1-mavzu: treyd-marketingning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari
-MAVZU: TREYD MARKETING VA CHAKANA SAVDO
Download 0.93 Mb.
|
трейд-маркетинг мажмуа 22
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.1. Treyd marketing va chakana savdo tushunchasi
4-MAVZU: TREYD MARKETING VA CHAKANA SAVDOReja: 4.1. Treyd marketing va chakana savdo tushunchasi 4.2. Globallashuv sharoitida chakana savdoning ta’rifi, ko‘lami va ahamiyati. 4.3. Chakana savdo tashkilotlarining asosiy turlari. 4.1. Treyd marketing va chakana savdo tushunchasiSavdo – xizmatning alohida turi bo‘lib u bir tomondan ishlab chiqaruvchilarga xizmat qiladi, ikkinchi tomondan iste’molchilarga , uchinchi tomondan Davlatga xizmat qiladi va to‘rtinchidan u boshqa iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga ham xizmat ko‘rsatadi, ularni xizmatlaridan iste’molchi sifatida foydalanadi va ular bilan aloqada bo‘ladi. Savdo birinchidan, tovarlarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan aloqalar va tovar ayriboshlash jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi ikkinchidan, iqtisodiyot tarmog‘i sifatida ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida mustaqillashgan savdo korxonalari majmuasidir. Savdoni shakllanishi insoniyat taraqqiyoti tarixi bilan chambarchas bog‘liq. Savdoning kelib chiqishi ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida tovar ishlab chiqarishni, tovar muomalasi yoki ayriboshlashni vujudga kelishi bilan bog‘liq. Savdo faoliyatiga tovar ayirboshlash shakli nuqtai nazardan qaralsa, savdoning vazifasi makon va zamon jihatidan bir-biridan ajralib turgan ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasidagi aloqani bog‘lashdan iborat. Savdo mustaqil ijtimoiy-iqtisodiy funksiya bajarib, boshqa iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik tarmoqlari qatori uning faoliyatida ham mulkdor, yollangan xizmatchilar, mehnat, tadbirkorlik, foyda kabilar o‘z aksini topgan. Savdo ishlab chiqarishning bir bosqichidan ikkinchisiga va ishlab chiqaruvchi qo‘lidan iste’molchi qo‘liga mahsulotlarni yetkazish vazifasini bajargan. Savdoning mohiyatidan kelib chiqib, uning bajaradigan funksiyalarini aniqlash zarur. Savdo o‘z mohiyatidan kelib chiqib quyidagi ijtimoiy-iqtisodiy funksiyalarni bajaradi: Birinchidan, tovar ayirboshlash shakli sifatida tovarlar qiymatini ayriboshlash; Ikkinchidan, iqtisodiyot tarmog‘i sifatida tovarlarni ishlab chiqarishdan iste’molchilarga yetkazish. Birinchi funksiya natijasida tovarlarni qiymati sotiladi, unga sarf qilingan ijtimoiy mehnat qoplanadi va qo‘shimcha qiymat vujudga keladi. Ikkinchi funksiya natijasida tovarlarni iste’mol qiymati iste’molchilarga yetkaziladi, iste’molchilar tomonidan tan olinadi, sotiladi va mulk shakli o‘zgaradi. Savdo ijtimoiy-iqtisodiy funksiyalarni bajarish bilan bir qatorda tashkiliy-iqtisodiy va texnik-texnologik funksiyalarni ham bajaradi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling