1-mavzu: tovar ishlov berish fani va uning vazifalari reja


Meva-sabzavotlarni tashish va saqlashda foydalaniladigan idishlar


Download 0.51 Mb.
bet13/82
Sana04.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1158077
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   82
Bog'liq
ҚХМСДИТдан МАЪРУЗА МАТНИ (rasmsiz)

Meva-sabzavotlarni tashish va saqlashda foydalaniladigan idishlar.
Kartoshka va kupchilik sabzavotlarni saqlashda isrofni keskin kamaytirishni ularni kontinerlarda saqlash mumkin.
Kartoshka, ildizmevalar, karam, mevalarni hosilini yig’ishtirish bilan kontinerlarga joylash, barcha ortish tushirish ishlarini mexanizatsiyalashtirish mahsulotni tashish paytida isrofni kamaytirishga, omborxonadan tulik foydalanishga, ularni sanitar xolatini yaxshilashga va kemiruvchi xayvonlarga karshi samarali kurashish imkonini beradi.
Qishloq xo’jalik korxonalarini kartoshka va sabzavotlarni terishda yukori ishlab chikaruvchi moslama va mashinalarni kullashga utish hosilni terish, saralash va ortishni jadal amalga oshirish imkonini yaratadi.
Kontinerlar jaxonning kupchilik davlatlarida ishlatiladi. Bizning yirik meva sabzavot bazalarda kartoshka uchun katta kontinerlar 450 kg, karam va piyoz uchun 250-300 kg yarim kontinerlardan foydalaniladi. SHuningdek, temir yoki yogochdan yasalgan yig’ma yoki taxlanadigan ancha yirik xajmdagi kontinerlardan xam ishlatiladi.
Kontinerlarni omborxonalarda saqlashda va tashishda kulaylik yaratish maqsadida taglik (podorlar) lardan keng foydalaniladi.
Omborxonalarda 250 va 300 kg xajmda kuchma kontinerlar xam ishlatiladi. Bu kontinerlar simdan yasalgan bulib foydalanishga juda kulaydir. Kontinerlarda saqlash usulini kullash mahsulotni tegishli manzilga yetkazishda bajariladigan bir kator ishlarni kamaytiradi va ortish tushirish ishlarini tulik mexanizatsiyalashtiradi. Kontinerlarni omborxona yoki kameralarga 60…. 70 sm yulaklar koldirib joylanadi, bu yulaklar mahsulotni saqlashda kuzatib borish va zaruriyat bulib kolsa ularni chikarish uchun kerak buladi. Kontinerlarni umumiy vintelyatsiya tizimini kullab, xavo beradigan kameralarda joylash maksaga muvofik. Xavo okimi kontinerdagi mahsulot orasiga utmaydi, fakat uning ustki kismiga ta’sir etadi. Ammo bu saqlash usulida kontinerlar tayyorlash uchun kapital xarajatlar ortadi va ularni foydalanishda ma’lum kiyinchiliklarga duch kelinadi. SHuningdek, kontinerlar kimga tegishli ekanligini xal etish kerak, chunki unga mahsulot dalada joylanadi, bu yerdan bazaga, Sunk savdo shaxobchalariga junatiladi.
Uzum, meva, rezavor mevalarni tashish va saqlash uchun idishlar: Bunday mahsulotlarni tashishda va saqlashda turli yashik va idishlardan foydalaniladi. Hozirgi vaqtda ishlatiladigan tara turlari xar xil buladi.
CHunonchi: 1) Transportda tashishda va unchalik uzoq saqlanmaydigan mahsulotlarni saqlashda foydalaniladigan kam sig’imli yashik – lotoklar:
2) urtacha xajmli yashiklar: Uzum, pomildori, danakli mevalar, yozgi nok navdalari uchun, xurmo, kuchatlari uchun 1-sonli, 15 kg gacha xajmli yashiklar:
TSitrus mevalari, nok, xurmo uchun 2-sonli, 20 kg gacha xajmli yashiklar:
Olma, nokni kishki navlari, limon, apelsin, anor, kabachki, baklajon, piyoz, chesnok, ertaki kartoshka uchun 3-sonli, 25-30 kg gacha xajmli yashiklar, oq boshli karam uchun 4-sonli 30-40 kg xajmli yashiklar ishlatiladi. Yashik nomeriga qarab, mahsulot mikdori aniklanadi va tegishli xolda joylanadi.
Nozik tuzilishi yoki uzok saklanmaydigan meva sabzavotlarni tashishda ular joylangan yashiklar, kontinerlarga yoki ustinli podorlarga paket kilib taxlanadi va bog yoki daladan omborxonaga yoki omborxonadan savdo shaxobchasiga, yoki bog’dan savdo shaxobchasiga mahsulotni urintirmasdan yetkaziladi.
Plyonka materiallarni qo’llash, yangi kadoklash turlarini yaratish imkonini beradi. Bu plyonkalar bilan mahsulotlar joylangan yashiklarni taxlab, ichi uraladi. Bu bilan mexanizatsiya kullashda kulaylik, ishalb chikarish unumdoriligini oshirish, ortikcha xarajatlarni kamaytirish, namlik va ugirlashdan saqlash imkonini beradi. Plyonkaning tinikligi mahsulotlarni xisoblash va tanlashni yengillashtiradi.
Ma’lumki, kartoshka asosan kartoshka kovlovchi mashinalar yerdamida kovlanadi, ammo kup xollarda uni savat va chelaklarga teriladi, sung ularni kop yeki kontenerlarga joylanadi. Ozik ovkat maqsadida terilgan kartoshkani kop va kontenerlarga joylanganidn keyin avtomobillarga ortiladi va meva sabzavot omborlariga tashiladi.
Kartoshkali kontenerlar avtokran yeki ortuvchi bilan avtomashinaga yuklaladi va bazaga yetkaziladi, tushiruvchi mexanizm yerdamida ular tushirilib, omborxonaga kiritiladi.
Mevalar xozirgi davrda asosan kul mexnati yerdamida teriladi. Terim yengillatish maqsadida fakat iktisoslashgan xo’jaliklarda terim platformalari ishlatiladi. Bunda turgan terimchilar savat, chelak va boshka idishlarga hosil teriladi.
Xuraki uzum va kishmish navlari hosili uzish uchun 10-12 kg uzum sigadigan dumalok savatlar ishlatiladi. Uzum unda ezilmaydi va urilmaydi. Vinabob uzum katta xajmli 15-20 kg sig’adigan savatlarga shuningdek yashiklarga joylanadi . Uzum uzish va tashish uchun foydalaniladigan idishlar toza va xidsiz bulishi kerak; shuning uchun ishdan keyin kunning oxirida u toza suv bilan yaxshilab yuviladi. Uzum uzishda oklanmagan va sirlanmagan metall idishlardan foydalanishga ruxsat etilmaydi, chunki idishga uzumdan okkan shiraning kislotasi tunukaga ta’sir etadi, mevani koraytirib, tez buzadi. Xo’jalikda mavjud va ilgari ishlatilgan yegoch idishlar fumigattsiya kilinishi lozim.
Nazorat uchun savollar:
1. Meva va sabzavotlarni mashinalar yordamida terib va yig’ishtirib olishning afzalliklari va kamchiliklarini ko’rsating.
2. Meva va sabzavotlarni qo’l kuchi bilan yig’ishtirib olishning afzalliklari va kamchiliklarini ko’rsating.
3. Meva va sabzavotlarning qanday pishganlik darajalari mavjud?
4. Meva va sabzavotlarga qanday tovar ishlovi beriladi?
5. Mevalar qanday o’rab-joylanadi?
6. Sabzavotlar qanday o’rab-joylanadi?
7. Meva va sazavotlarni saqlaganda qanday fizikoviy jarayonlar ro’y beradi?
8. Fizikoviy jarayonlarning borishi meva va sabzavotlarning sifatiga qanday ta’sir ko’rsatadi?
9. Haroratning o’zgarishi meva va sabzavotlarning sifatiga qanday ta’sir ko’rsatadi?
10. Meva va sabzavotlarni saqlaganda qanday fiziologik va biokimyoviy jarayonlar ro’y beradi?
11. Meva va sabzavotlarning nafas olish jarayonining mohiyatini tushuntirib bering.
12. Nafas olish jarayonining tezligi meva-sabzavotlar sifatiga qanday ta’sir ko’rsatadi?
13. Kartoshka va sabzavotlarni tashish va saqlash maqsadida qanday konteynerlardan foydalaniladi?
14. Meva-uzum va rezavor mevalarni tashish va saqlashda qanday yashik turlaridan foydalaniladi?
15. Sabzavot va mevalarni yig’ib-terishda qanday uskunalar ishlatiladi?



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling