1-mavzu: tovar ishlov berish fani va uning vazifalari reja


Download 0.51 Mb.
bet69/82
Sana04.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1158077
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   82
Bog'liq
ҚХМСДИТдан МАЪРУЗА МАТНИ (rasmsiz)

Kungaboqar
Kungaboqarning xalq xo'jaligidagi ahamiyati beqiyosdir. Kungaboqar urug'i moyga juda boy bo'lib, uning tarkibida o'rtacha (quruq moddaga nisbatan) 30 %dan 40 %gacha moy mavjud. Yaratilgan sermoy seleksion navlarda esa („Peredovoy", „Semena" va boshqalar) 54 %dan 58 %gacha moy bo'ladi.
Kungaboqar moyi a'lo darajadagi ta'm xususiyatlariga ega bo'lib, asosan, ovqat tayyorlashda baliq va sabzavotlarni konservalashda qo'llaniladi. Uning anchagina qismi sun'iy qattiq moylar olishda ishlatiladi.
Kungaboqardan olingan kunjara va shrot qimmatbaho konsentrlangan yem hisoblanadi. Uning yanchilgan savatchasi, qipig'i, poyasi kaliy tuzlarigaboy bo'lib, potash olishda ishlatiladi.
Kungaboqar Rossiya, Ruminiya, Vengriya, Bolgariya, Argentina, Braziliya, Meksika va boshqa mamlakatlarda ko'p miqdorda yetishtiriladi.
Janubiy Amerika kungaboqarning vatani hisoblanadi. XVI asrda esa u Yevropaga keltirilgan va dastlab manzarali o'simlik sifatida ekilgan.
Morfologik tuzilishi va botanik tasniflanishi. Kungaboqar (Heliathus) murakkabguldoshlar oilasiga kiradi. Uning bir va ko'p yillik turlari mavjud. Bu o'simlikning kuchli o'qildizi yerga chu-qur botgan, shu boisdan kungaboqar qurg'oqchilikka chidamli hisoblanadi. Poyasi uzun, ayrim navlarda 3 m. gacha bo'ladi. Barglari yirik va uzun bandlarda joylashgan.
Tup guli—ko'pgulli (500—1200 guli) savatcha bo'lib, diametri 15 sm. dan 25 sm. gacha. Savatcha bir necha qatordan iborat o'rama bilan o'ralgan. Savatchadagi gullar umumiy gulo'ringa joylashgan bo'lib, ular ikki xil turga bo'linadi: tilsimon gul va naycha gul. Tilsimon gullar savatchaning chekka qismlarida joylashgan bo'lib, ко payish a zolanga ega emas, shu sababli mevasiz. Naycha gullar, odatda, ikki jinsli bo'lib, meva tugadi.
Mevasi—danakcha bo'lib, turli rangda, turlicha o'lchamda. Rangi oq, kulrang, qora, qo-ramtir-binafsha, sidirg'a yoki уо'1-yo'l tusda bo'ladi. Danakcha uzunligi 6 mm. dan 25 mm. gacha, kengligi 5 mm. dan 10 mm. gacha, 1000 danakcha vazni 40 g. dan 200 g. gacha. Bir savatchaning o'zidagi danakchalarning o'lchami turli xilda bo'ladi: savatcha chekkalaridagi danakchalar yirik, markazga yaqinlasha borgan sari danakchalar hajmi kichrayib boradi, shuning uchun har bir kungaboqar urug'i partiyasida danakchalar turli o'lchamda va turlicha to'liqlikda bo'ladi. Pishib yetilish jarayoni noqulay sharoitlarda o'tsa, juda ko'p miqdorda puch danakchalar hosil bo'ladi.
Kungaboqarning faqat bir turi ekiladi {Helianthus cultus). Bu tur danakcha o'lchami, uning shakli, qipiq va yadro miqdo-rining nisbatiga qarab uch guruhga bo'linadi.
Moyli kungaboqar poyasining bo'yi unchalik uzun emas, ayrim navlari sershox bo'lib, bir yoki bir necha savatchaga ega. Danakchalari kichik, uzunligi 7—13 mm. Tashqi qobig'i mag'izga mahkam yopishgan, qipiqdorlik 35 % dan 45 % gacha. Chaqi-ladigan kungaboqar — poyasi juda uzun, shoxlamaydi. Danak­chalari yirik, uzunchoq, uzunligi 12—25 mm, tashqi qobig'i juda qalin. Qobiq ostidagi bo'shliqning faqat bir qismini mag'iz egallaydi.Qipiqdorlik, odatda, 50 % dan 65% gacha bo'ladi.
Oraliq kungaboqar — bu ikki xil, ya'ni moyli va chaqi-ladigan kungaboqar orasidagi shakl boiib, danakchasi kalta va enlidir.
Danakchalar meva o'rami (meva qobig'i, qipiq) va uning ichidagi urug' mag'izdan ibo-rat. Meva o'rama epidermis-dan iborat bo'lib, u qorarangli urug'larda pigment saqlaydi. Epidermis ostida po'kaksi-mon to'qima va undan pastda bir necha qatlam yog'ochga aylangan sklerenxima hujay-ralari mavjud. Sklerenxima-larni yuza hujayralari qorarangli, fitomelan moddasini o'zida saqlashi mumkin. Bu mod-daning 76 % ugleroddan iborat. Bu modda po'kakli qatlam va sklerenxima orasida o'ziga xos pansirli qatlam hosil qiladi.
Urug' (yadro) yupqa urug' qobig'i va murtakdan tuzilgan. Ekish uchun mo'ljallangan kungaboqar urug'i sifatini baho-lash va nav xususiyatlarini aniqlash jarayonida meva qobig'ida pansirli qatlam bor yoki yo'qligini aniqlash muhim ahamiyatga ega (35-rasm).
Bu qatlam danakni kungaboqar kuyasi qurti bilan zarar-lanishdan saqlaydi. Qurt kungaboqar hosiliga katta zarar yetkazadi. Kungaboqar kuyasi naychagul ichiga o'z urug'ini qo'yadi. Bu urug'dan chiqqan kapalak qurti dastlab gulning gultojisi bilan oziqlanadi, keyin meva qobig'ini kemirib, mag'izning bir qismini yeydi. Zararlangan o'simlikning savatchasi o'rgimchak uyasi bilan o'ralgan bo'lib, unda kapalak qurti chiqindilari bilan ifloslangan ko'plab qurigan gullar bo'ladi.
Meva qobig'ida pansirli qatlami mavjud bo'lgan danakchalarning foizlardagi miqdori kungaboqarning pansirliligi deyiladi. Ekishda keng joriy etilgan kungaboqar navlari 95—96 % pansirlilikka ega. Urug'larning kimyoviy tarkibi uning naviga, yetishtirish sharoit-lari va hududiga qarab ancha farqlarga ega. Urug'ning kimyoviy tarkibi uning pishib yetilganlik darajasiga ham bog'liq bo'ladi, chunonchi pishib yetilmagan urug'da moy miqdori past va sifati ham talabga javob bermaydi.
Danakcha tarkibida quyidagi mod-dalar mavjud (quruq moddaga nis-batan % da): oqsillar - 12,4-19 % gacha, moylar — 25—45 %gacha, kletchatka — 23,5—27 %gacha, boshqa uglevodlar — 23—27 %gacha, mineral moddalar — 1,8—5,1 %gacha. Meva qobig'idan ajratilgan urug' qismi (mag'iz) da 26—29 % oqsil, 50—60 % moy va 1,7—4 % klechatka mavjud.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling