1-mavzu: tovar ishlov berish fani va uning vazifalari reja
Umumiy ovqatlanish uchun konservalangan ovqatlar
Download 0.51 Mb.
|
ҚХМСДИТдан МАЪРУЗА МАТНИ (rasmsiz)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konservalangan tomat mahsulotlari
Umumiy ovqatlanish uchun konservalangan ovqatlar – birinchi va ikkinchi ovqatlarni tezlik bilan tayyorlashda foydalanish uchun ishlab chiqariladi. Ularni tayyorlashda asosiy xom – ashyo sifatida yangi va bijg’itilgan karamlar, kartoshka, piyoz, tuzlangan bodring, ismaloq va shovul pyuresi, qo’ziqorin, chorva yog’i yoki o’simlik moyidan; yordamchi xom – ashyo sifatida esa – tomat – pastasi, un, qaymoq, sut, shakar, tuz, ziravorlar va boshqalardan foydalaniladi. Konservalangan birinchi ovqatlarga karam sho’rva (hi), borshch (lavlagi solingan karam sho’rva), rassol’nik (tuzlangan bodring solingan sho’rva), sabzavot sho’rvalari va boshqalar kirsa, ikkinchi ovqatlarga – sabzavotli va sabzavot – qo’ziqorinli solyankalar, go’shtli sabzavotlar, sabzavotli ragu va boshqalar ta’luqlidir. Oxirgi yillarda konservalangan birinchi va ikkinchi ovqatlarni ishlab chiqarish ularga bo’lgan talabning keskin tushib ketganligi bilan kamaygan bo’lib, iste’mol bozorida ularning o’rnini tez muzlatilgan sabzavot yarim tayyor mahsulotlari egallagan.
Konservalangan tomat mahsulotlari – po’stlog’i va urug’idan tozalanib ishqalangan, hamda bug’latish apparatlarida quyultirilgan tomat massaasidir. Tarkibidagi quruq modda miqdoriga ko’ra konservalangan tomat mahsulotlari quyidagi turda ishlab chiqariladi: 12; 15 yoki 20% li tomat-pyuresi; 30; 35 yoki 40% li tuzlanmagan tomat – pastasi; 27; 32; 37% li tuzlangan tomat pastasi; tomat sousi. Tomat souslari ishlab chiqarish yakunida unga ziravor va uksus kislotasi aralashtiriladi. Quyidagi nomdagi tomat souslari ishlab chiqariladi: “Ostro’y”, “Gruzinskiy”, “CHernomorskiy” va h.k. Ketchup – bu tomat sousining bir ko’rinishi hisoblanadi va u tomat pyuresi, pastasi yoki yangi tomatlardan turli qo’shimchalar (sabzi, piyoz, qalampir, sarimsoq, olma, behi, hamda tuz, shakar, uksus kislotasi, ziravorlar) qo’shib tayyorlanadi. Quyoq konsistentsiya hosil qilish maqsadida ketchupga quyuqlashtiruvchi (modifikatsiyalangan kraxmal va boshqalar), saqlash muddatini oshirish uchun esa Ye 200 – Ye 212 konservantlari (sorbin, benzoy kislotalari, hamda ularning hosilalari), hamda stabilizatorlar (guar va boshka kamedlar) qo’shiladi. Hozirgi kunda iste’mol bozorlarimizda mahalliy mahsulotlar bilan birgalikda Rossiya, CHili, Vengriya, Bolgariya, Italiya, Ispaniyada ishlab chiqarilgan ketchuplar ham sotilmoqda. Ketchuplarning nomi ularning ta’mi (o’tkir va h.k.), qo’llanishi (kabob uchun) yoki qo’shilgan qo’shimchasiga ko’ra (qalampirli va boshqa) nomlanishi mumkin. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling