1-mavzu: tovar ishlov berish fani va uning vazifalari reja


Download 0.51 Mb.
bet67/82
Sana04.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1158077
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   82
Bog'liq
ҚХМСДИТдан МАЪРУЗА МАТНИ (rasmsiz)

Nazorat savollari.
1.Sabzining oziqaviy qiymati uning o’zak o’lchamiga qanday bog’liq?
2.Nima uchun standar bo’yicha xo’raki lavlagi va sabzi diametriga cheklash qo’yilgan?
3.Ildizmevalarning bir biriga o’tmaydigan kasalliklari to’g’risida ma’lumot bering?
4.Sabzi va xo’raki lavlagi uchun xavfli bo’lgan kasallik to’g’risida ma’lumot bering?

13-MAVZU: MOYLI EKINLARGA TOVAR ISHLOVI BERISH
Reja:
1. Umumiy ma'lumot.
2. Sifat ko'rsatkichlari.
3. Kungaboqar.
Umumiy ma'lumot
Mevasi yoki urug'i moyga boy bo'lgan o'simliklar moyli o'simliklar deb yuritiladi. Ular turli-tuman maqsadlarda ishla-tiladi. Moyli o'simliklar qo'llanishiga ko'ra, quyidagi guruhlarga bo'linadi:
1. Moyga boy bo'lgan urug'-mevalar olish maqsadida ekiladigan o'simliklar: kungaboqar, maxsar, kanakunjut, burama zig'ir, xantal, raps, surepka, zardug', kunjut, ko'knori, lyallematsiya, perilla va boshqalar.

  1. Tola olis"n maqsadida ekiladigan, ammo urug'i va meva-sidan moy olinadigan o'simliklar: uzunchoq zig'ir, kanop, nasha.

  2. Meva olish uchun ekiladigan, ammo urug'i efir moylariga boy, efir moylaridan ham ko'p miqdorda o'simlik moylari (moyli yog'lar)ga ega bo'lgan o'simliklar: kashnich, anis, zira, arpabodiyon, sedana.

Moyli o'simliklar xalq xo'jaligida muhim ahamiyatga ega bo'lib, ulardan oziq-ovqat va texnik maqsadlarda qo'llaniladigan moylar olinadi.
Ovqat tayyorlashda kungaboqar, kunjut, xantal, nasha, paxta, ko'knor, maxsar, zardug' va zig'ir urug'laridan olinadigan yog'lar ishlatiladi. O'simlik moylarining muayyan qismi qattiq moylar (gidrogenezatsiyalangan, margarin) olish uchun xomashyo sifatida ishlatiladi. Bundan tashqari, o'simlik moylari sanoatning turli-tuman sohalarida: sovun ishlab chiqarish va teri sanoatida (teri moylash uchun), lok-bo'yoq ishlab chiqarish sanoatida alif va loklar olish uchun ishlatiladi. Shuningdek, moylar linoleum, kleyonka, suv o'tkazmaydigan matolar, sun'iy charm va hokazolar ishlab chiqarishda ham ishlatiladi.
Kimyo fanining taraqqiy etib borishi bilan'o'simlik moylariga bo'lgan texnikaviy ehtiyojlar qisqarib, ovqatbop o'simlik moylarining zaxiralari о'sib bormoqda. Yog'-moy zavodlarida moy ajratib olingandan keyin qoladigan qoldiq mahsulotlar (urug'ning moyi olingan qismlari) — kunjara va shrot tarkibida ham ko'p miqdorda oqsil, mineral moddalar, uglevodlar, vitamin va muay-yan miqdorda moy bor. Shu boisdan ular chorva mollari uchun qimmatbaho konsentrlangan yem hisoblanadi.
Jahon ziroatchiligida ekiladigan yer maydonlari ko'lami jihatidan birinchi o'rinda g'o'za, ikkinchi — kungaboqar, uchin-chi — zig'ir turadi. Moyli o'simliklar turli botanik oilalarga xosdir. Masalan, kungaboqar, maxsar—murakkabguldoshlar, xantal, raps, surepka, zardug'—xochguldoshlar, kashnich, zira, arpabodiyon esa soyabon gullilar oilasiga kiradi.
Moyli o'simliklar morfologik va anotomik tuzilishi, kimyoviy tarkibi jihatidan turli-tuman bo'lganligi uchun ular har xil oilalarga xosdir.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling