1-mavzu: treyd-marketingning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari


Chakana savdo tashkilotlarining asosiy turlari


Download 0.93 Mb.
bet27/73
Sana14.01.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1093468
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   73
Bog'liq
трейд-маркетинг мажмуа 22

4.3. Chakana savdo tashkilotlarining asosiy turlari.


Chakana savdo shaxobchalari tovar harakatidagi asosiy bo‘g‘inlardan hisoblanib, ishlab chiqarishga, ulgurji savdoga va iste’molchiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Aynan shu chakana savdo shaxobchalarida mehnatkashlar ijtimoiy, foydali mehnatga qo‘shgan ulushlariga qarab zarur tovarlarni sotib olishadi. Chakana savdo jarayonida u yoki bu tovar - tovar muomalasidan iste’mol muomalasiga o‘tadi. Chakana savdo shaxobchalarida bozor va talab o‘rganiladi. Bozor sharoitida narxlar, yangi iste’mol tarkib topadi, talab qondiriladi. Talab va taklif o‘rtasida muvozanat ushlab turiladi.


Bundan tashqari chakana savdo shaxobchalarida iste’molni qondirib turish uchun tovar zahiralari barpo qilinadi va har tomonlama iste’molga yordam berish, rag‘batlantirish choralari ko‘riladi.
Chakana shaxobchalarida ikki turdagi vazifalar bajariladi:

  • tijorat vazifalari;

  • texnologik vazifalar.

Texnologik vazifalar – bunga tovar qabul qilish, saqlash, qadoqlash, o‘rash, tovarlarni savdo zallarida ko‘rsatish, haridorlar bilan hisob-kitob qilish va qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish.
Chakana savdo korxonalari quyidagi belgilarga qarab turlarga bo‘linadi:
I. Bajarayotgan vazifasining xususiyatlariga qarab:

  • doimiy;

  • ko‘chma;

  • posilka yo‘li bilan savdo qiluvchi savdo shaxobchalaridir.

Doimiy savdo shaxobchalari o‘z navbatida ikki xil bo‘ladi:

  • do‘konlar;

  • mayda chakana savdo do‘konlari.

Savdoni tashkil etishda asosiy rolni do‘konlar o‘ynaydi, ular chakana savdo korxonalarining 75 % dan ortig‘ini tashkil etadi va tovar aylanmasining 85 % ga yaqinini beradi. Bu yerda savdo sotiqni uyushtirishning zamonaviy usullarini qo‘llash bo‘yicha zarur sharoitlar yaratilgan bo‘ladi. Jumladan, ko‘p kuch talab qiladigan ishlar mexanizatsiyalashtiriladi. Sotuvchilar uchun ayniqsa haridorlarga xizmat ko‘rsatish uchun kerakli bo‘lgan qulay sharoitlar muxayyo etiladi.
Do‘konlar o‘zining barpo etilishi, joylashish, sotuvga chiqariladigan mahsulotlarining assortimenti, savdo-xizmati, ishni tashkil etish bilan ajralib turadi.
Chakana savdo korxonasining savdodagi asosiy funksiyasi quyidagilardan iboratdir:

  • haridorlarning mol mahsulotlariga bo‘lgan talab, ehtiyojlarini o‘rganish;

  • tovarlarning assortimentini shakllantirish;

  • tovarlar reklamasi va xizmat ko‘rsatish;

  • haridorlarga savdo xizmati ko‘rsatish.

Mayda chakana savdo do‘konlari esa yordamchi vazifasini bajaradi, ya’ni yangi qurilayotgan joylarda, vaqti-vaqti bilan aholi to‘planadigan joylarda do‘kon qurish, iloji bo‘lmagan yerlarda mayda chakana savdo do‘konlari o‘z faoliyatini olib boradi.
Mayda chakana savdo do‘konlari qatorida chodirlar, kioskalar, pavilonlarni ko‘rsatish mumkin.
Chodirlar – bir-ikki sotuvchiga mo‘ljallangan yopiq holdagi savdo do‘koni hisoblanadi. Kioskalardan farqli ravishda unda tovarlarni saqlash, sotuvga tayyorlash uchun hamda haridorlarning kirib chiqishi uchun unga katta bo‘lmagan xona bor.
Kioskalar – odatda yengil konstruksiyalardan yopiq holda yasaladi. Unda bir kishi savdo sotiq bilan shug‘ullanishi mo‘ljallangan. Kioskalarda tovarlarni saqlash, g‘amlab qo‘yish uchun maxsus xona ajratilmagan.
Pavilonlar – o‘z savdo zaliga, zarur jihozlar saqlanadigan xonaga ega. Ularda asosan, ikki-to‘rt nafar sotuvchi haridorlarga xizmat ko‘rsatishi mo‘ljallangan.
Ko‘chma savdo xizmati o‘z ichiga bir qancha xizmat turlarini oladi. Bular ko‘chma avtolavkalarda, kemalarda, motovelotejkalarda, samolyotlarda, buyumlarni haridorlarga yetkazishdan iborat.
Vagon–lavkalar, kema-lavkalar odatda temir yo‘l va suv transporti xodimlariga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan. Avtodo‘konlar odatda do‘kon qurish iloji bo‘lmagan qishloqlarda, kichkina qishloqlarda savdo xizmati olib boradi.
Bundan tashqari bozor kunlari va har xil tadbiriy marosimlar paytida avtodo‘konlar o‘z faoliyatini olib boradi.
Chakana savdoda tovarlarni posilka qilib jo‘natish bilan asosan matlubot kooperatsiyasi shug‘ullanadi. Tovarlar haridorlardan olingan buyurtmaga muvofiq ajratilib belgilangan muddatlarda pochta orqali jo‘natiladi.
Haridorlr esa tovarlarni pochta bo‘limlaridagi preyskurantlarga qarab taxlashlari va shu asosda buyurtma berishlari mumkin.
II. Tovar assortimentiga qarab:

  • ixtisoslashgan;

  • ixtisoslashmagan do‘konlar.

III. Chakana savdo do‘konlarining mulkiy shakliga qarab:

  • davlat chakana savdo do‘konlari;

  • shaxsiy chakana savdo do‘konlari;

  • qo‘shma chakana savdo do‘konlari;

  • chet el savdo do‘konlari.

IV. Do‘konning katta-kichikligiga qarab:

  • kichik;

  • katta va yirik.

V. Chakana savdo do‘konlari savdo binosining tuzilishiga qarab:

  • bir qavatli;

  • ko‘p qavatli;

  • alohida joylashgan;

  • birgalikda joylashgan shakllarda bo‘lishi mumkin.

Savdo shaxobchasini eng maqbul tarzda qurish va joylashtirishda chakana savdo do‘konlarini tiplar bo‘yicha ajratish hamda ularni ma’lum turdagi tovarlarni sotishga ixtisoslashtirish katta ahamiyat kasb etadi.
Chakana savdo shaxobchalarining ixtisoslashuvi – bu savdo tarmoqlarida mehnatni taqsimlashning turlaridan biridir. Bu do‘konlarning savdo-sotiq faoliyati ayrim tovarlarni sotish bilan cheklangan. Ayni shu tovarlarning bir joyda turlar va gruppalar bo‘yicha sotilishi aholining iste’mol ehtiyojlarini to‘laroq qondirish imkonini beradi.
Tiplashtirish – bu ma’lum bir tadbiriy chora bo‘lib, harakatda bo‘lgan, ishlab turgan chakana savdo shaxobchalarini har tomonlama o‘rganilib, fan va texnika yutuqlaridan foydalanib, ularning optimal tiplarini ishlab chiqishdir.
Do‘konlarni quyidagi belgilarga qarab tiplarga ajratishi mumkin: assortiment profili, savdo maydonining hajmi, savdo korxonasining joylashtirishi, haridorlarga xizmat ko‘rsatish shakli va usullari. Tiplarga ajratish jarayonida shunday do‘konlar tanlab olinadi-ki, ular tajribada o‘zini oqlagan bo‘lsin, yangidan barpo etilayotganlarida esa tovarlar assortimentini kengaytirish, savdoda yangi texnika va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlari hisobga olinishi lozim. Tiplashirish jarayonida do‘konlarning har xil maydonga ega bo‘lgan xillari kamayadi, ularni boshqarish ishlari ancha osonlashadi, texnologik loyihalarini tuzish ham ancha qulay amalga oshadi.
Tiplashtirish – bu tarxiy jarayon hisoblanadi, ya’ni eski tiplar yo‘qolib, yangilari paydo bo‘lishi mumkin. Bu savdoning rivojlanishi, tovar assortimentining kengayishi, bozor talabi va hokazolardan kelib chiqadi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling