1-mavzu: tovar ishlov berish fani va uning vazifalari reja


Sabzavot va meva konservalarini qadoqlash, tamg’alash va saqlash


Download 0.51 Mb.
bet33/82
Sana04.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1158077
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   82
Bog'liq
ҚХМСДИТдан МАЪРУЗА МАТНИ (rasmsiz)

4. Sabzavot va meva konservalarini qadoqlash, tamg’alash va saqlash.
Qadoqlash. Meva – sabzavot konservalarini qadoqlash uchun iste’mol qadoqlaridan (shisha va tunuka bankalar, butillar (katta butilkalar), polimer va kombinatsiyalangan materiallardan tayyorlangan idishlar) foydalaniladi. Mahsulot qadoqlangan konserva idishi butun, toza, ichidagi mahsulot oqib chiqmagan, zanglamagan va bombajsiz bo’lishi lozim.
Idishga qadoqlangan mahsulotning massa nettosi yoki hajmi idish yorlig’ida yoki etiketkasida qayd etilgan ko’rsatkichga mos kelishi kerak.
Alohida qadoq birliklari uchun massa nettosi va hajmi bo’yicha belgilangan normativdan farq qilishga ruxsat etiladi:
–sig’imi 250 sm3 yoki 250 gr. bo’lgan qadoq birliklari uchun – ±5%;
sig’imi 250 sm3 yoki 250 gr. dan 1000 sm3 yoki 1000 gr. gacha bo’lgan qadoq birliklari uchun – ±3%;
sig’imi 1000 sm3 yoki 1000 gr. dan 12000 sm3 yoki 12000 gr. gacha bo’lgan qadoq birliklari uchun – ±2%;
sig’imi 250 sm3 yoki 250 gr. dan 1000 sm3 yoki 1000 gr. gacha bo’lgan polimer plyonkadan tayyorlangan paketlarga qadoqlangan bijg’itilgan karam va tuzlangan bodringlar uchun – ±6%;
Sig’imi 12000 sm3 yoki 12000 gr. dan ortiq bo’lgan qadoq birliklariga qadoqlangan konserva mahsulotlarining miqdori markirovkada ko’rsatilganidan kam bo’lmasligi lozim.
Meva – sabzavot konservalarining qadoqlash uchun turli iste’mol qadoqlaridan foydalaniladi.
Metal bankalar va alyumin tublar germetik yopilgan bo’lib, germetiklikni ta’minlash maqsadida prokladkalardan foydalaniladi. Bunday konserva idishlarining yuzasi ezilmagan, zanglamagan, laklangan sirti yoki litografik qoplamasi shikastlanmagan bo’lishi kerak. Bankalarning qopqog’i va tubi botiq yoki tekis bo’lishi lozim.
Ruxsat etiladi:
– bankani texnologik burab mahkamlashda hosil bo’lgan ikkitadan ortiq bo’lmagan ahamiyatsiz kertiklarga;
– o’tkir qirralarga ega bo’lmagan banka korpusining ahamiyatsiz deformatsiyalariga;
– tashqi sirtining yengil xiraligiga;
– bankaning laklangan sirti yoki litografik qoplamasining yengil ko’rinishdagi tirnalishlariga;
– lakli qoplama ostidagi metal sirtida qora nuqtalarning bo’lishiga.
Mahsulot qadoqlangan tublarning yuzasi shishib chiqmagan, buralgan tubi nuqsonsiz, uchlari o’tkir qirrasiz bo’lishi lozim. Tub korpusining sirtida o’tkir qirralarsiz ezilishli nuqsonlar bo’lishiga ruxsat etiladi.
SHishadan tayyorlangan iste’mol idishlari (bankalar, butillar va import bankalar) metal qopqoqlar yoki qalpoqchalar bilan germetik mahkamlangan bo’lishi kerak. Mahkamlab yopilgan idish qopqog’idan zichlikni ta’minlaydigan pasta, prokladka va halqalar chiqib qolmasligi kerak.
Bankalardagi qopqoq qirralari botiq yoki tekis, zanglamagan va hisoya qatlami shikastlanmagan bo’lishi lozim.
Ba’zi konservalangan meva – sabzavotlar (pyurelar, pastalar, povidlolar) transport idishlariga, yog’och va polimer bochkalarga qadoqlanadi. Yog’och bochkalarda qadoqlashda polietilen vkladishlardan foydalaniladi.
Barcha turdagi transport idishlariga qadoqlanadigan mahsulotlar zich, bo’shliqlarsiz, idishning 80 dan 95% hajmini egallaydigan qilib joylashtirilishi lozim. Bochka va yashiklar mustahkam va zich yopilgan bo’lishi, mahsulot oqib chiqmasligi kerak.
Kichik hajmli metal, shisha, polimer va kombinatsiyalangan materiallardan tayyorlangan iste’mol idishlariga qadoqlangan konserva mahsulotlari, gofrlangan karton, yog’och va polimerdan tayyorlangan transport idishlariga qadoqlanadi. SHisha va metal idishlarga qadoqlangan konservalar o’z navbatida maxsus idishlarga qadoqlanishi mumkin.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling