1-mavzu: tovar ishlov berish fani va uning vazifalari reja


Danakli mevalarning sifat ko’rsatkichlari


Download 0.51 Mb.
bet15/82
Sana04.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1158077
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   82
Bog'liq
ҚХМСДИТдан МАЪРУЗА МАТНИ (rasmsiz)

Danakli mevalarning sifat ko’rsatkichlari
O’rik. O’riklarning sifati GOST 21832-76 nomerli standart talabiga javob berishi kerak. Bu standart talabi bo’yicha o’rik mevalari ikki tovar naviga bo’linadi.
Birinchi tovar naviga kiritiladigan mevalar shakli va rangi bo’yicha aynan shu pomologik navga xos, butun, toza, sog’lom, yaxshi yetilgan (g’o’ra emas yoki pishib o’tib ketmagan), ortiqcha namliklarsiz, begona ta’mlarsiz va hidlarsiz bo’lishi kerak.
O’rik mevalari uchun asosiy ko’rsatkichlardan biri ularning ko’ndalang kesimining diametri hisoblanadi. Bu ko’rsatkich o’riklarning Yevropa va eron-kavkaz navlarida 30 mm dan, O’rta Osiyoga mansub navlarida esa 25 mm dan kam bo’lmasligi kerak. Ikkinchi tovar naviga kiritiladigan mevalarda esa ularning shakli shu navdan bir oz farq qilishi, pishganlik darajasi ham har xil bo’lishiga yo’l qo’yiladi. Bu tovar naviga kiritiladigan mevalar o’lchamlari bo’yicha me’yorlanmaydi.
O’rik mevalari sifat ekspertizasini o’tkazishda standartda ko’rsatilganidek ma’lum chetlanishlariga ham yo’l qo’yiladi. Masalan, o’rik mevalarining birinchi tovar navlarida yuzasi 1 sm2 dan oshmagan 2 ta yengil mexanik shikastlanganlik va 2 % gacha zararkunandalar bilan zararlangan mevalar bo’lishiga yo’l qo’yiladi. SHu bilan bir qatorda ikala tovar navida ham chirigan va g’o’ra mevalar bo’lishiga yo’l qo’yilmadi.
SHuni alohida ta’kidlash joizki, bizning fikrimizcha o’rik mevasiga bugungi kunda qo’llanilib kelayotgan mazkur standart ayrim kamchiliklardan holi emas. SHu sababli muallif o’rik mevasiga Respublikamiz sharoitidan kelib chiqqan holda yangi standart ishlab chiqish borasida tadqiqotlar o’tkazib, bu boradagi fikr-mulohazalarini matbuotda e’lon qilgan. Muallifning fikricha o’rik mevasiga yangi standart ishlab chiqarishda bizning hududimizda yetishtirilayotgan o’rik mevalari tarkibida qand va karotin moddasining miqdorining boshqa mamlakatlar tabiiy-iqlim sharoitida yetishtirilayotgan o’rik mevalaridagiga nisbatan ancha ko’pligini asos qilib olish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Aynan ko’pchilik ho’l mevalar standartlarida kimyoviy tarkibi bo’yicha ko’rsatkichlarning o’z aksini topmaganligi yangi standartlar yaratish zaruriyati borligidan dalolatdir.
SHaftoli. SHaftolining sifati GOST 21833-76 nomerli standart talabiga javob berishi kerak. Bu standart talabi bo’yicha o’rik mevalari sifat ko’rsatkichlariga qarab oliy, birinchi va ikkinchi tovar navlariga bo’linadi.
Oliy va birinchi tovar naviga kiritiladigan mevalar shakli va rangi bo’yicha aynan shu pomologik navga xos, butun, toza, sog’lom, yaxshi yetilgan, ortiqcha namliklarsiz, begona ta’mlarsiz va hidlarsiz bo’lishi kerak.
Ikkinchi tovar navida esa shakli va rangi shu pomologik navga xos bo’lmagan navlar ham bo’lishiga yo’l qo’yiladi.
SHaftolining oliy va birinchi navlarida mevalar boldoqsiz bo’lishi mumkin. Lekin boldoq birikkan joyda meva po’stlog’i shilinmagan bo’lishi kerak.
SHaftolilar sifatini baholashda muhim ko’rsatkichlardan yana biri pishganlik darajasi hisoblanadi. Oliy va birinchi navlarida shaftolilar yaxshi yetilib pishgan, pishganlik darajasi bir xil bo’lishi kerak. Ularda g’o’ra yoki o’ta pishib ketgan mevalar bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi.
SHaftoli mevalari uchun ham yana bir asosiy ko’rsatkich meva ko’ndalang kesimining diametri hisoblanadi. Bu ko’rsatkich 1-avgustgacha yig’ib-terib olinadigan shaftoli mevalarining oliy tovar navi uchun 50 mm dan, birinchi tovar navi uchun 45 mm dan, ikkinchi tovar navi uchun ham 45 mm dan kam bo’lmasligi, 1-avgustdan keyin yg’ib-terib olingan shaftoli mevalarining oliy navlarida uchun esa 55 mm dan, birinchi navlari uchun 50 mm dan, ikkinchi tovar navlari uchun ham 50 mm dan kam bo’lmasligi yuqorida ko’rsatib o’tilgan standartda belgilab qo’yilgan.
SHaftoli mevalarining sifatini baholashda ham o’rik mevasidagi singari ma’lum chetlanishlarga yo’l qo’yiladi. Masalan, shaftolining oliy navida mexanik jarohatlar bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi. Birinchi tovar navlarida esa har birining yuzasi 2 sm2 dan oshmagan 2 tagacha yengil jarohatlar bo’lishiga yo’l qo’yiladi. Yoki oliy nav mevalarda zararkunandalar bilan zararlangan, kasallikka chalingan mevalar bo’lmasligi standart talabi bilan o’rnatilgan bo’lsa, birinchi nav navlarida esa 15 % gacha jarohati bitgan mevalar bo’lishiga yo’l qo’yiladi. SHuningdek, shaftolining uchala tovar navida ham chirigan va pishmagan ko’k mevalar bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi.
Olxo’ri. Olxo’rilarning sifati GOST 21920-76 nomerli standart talabiga javob berishi kerak. Bu standart talabi bo’yicha olxo’ri mevalari sifat ko’rsatkichlariga qarab birinchi va ikkinchi tovar navlariga bo’linadi.
Birinchi tovar naviga kiritiladigan mevalar shakli va rangli bo’yicha aynan shu pomologik navga xos, butun, toza, sog’lom, yaxshi yetilgan, begona ta’mlarsiz va hidlarsiz bo’lishi kerak. Ikkinchi tovar naviga kiritiladigan mevalarda esa ularning shakli shu navdan biroz farq qilishi, pishganlik darajasi ham har xil bo’lishiga yo’l qo’yiladi.
Olxo’ri mevalarini tayyorlov paytida standart talabi bo’yicha ularning birinchi navida 5 % gacha yangi jarohatga ega bo’lgan, ikkinchi navlarida esa 10 % gacha yangi jarohatga ega bo’lgan, ikkinchi navlarida esa 10 % gacha yangi jarohatli mevalar bo’lishiga yo’l qo’yiladi. Sotilish jarayonida esa birinchi navlarida 10 % gacha, ikkinchi navlarida esa 20 % gacha yangi jarohatli mevalar bo’lishiga yo’l qo’yiladi. Boshqa danakli mevalardagi singari olxo’ri mevalarining har ikkala navida ham chirigan, pishmagan ko’m-ko’k mevalar bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi.
Gilos. Giloslarning sifati GOST 21922-76 standarti talablariga javob berishi kerak. Bu standart talabi bo’yicha gilos sifatiga qarab birinchi va ikkinchi tovar navlariga bo’linadi.
Har bir tovar naviga kiritiladigan mevalar shakli va rangi bo’yicha aynan shu pomologik navga xos, yaxshi pishgan, butun, toza, sog’lom, ortiqcha namliklarsiz, begona ta’m va hidlarsiz bo’lishi kerak. Birinchi tovar naviga kiritiladigan mevalar pishganlik darajasi bo’yicha bir xil bo’lishi kerak. Ikkinchi tovar naviga kiritiladigan mevalarda esa pishganlik darajasi har xil bo’lishiga yo’l qo’yiladi. Ularda chirigan, pishmagan ko’m-ko’k mevalar bo’ishiga yo’l qo’yilmaydi.
Gilos mevalarining sifatini baholashda ham o’rik, shgaftoli, olxo’ri mevalaridagi singari ayrim chetlanishlarga yo’l qo’yiladi. Maalan, gilos mevasining birinchi navida ularning tayyorlash jarayonida boldoqsiz mevalar hissasi 5% gacha, ootish jarayonida esa 10 % gacha bo’lishiga yo’l qo’yiladi, ikkinchi navida esa bo’ ko’rsatkich mos ravishda 10 % va 20 % gacha bo’lishiga ruxsat etilishi me’yoriy xujjatlarda qayd etilgan. SHuningdek, birinchi navga kiritiladigan gilos mevalarida jarohatlanib, jarohatlari bitgan mevalar hissasi 5% gacha, ikkinchi tovar navlarida esa 20 % gacha bo’lishiga yo’l qo’yiladi.
Donakli mevalarning boshqa turdagilari singari giloslarda ham qo’ng’ir tusga kirib qolgan dog’li mevalar, chirigan, o’ta pishib ketgan mevalar bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi.
Olcha. Olchalarning sifati GOST 21921-76 stanarti talabiga javob berishi kerak. Bu standart talabi bo’yicha olcha sifatiga qarab birinchi va ikkinchi tovar navlariga bo’linadi.
Har bir tovar naviga kiritiladigan olchalar shakli va rangi bo’yicha aynan shu pomologik navga xos, yaxshi pishgan, butun, toza, sog’lom, ortiqcha namiklarsiz, begona ta’m va hidlarsiz bo’lishi kerak. Birinchi tovar naviga kiritiladigan mevalar pishganlik darajasi bo’yicha bir xil bo’lishi kerak. Ikkinchi tovar naviga kiritiladigan mevalarda esa pishganlik darajasi har xil bo’lishiga yo’l qo’yilsada, ularda chirigan, pishmagan ko’m-ko’k mevalar bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi.
Olcha mevalarining birinchi tovar navida ko’ndalangn kesimining diametri 15 mmdan, mevasi mayda bo’ladigan navlarida esa 12 mm dan kam bo’lmasligi me’yoriy xujjatlarda qayd etilgan. Olchaning ikkinchi tovar navlari uchun meva ko’ndalang kesimining diametri chegaralanmaydi.
Olcha mevasining sifatini baholashda ham gilos mevasidagi singari ayrim chetlanishlarga yo’l qo’yiladi. Bu chetlanishlar turlari va darajasi bo’yicha gilos mevalaridagichetlanishlardan deyarli farq qilmaydi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling