangan katta nuqsonlarni bartaraf etish mumkinligi va mumkin emasligiga qarab esa mahsulotni absolyut chiqitlar kabi guruhlarga ajratish mumkin. Agar mahsulotning 50% dan kamroq qismi kasallikka chalingan bo’lsa, bu mahsulotni texnik chiqit deb qaralib, meva yoki sabzavotning buzilmagan qismini qayta ishlash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bir necha tur meva va sabzavotlarning standart mahsuloti tovar navlariga bo’linadi. Sort – bu ma’lum tur mahsulotlarning bir yoki bir nechta sifat ko’rsatkichlari bo’yicha me’yoriy xujjatlarda o’rnatilgan sifat gradatsiyasidir. Mevalarning tovar navlarini aniqlashda qo’llaniladigan sifat ko’rsatkichlariga ularning tashqi ko’rinishi, shakli, rangi, meva boldoqligi, yo’l qo’yiladigan chetlanishlar, kam hollarda esa pishganlik darajasi kabi ko’rsatkichlari kiradi. Urug’li, danakli, xurma, yong’oq mevalari, uzum, kartoshka, sabzi, lavlagi, karam, chakana savdo tarmoqlarida sotiladigan bosh piyozlar tovar navlariga bo’linadi. Erta pishar olma, noklar, behi, hamma danakli mevalar, xurma, bodom, yunon yong’og’i, uzum, anorlar ikki tovar navlari (1-chi va 2-chi) bo’linadi. Kechpishar olma va nok mevalari esa to’rt tovar navlariga (oliy, 1, 2, 3-chi) bo’linadi. Urug’li (erta pishar olmadan tashqari) va danakli mevalar botanik navining qimmatligiga qarab ikki pomologik navga (1-chi va 2-chi), uzumlar esa uch pomologik navga bo’linadi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling