1-mavzu: treyd-marketingning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari
Qo‘shimcha savdo xizmat ko‘rsatish turlari
Download 0.93 Mb.
|
трейд-маркетинг мажмуа 22
5.4. Qo‘shimcha savdo xizmat ko‘rsatish turlari.Hozirgi zamon universal va ixtisoslashtirilgan do‘konlarda ko‘rsatiladigan qo‘shimcha xizmatning asosiy turlariga quyidagilar kiradi: savdoda bo‘lmagan tovarlarga oldindan buyurtma qabul qilish, tovarlarni kreditga sotish, sotib olingan tovarlarni ko‘rsatilgan manzilga eltib berish, gazlamalarni bichish, tayyor kuylaklarni haridorning qomatiga moslab berish, kiyim va bosh kiyimlarni qisman to‘g‘rilash, pardalarni tikish, bosh kiyim va poyabzallarni kiyib berish, soat qayishchalarini o‘tkazib berish, chang‘ilarga, tasmalar o‘rnatish, texnik jihatdan murakkab tovarlar, charm-attorlik, trikotaj buyumlari va bolalar uyinchoqlari mayda remont qilish, avtoruchkalarni remont va zapravka qilish, pichoq, qaychi va boshqa tovarlarni chaxlash, naqqoshlik ishlarini bajarish, fotoapparatlarni zaryadka qilish uchun qorong‘u xonalarni jihozlash, foto plyonkalarni ko‘rinadigan qilish va fotosurat chiqarishga buyurtma olish, modalar va yangi tovarlarni namoyish qilish, tovarlardan foydalanish qoidalari bo‘yicha mutaxassislar maslahatlarini uyushtirish, shahar ma’lumot xizmati byurosi va boshqalarning bo‘limlarini tashkil qilish. Savdo korxonalaridan ko‘rsatiladigan qo‘shimcha xizmatlarga quyidagilar kiradi: Tovarlarni uyga eltib berish. Ko‘p univermaglar, ixtisoslashtirilgan do‘konlar (mebel, qurilish materiallari va yoqilg‘i xo‘jalik tovarlari, madaniy tovarlar bilan savdo qiluvchi) mebellar, muzlatgichlar, kir yuvish mashinalari, radiopriyomniklar, televizorlar, pianino, qurilish materiallari, yoqilg‘ilar va boshqa katta hamda og‘ir tovarlarni uyga eltib berishda maxsus ajratilgan transportlardan yoki kooperativ tashkilotning do‘konga tovar keltirgan transport bilan qaytishda harid qilingan buyumlarni uyga eltib beradi. Haridorlar tovarni uyga eltib bergani uchun amaldagi tarif bo‘yicha haq to‘laydilar. Yuk tashish qiymati do‘uon kassasiga tovar qiymati bilan birga to‘lanadi. So‘ngra uch nusxada kvitansiya yozilib, bir nusxasi tovar eltib berish uchun mashina haydovchisiga, ikkinchi nusxasi haridorga beriladi, uchinchisi esa do‘konda qoladi. Tovarni uyga eltib berishda haridor yukni olganligi haqida haydovchidagi kvitansiyaga imzo chekadi. Haridorlarga yoqilg‘i sotish va uyga eltib berish oldindan beriladigan buyurtma-talabnomalar bo‘yicha amalgaoshiriladi. Yoilg‘iga yozma talabnomalar xo‘jalik tovarlari bilan savdo qiluvchi yaqin oradagi do‘konlarga topshiriladi. Do‘kondan harid qilingan gazlamalarni bichish. Qo‘shimcha xizmatning bunday formasi matlubot kooperatsiyasi tizimidagi univermaglar va gazlama sotishga ixtisoslashgan yirik do‘konlarda keng tarqalgan. Materiallarni bichish uchun do‘konlarning savdo zalidan ozgina joy ajratilib, bichiqchi uchun ish o‘rni jihozlanadi. Unda moda jurnallari va andozalar uchun stolcha yoki tumbochka, bichishga qabul qilingan gazlamalar va bichilgan buyumlarni saqlash uchun shkaf, ustki kiyimlar, veshalkasi, haridorlar uchun stullar yoki kreslolar quyiladi. Bichish stolining ish soatlari, buyurtmani rasmiylashtirish tartibi bichish uchun xizmat haqi preyskuranti va boshqalar ko‘rsatib qo‘yiladi. Bichiqchi haridorga andoza tanlashda yordamlashadi, gazlamani bichadi va ko‘klab beradi, xizmat haqini aytadi, kvitansiya yozib beradi. Qabul qilingan buyurtmalar iloji boricha buyurtmachi ishtirokida, biroq qabul qilinganida uch kundan kechiktirmay bajariladi. Bichish stolining ish kunlari va buyurtma qabul qilish vaqtlari mahalliy sharoitlarga qarab belgilanadi. Buyurtmalarning soniga qarab bichiqchi yoki to‘liq kunlar yoki kuni va soatlari ko‘rsatilgan ma’lum jadval bo‘yicha ishlaydi. Kiyim tikishga buyurtma qabul qilish. Gazlamalar bilan savdo qiluvchi ba’zi do‘kondan sotib olingan materiallardan kiyim tikishga buyurtma qabul qiladi. Buning uchun do‘konlarda savdoda bo‘lgan gazlamalardan oldindan to‘plam tayyorlab quyiladi. Buyurtmalar kooperativ tashkilotlarning roziligi bilan mahalliy atele ustalari ishtirokida qabul qilinadi va bajariladi. Bunday kompleks xizmat ko‘rsatish haridorlar uchun qulay bo‘lib, ularning vaqtini tejaydi. 3. Fotokabinalar va fotolabaratoriyalar. Aholiga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash uchun univermaglarda va madaniy tovar do‘konlarida fotokabinalar va fotolabaratoriyalar tashkil etiladi. Bu yerda haridorlar do‘kondan harid qilgan footoapparatni bepul zaryadlash yoki o‘z apparatini qayta zaryadlash, nazorat negativlarni ko‘rinadigan qilib, uning sifatini tekshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Fotolaboratoriyalar qo‘shimcha haq evaziga fotoxavaskorlardan plyonkalarni ishlash, surat chiqarish va havaskorlik suratlarini kattalashtirishga buyurtma oladilar. 3-jadval Servis xizmatlarning turlari va ularning iste’molchilari
Tayanch iboralar: O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish, ko‘chma savdo, turg‘un savdo shaxobchasi, savdo avtomatlari, supermarket, avtodo‘kon xizmat ko‘rsatish, servis, qo‘shimcha xizmat, kafolat, savdodan keyingi xizmat, savdo xizmati, savdo madaniyati. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling