1-mavzu: treyd-marketingning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari


Savdo xizmati ko‘rsatish mazmuni, ahamiyati


Download 0.93 Mb.
bet31/73
Sana14.01.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1093468
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   73
Bog'liq
трейд-маркетинг мажмуа 22

5.3. Savdo xizmati ko‘rsatish mazmuni, ahamiyati.


Butun dunyo mamlakatlarida xizmat bilan juda ko‘p kishilar shug‘ullanadi. AQSH aholisining 60 foizidan ortiqrog‘i, Germaniyaning – 41 foiz aholisi, Italiyaning 35 foiz aholisi xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.
Xizmatlarning o‘ziga xos xususiyatlari:

  1. Xizmatlar oldindan sezilmaslik xususiyatiga ega, ya’ni uni ishlab ko‘rish, hidini sezish, ovozini eshitish mumkin emas.

  2. Xizmatlar o‘z manbasidan ajralmagan holda mavjud bo‘ladi.

  3. Xizmatlarning sifati hech qachon bir xil bo‘lmaydi.

  4. Xizmatni zaxira qilib, saqlab qo‘yish mumkin emas.

Savdoda xizmat ko‘rsatish bu haridorlarga tovar sotib olishda va uni iste’mol qilishida har tomonlama yordam berish va xizmat ko‘rsatishdir. Savdoda xizmat ko‘rsatish savdo rivojlangan sharoitida tovar tanqisligi tuzgan paytida rivojlanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Savdoda qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish o‘z xususiyatlariga qarab bir qancha guruhlarga bo‘linishi mumkin:
1) Qo‘shimcha qiymat yaratishi yoki iste’mol qiymati yaratishiga qarab xizmat ko‘rsatish quyidagi guruhlarga bo‘linishi mumkin:

  • qo‘shimcha qiymat va iste’mol qiymati yaratadigan savdo xizmati, bunga ishlab chiqarish harakteriga ega bo‘lgan savdo xizmati, ya’ni gazlamalarni bichish, yangi rasmlar, gullar chizish, o‘rnatish, radio, televizor, muzlatgichlarni, mebel va boshqa tovarlarni xonalarda o‘rnatish;

2) Transport va ortish-tushirish bilan bog‘liq bo‘lgan savdo xizmatlari;

  • sotib olingan tovarlarni o‘rash, komplektlash, sovg‘abop naborlarni tashkil etish kabi savdo xizmatlari ham o‘z navbatida qo‘shimcha qiymat yaratishga yordam beradi, ya’ni buyurtmalarni qabul qilish va uni bajarish, haridorlarga yetkazib berish kabi iste’mol qiymatini yaratishga yordam beradi. Boshqa xildagi savdo xizmati, yangi iste’mol qiymatini yaratmaydi va savdo uchun zarur hisoblanadi. Bularga haridorlarga maslahat berish, ya’ni bu maslahatni savdo xodimlari, vrachlar va boshqa xildagi mutaxassislar berish mumkin. Tovar haqida ma’lumotlar berish, ularni tekshirib berish, foydalanish tartibini o‘rgatish kabi ishlar ham savdo xizmatiga kiradi.

Savdo xizmati haridorlar tomonidan pulni to‘lash, to‘lamasligiga qarab ikki guruhga bo‘linadi:

  • pulini to‘lashi lozim bo‘lgan savdo xizmati;

  • xizmat puli to‘lanmaydigan savdo xizmati.

Xizmat haqi savdo tashkiloti tomonidan hisoblab chiqilishi lozim va axborot tariqasida aholiga har xil yo‘llar bilan yetkazilishi lozim. Ayrim joylarda savdo xizmati bepul ko‘rsatilishi mumkin.
Haridorlarga xizmat ko‘rsatish lozimligi nuqtai nazardan savdo xizmati ikki guruhga bo‘linadi:

  • savdo xizmati ko‘rsatish shart bo‘lgan;

  • xizmat ko‘rsatish mumkin bo‘lgan yoki taklif qilinadigan.

Bu xildagi xizmatlarning ro‘yxatini shart yoki shart emasligini savdo tashkilotlari va ularning yuqori organlari belgilab berar edi.
Qo‘shimcha savdo xizmatini ko‘rsatish sotsial va iqtisodiy afzalliklarga olib kelishi mumkin, ya’ni:

  • savdo xizmati ko‘rsatish foyda miqdori va darajasini oshirishi mumkin;

  • tovarning sotilishini tezlashtirish mumkin va iste’molni har tomonlama qondirishi mumkin;

  • haridorga xizmat ko‘rsatish darajasini va savdo madaniyatini darajasini oshirish mumkin.




Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling