1-mavzu: tovar ishlov berish fani va uning vazifalari reja
-MAVZU: MEVA MAHSULOTLARINING TURLARI, TUZILISHI VA TOVAR ISHLOV BERISHDAGI SIFAT KO’RSATKICHLAR
Download 0.51 Mb.
|
ҚХМСДИТдан МАЪРУЗА МАТНИ (rasmsiz)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Urug’li mevalarning sifat ko’rsatkichlari Olma.
4-MAVZU: MEVA MAHSULOTLARINING TURLARI, TUZILISHI VA TOVAR ISHLOV BERISHDAGI SIFAT KO’RSATKICHLAR
Reja: 1.Urug’li mevalarning sifat ko’rsatkichlari 2.Danakli mevalarning sifat ko’rsatkichlari 3.Subtropik mevalarning sifat ko’rsatkichlari 4.Sabzavotlarning sifat ko’rsatkichlari Urug’li mevalarning sifat ko’rsatkichlari Olma. Tez pishar olma navlarining sifati GOST 16270-70 ga, kech pishar olma navlarining sifati esa GOST 21122-75 standarti talabiga javob berishi kerak. Bu Davlat standartlari talabi bo’yicha tez pishar olmalar sifat ko’rsatkichlari bo’yicha 1-chi va 2-chi tovar navlariga bo’linsa, kech pishar olma navlari esa oliy, 1-chi, 2-chi va 3-chi tovar navlariga bo’linadi. Olmalarni tovar navlariga ajratishda asosiy ko’rsatkich tekshirish uchun namuna sifatida olingan olmalarning eng katta ko’ndalang kesimining diametri hisoblanadi. Masalan, kech pishar olmalarning dumaloq shaklli oliy navida ko’ndalang kesimining diametri 65 mm dan, 1-navida 60 mm dan, 2-navida 50 mm dan, 3-navida esa 40 mm dan kam bo’lmasligi talab etiladi. Bundan tashqari olmalarning sifatini belgilaydigan asosiy ko’rsatkichlarga ularning tashqi ko’rinishi, pishib yetilganlik darajasi, hidi, ta’mi kabi ko’rsatkichlari kiradi. CHirigan, shishgan, eti qoraya boshlagan olmalar sotishga ruxsat etilmaydi. Nok. Nok issiqsevar daraxt, mevasi olmaga nisbatan ancha nozik, shuning uchun saqlashga va tashishga chidamsizroq meva hisoblanadi. Nokni asosan ho’l meva sifatida iste’mol qilinadi va undan kompot, murabbo, tsukat kabi mahsulotlar tayyorlashda ham foydalaniladi. Nokning kimyoviy tarkibida quyidagi moddalar mavjud (%): suv 82-85%, qand 6,5-13, kraxmal 0,3, kletchatka 0,6-0,9, pektin moddalari 0,2-0,3, organik kislotalar 0,1-0,5, mineral moddalar 0,3-0,7, oshlovchi moddalar 0,02-0,17. SHuningdek, nok mevalari tarkibida S1,V1,V2 va boshqa vitaminlar ham uchraydi. Nokning shakli yassi-yumaloq, yumaloq, tuximsimon, ovalsimon bo’ladi. Po’stlog’ining rangi asosan bir xil, yashil, sarg’ich-yashil, sariq ranglarda bo’ladi. Mag’zi esa oq, krem, pushti rangli, konsistentsiyasi qattiq, donador, mayda donador, dag’alroq, yopishqoq, mayin, uqalanuvchan, moysimon, og’izda tezda eriydigan holatlarda bo’ladi. Nok ham pishib yetish muddatiga qarab yozgi, kuzgi va qishqi navlariga bo’linadi. Yozgi navlari iyul-avgust oylarda pishib yetiladi, ular saqlashga deyarli yaramaydi (saqlanish muddati 10-20 kun). Yozgi navlariga Vilyams yozgi navi, Zuhra, Lastochka, Podarok, Rano kabi navlari kiradi. Kuzgi navlari avgust oyining oxiri, sentyabr oyining boshlarida daraxtdan uziladi. Ular ikki-uch oylar saqlangandan keyin yaxshi pishib yetiladi. Mevalar tashishga yaroqli. Kuzgi navlarga Lesnaya krasavitsa, Kuzgi qizil nashvati, Paxtakor, Medovaya navlarini kiritish mumukin. Qishgi navlari sentyabr oyining oxiri va asosan oktyabr oyida daraxtdan uziladi. Daraxtdan uzilganda mevalar qattiq konsistentsiyaga ega bo’lib, ularning ta’mi va hidi ham kam seziluvchan bo’ladi. qishgi nav mevalar bemalol 4-5 oy saqlanadi va ularni uzoq masofalarga ham ham tashish mumkin. qishgi navlarga qishgi Dekanka, Royal Zimnyaya, Olive de Serr, qishgi nashvati, Kofe kabi navlarini kiritish mumkin. Yangi uzilgan tezpishar noklar sifatiga ko’ra 1-chi va 2-chi tovar navlariga (GOST 21714-76), kechpishar noklar esa 1-chi, 2-chi va 3-chi tovar navlariga (GOST 21713-76) bo’linadi. Nok mevalarining 1-chi va 2-chi tovar navlari bitta pomologik navdan tashkil topib, shakli va rangi bo’yicha aynan shu pomologik navga xos, pishib yetilganlik darajasi bir xil, ombor zararkunandalari bilan zararlanmagan va kasalliklarga chalinmagan bo’lishi kerak. Nok mevalari uchun ham tovar navlarini belgilashda asosiy ko’rsatkichlardan biri meva katta ko’ndalang kesimining diametri hisoblanadi. Bu ko’rsatkich birinchi tovar navlarida 55 mm dan, ikkinchi tovar navlarida 45 mm dan, uchinchi tovar navlarida esa 35 mm dan kam bo’lmasligi yuqorida keltirilgan standartlarda qayd etilgan. Behi. Behi daraxti issiqsevar, mevasi katta, tukchalar bilan qoplangan, shakli olmaga yoki noka o’xshash bo’ladi. Mevasining eti zich, ta’mi tishni qamashtiruvchi, hidi hushbo’y va yoqimli bo’ladi. Behidan yuqori sifatli murabbo, marmelad, kompot, jem singari mahsulotlar tayyorlanadi. Behi mevalarining o’rtacha kimyoviy tarkibi quyidagicha (%): suv 81-85, umumiy qand 5-12 (fruktoza ko’proq), organik kislotalar 0,5-0,9 (asosan olma va limon kislotalari), kletchatka 1,5, pektin moddalari 0,5-1,5, oshlovchi moddalar 0,44-0,66, mineral moddalar 0,8 (temir va mis ko’proq). SHuningdek, behi tarkibida S1,V,V2 va boshqa vitaminlar uchraydi. Yangi uzilgan behi mevasidan kamqonlik va boshqa kasalliklarda foydalaniladigan tarkibida temir moddasi ko’p bo’lgan ekstraktlar tayyorlanadi. Behilar pishish muddatiga qarab ertapishar va kechkipishar turlariga bo’linadi. Behilarning ertapishar navlari sentyabr oyida, kechkipishar navlari esa oktyabr oyida yig’ib-terib olinadi. Ularning kechkipishar navlarini 4-8 oy saqlash mumkin. Saqlash jarayonida behi mevasi biroz yumshaydi, taxirligi kamayadi va o’ziga xos xushbuy hid paydo qiladi. SHu sababli, murabbo, jem va boshqa mahsulotlar olish uchun uzoqroq saqlangan mevalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Xo’jalik botanik belgilari bo’yicha behilar ham ikki pomologik guruhga (GOST 21715-76), sifati bo’yicha esa 1-chi va 2-chi tovar navlariga bo’linadi. Ularning sifatini aniqlashda tashqi ko’rinishi, katta-kichikligi, pishib yetilganlik darajasi va ruxsat etiladigan chetlanishlar darajasi kabi ko’rsatkichlariga katta e’tibor beriladi. Eng katta ko’ndalang kesimining diametri 1-navida kamida 60 mm, 2-navida esa kamida 45 mm bo’lishi kerak. Respublikamizda behilarning Non behi, Baxri, Turush, shirin, Samarqand kabi navlari yetishtiriladi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling