Amaliy mashg’ulotlar 1-Amaliy mashg’ulot Meva va sabzavotlarni terish, saralash va ularga tovar ishlovi berish Darsning maqsadi


Download 42.01 Kb.
bet1/11
Sana05.01.2022
Hajmi42.01 Kb.
#226233
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
AMALIY MASHG oygulga


AMALIY MASHG’ULOTLAR

1-Amaliy mashg’ulot

Meva va sabzavotlarni terish, saralash va ularga tovar ishlovi berish

Darsning maqsadi: talabalarga Meva-sabzavot mahsulotlari tayyorlash shaxobchalariga tashish hamda turli aralashmalardan tozalash xususiyatlarini o`rgatish.

Ishlash tartibi. Doimiy (stasionar) omborxonalar. Kartoshka, sabzavot va mevalarni saqlashga mo’ljallangan omborxonalar ko’p jihatdan bir-biridan tafovut qiladi, bulardan eng muhimi qanday mahsulot saqlashga mo’ljallangani, rejalashtirilishi va o’lchamlari va sig’imi, hajmi, qurilishdagi xususiyatlari, saqlash tartibiga rioya qilish, uskunalar tizmasi, mahsulotni joylashtirish usullari va yuklash, tushirish ishlarini mexanizasiyalashgan darajasi va iqtisodiy ko’rsatkichlaridir.


Nazariy qism. Meva sabzavotlarning sifati, ularda bo’ladigan nobudgarchiliklar va saqlash muddatlari hosilni vaqtida yig’ishtirib olish, yig’ishtirilgan hosilga tovar ishlovi berish, saralash, idishlarga joylashtirib, tashishni va saqlashni tashkil etish jarayonlariga ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi.

Bugungi kunda qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda hosilni yig’ib-terib olishni mashinalarsiz tasavvur qilish qiyin. Ko’pchilik hollarda kartoshka va sabzavotlar hosili asosan mashinalar yordamida yig’ib-terib olinadi. Katta-katta bog’larda ham mevalarni yig’ib-terib olishning mexanizatsiyalashtirilgan usulini qo’llash mumkin. SHunga qaramasdan, bugungi kunda kartoshka, sabzavotlar va mevalarni qo’lda yig’ib-terib olish keng tarqalgan hisoblanadi.

Bu yerdagi asosiy muammolardan biri hosilni yig’ishtirib olishda qo’llaniladigan mashinalarni har bir sabzavotlarning xo’jalik-botanik, mevalarning esa pomologik navlarining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda konstruktsiyalash hisoblanadi. Albatta, bu muammoni yechishda shu sohaning mutaxassislari, xususan tovarshunoslar mashina yaratuvchilariga yaqindan yordam berishlari talab etiladi. Lekin, shuni qayd etish lozimki mashinalar yordamida hosilni yig’ishtirib va ishlov berganda mexanik shikastlangan meva va sabzavotlar miqdori va darajasi ko’p bo’ladi. Hosilni yig’ishtirish, tovar ishlovi berish jarayonida mexanik shikastlanishini va nobudgarchilikni kamaytirish uchun qo’llanilib kelayotgan mashinalarni modernizatsiyalash yoki yangisini yaratish, mashina yordamida yig’ishtirib olishgan yaroqli meva va sabzavotlar navlarini tanlash, hosilni yig’ishtirib olish vaqti va sharoitini to’g’ri tanlash katta ahamiyatga egadir. Masalan, kartoshkani yig’ishtirib olgandan keyin unga tovar ishlovi berish mashinadan mahsulotni qabul qilib olish, daladan keltirish, kartoshkani begona aralashmalardan tozalash, saralash, zararlangan tuganaklarni ajratish va shunga o’xshash jarayonlarni o’z ichiga oladi.

Meva-sabzavotlarni vaqtida yig’ishtirib olish ham eng muhim jarayonlardan biri hisoblanadi. Yig’ishtirib olish vaqti esa mevaning (ba’zi sabzavotlarning) saqlash jarayonida yetilishi yoki yetilmasligi bilan ham aniqlanadi. Yig’ishtirib olingandan keyin yetiladigan mevalarga olma, nok, behi, krijovnik, sabzavotlardan esa pomidor, qovun, piyoz, qovoq va kartoshka kiradi. qulupnay, smorodina, o’rik, malina mevalari va ziravor sabzavotlar yetilmaydi.

Meva va sabzavotlarning pishib yetilganlik darajasi va yig’ishtirib olish vaqtini aniqlashda quyidagi pishib yetilganlik darajalari belgilanadi: iste’molga yaroqlilik, yig’ishtirib olishga (uzishga) yaroqlilik, texnik pishib yetilganlik darajasi va fiziologik pishib yetilganlik darajasi.


Download 42.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling