1-mavzu: tovar ishlov berish fani va uning vazifalari reja
Download 0.51 Mb.
|
ҚХМСДИТдан МАЪРУЗА МАТНИ (rasmsiz)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 – rasm: Xo’raki sabzi
- Xo’raki lavlagi.
- 1 – rasm: Xo’raki lavlagi
1-rasm: Sabzi navlari:
1-Parijskaya karotelь (mushak sabzi); 2-kichik sabzi; 3-Amsterdamskaya; 4-Flakke/Karotinnaya; 5-Nanskaya; 6-Berlikum/Nanskaya; 7-Flakke; 8-Berlikum; 9-SHantene;10-SHantene/Danvers
Xo’raki lavlagi. Xo’raki lavlagining nav belgilari tavsifi sabzi navlari tavsifiga o’xshab ketadi. Xo’raki lavlagi etini rangi va halqalar tuzilishi ranglar jadvali va halqalar shkalasi bo’yicha (1-rasm) aniqlanadi. Halqalanish 7 balli shkala bo’yicha aniqlanadi: 1 – chiziqlarsiz va oq halqalarsiz; 2 – kuchsiz chiziqli (qirqim yuzasidaning 10% dan kam maydonda mavjud); 3 – halqalar va chiziqlar qirqim yuzasining 10-25% ni egallagan; 4 – halqalar va chiziqlar qirqim yuzasining 20-40% ni egallagan; 5 – 40-60% ni egallagan; 6 – 60-90% ni egallagan; 7 – ildizmeva kuchsiz antotsian pigmentatsiyaga ega bo’lgan deyarli oq rangda. Xo’raki lavlagi etining konsistentsiyasi suvda pirib olingandan so’ng aniqlanadi. Konsistentsiya tavsifi: yumshoq; o’rta darajadagi yumshoq; dag’al; o’ta dag’al; yog’ochsimon.
Xo’raki lavlagining nav belgilari: 1.Ildizmevaning shakli – yassi ( balandligi diametriga nisbatan ikki marotaba kichik); yumaloq (balandligi diametriga teng); oval (balandligi diametridan katta); konussimon. 2.Ildizmeva boshi – mayda, o’rta, katta. 3.Bo’ylama ildiz – kuchsiz rivojlangan; o’rtacha; qalin; yirik. 4.Ildizmeva yuzasining rangi – to’q binafsha rang; to’q qizil rang; binafsha qizg’ish rang. 5.Etining rangi – malinasimon; qizil; to’q qizil; tim qora qizil; qizg’ish – binafsha rang; tim qora binafsha. 6.Etidagi halqalari – oq, oqish; pushti. 7.Etining konsistentsiyasi – yumshoq; sersuv; dag’al. 8.Tezpisharligi (unib chiqqan kundan ildizmevaning tovar holga kelgungacha bo’lgan muddat) – ertapishar navlar (100 kundan kam); o’rtapishar (100-130 kun); kechpishar navlar (130 kundan ko’p). Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling