1-mavzu: tovar ishlov berish fani va uning vazifalari reja


Download 0.51 Mb.
bet68/82
Sana04.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1158077
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   82
Bog'liq
ҚХМСДИТдан МАЪРУЗА МАТНИ (rasmsiz)

Sifat ko'rsatkichlari
Moyli ekinlar urug'ining sifati barcha donli ekinlar urug'i uchun umumiy qabul qilingan ko'rsatkichlar bo'yicha aniqlanadi. Bu ko'rsatkichlar quyidagilar: toza yig'ib olinganlik, namlik, aralashmalar miqdori, tozaligi, shuningdek, moy miqdori va sifati. Ayrim ekinlar urug'ining qobiqdorligi va ba'zi bir ekin-larda qipiqdorlik aniqlanadi. Urug'lard'agi ayrim o'zigaxos xususiyatlar va sifatining baholanishi to'g'risidagi ma'lumotlar quyida beriladi.
Urug'larda katta miqdorda moylarning gidrofob guruhga taal-luqli moddalarning mavjudligi tufayli, ya'ni namlikni yutish va saqlash qobiliyatiga ega bo'lmaganligi sababli boshoqli hamda dukkaklilarga nisbatan namlikning quyi kriteriyalari o'rnatilgan.
Moyli ekinlar urug'ining namligini aniqlash uchun quritish usuli qo'llaniladi. Kichik urug'li ekinlarda namlik 2 ta 5 g. li butun (yanchilmagan) urug'lardan iborat o'lchanmalarning har birini 130 °C da 30 minut davomida quritish yo'li bilan aniqlanadi. Yirik urug'li ekinlarning (kanakunjut, soya va yeryong'oq) namligi oldindan kesib, qismlarga ajratilgan urug'lardan aniqlanadi. Agar urug' namligi 18 %dan ortiq bo'lsa, urug'ni oldindan quritish yo'li bilan aniqlanadi.
Aralashmalar moy chiqimini pasaytirib, uning sifatini yomon-lashtiradi, urug'ning saqlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bo'lg'usi moy sifatiga past sifatli moy ushlovchi buzilgan urug'lar ta'sir ko'rsatadi. Shuningdek, boshqa ekinlar urug'ining moyi ham asosiy xususiyatlaridan farq qilganligi sababli asosiy urug'dan olinadigan jnoyning sifati va chiqishiga muayyan darajada ta'sir etadi.

Moyli ekinlar partiyasi tarkibidagi aralashmalar ikki guruhga ajratiladi: ifloslantiruvchi aralashmalar, moyli aralashmalar; efir moyli urug'larda esa ifloslantiruvchi aralashmalar, efir moyli aralashmalar. Moyli va efir moyli aralashmalar o'z xususiyati tarkibiga ko'ra dukkakli va boshoqli urug'lar tarkibidagi donli aralashmaga o'xshaydi. Ko'pgina moyli ekinlarda ifloslanganlik aniqlangandan keyin urug'ning tozaligi quyidagicha hisoblanadi.
Tozalik foizi = 100 % (ifloslantiruvchi aralashmalar foizi + moyli aralashmalar foizi).
Tozalik foizi asosida ko'pgina moyli ekinlar urug'i tarkibidagi aralashmalar va namlik miqdoriga ko'ra, standart bo'yicha sinflarga bo'linadi. Urug'ning qipiqdorligi urug' o'lchanmalarini qo'lda tuyish yo'li bilan aniqlanadi. Bu ko'rsatkich moyli ekinlar urug'ini qabul korxonasidan moy oluvchi zavodga yuborish jarayonida aniqlanadi.
Muayyan urug' partiyasi moy ishlab chiqarish sanoatining xomashyosi sifatida quyidagi asosiy ko'rsatkichlarga ega: moy sifati, xususiyati, miqdori. Bu ko'rsatkichlardan kelib chiqib olinadigan moyning qaysi maqsadlarda qo'llanishi aniqlanadi. Efir moyli ekinlar urug'ining sifat ko'rsatkichlarini baholash jarayoni­da ular tarkibidagi ikki xil yog'ning (efirli va moyli) miqdorini aniqlash juda muhim.
Turli xildagi moyli ekinlarni g'alla topshiruvchilardan punktlarga qabul qilib olish uchun standart bo'yicha sifatiga qo'-yilgan talablari, deyarli, bir xil. Agar urug' qabul korxonalaridan savdo tarmoqlari orqali iste'molchilar qo'liga yetib borsa, bunday urug' uchun talablar, tabiiyki yuqori bo'ladi. Qabul korxonalaridan qayta ishlovchi korxonalarga yuboriladigan urug'larga qo'yi-ladigan talablar nisbatan pastroq bo'ladi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling