1-mavzu: treyd-marketingning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari


Takrorlash uchun savollar


Download 0.93 Mb.
bet33/73
Sana14.01.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1093468
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   73
Bog'liq
трейд-маркетинг мажмуа 22

Takrorlash uchun savollar:

  1. Savdo xizmati deb nimaga aytiladi?

  2. Savdoda qo‘shimcha xizmat ko‘rsatining ahamiyatini yoritib bering.

  3. Servis xizmatlar deb nimaga aytiladi?

  4. Savdo xizmati qanday turlarga bo‘linadi?

  5. Savdodan keyingi xizmatlarning turlarini aytib bering.

  6. Tovar sotish usullarining kelib chiqish tarixi va ularning mohiyati.

  7. O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish usulining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati.

  8. O‘zbekistonda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishning rivojlanish muammolari.

  9. Tovar sotishni faollashtirish usullariga nimalar kiradi.

  10. Ko‘chma savdoning mohiyatini tushuntirib bering.

  11. Respublikamizda ko‘chma savdo orqali qanday tovarlarni sotish mumkin?

  12. Savdo avtomati orqali tovar sotishning mohiyati.

  13. Avtodo‘konlarda savdo qilishning o‘ziga xos xususiyati.


6-MAVZU: CHAKANA SAVDODA ASSORTIMENT, NARX VA SIFAT SIYOSATI


Reja:
6.1.Tovar assortimentining mohiyati va turlari.
6.2. Narx va uning turlari.
6.3. Tovar sifati va uni oshirish yo‘llari.
6.4. Mahsulotning bozordagi sifati, raqobatbardoshlik ko‘rsatkichi.


6.1. Tovar assortimentining mohiyati va turlari




Tovar sotish uchun, almashtirish uchun atayin ishlab chiqarilgan mahsulotdir, u boshqalar ehtiyojini qondirishga mo‘ljallangan almashtirish orqali iste’mol qilinadigan mehnat mahsulidir. Buyumning tovar bo‘lishi uchun mahsulotda ikkiyoqlama xususiyat mujassamlashuvi lozim: bir tomonidan, tovar sotish uchun yaratilgan mehnat mahsulidir, ayni chog‘da ikkinchi tomonidan, biron bir ehtiyojni (oyoq kiyimi, ust kiyimi, non, tuz, uy-joy, kitob va xokazo) qondiradigan narsadir.
Tovar – ikki xususiyatga ega:
1. birinchi xususiyat – qiymat;
2. ikkinchi xususiyat – iste’mol qiymat.
Tovar deb, sotish uchun ishlab chiqarilgan mehnat mahsuliga aytiladi. Hozirgi vaqtda bu ibora kengroq ma’noda ishlatiladi: ya’ni aholi ehtiyojini qondirish mumkin bo‘lgan va bozorga chiqarilishi mumkin bo‘lgan hamma narsa tovar deyiladi. Bunga hamma iste’mol mollari tovarlari, fizik ob’ektlar, xizmatlar, shaxslar, joylar, tashkilotlari, g‘oyalar kiradi.
Tovar bu umumiy tushuncha. Shu sababli tovar birligi degan ibora mavjud. Tovar birligi – tovarning alohida, yaxlit qismi bo‘lib, tashqi ko‘rinishi, bahosi, og‘irligi kabi belgilari bilan tavsiflanadi.
Shu sababli marketologlarni tovar birligi ko‘proq qiziqtiradi. Tovar iste’molchi ehtiyojini qondirish darajasiga yetib borishi uchun uchta bosqichdan o‘tadi:

  1. O‘ylab qo‘yilgan tovar. Bunda tovarni ishlab chiqarishdan va sotishdan qanday foyda kelishi mumkinligi hisob-kitob qilinadi.

  2. Real tayyor qilingan tovar. Bu bosqichda tovarning sifati, tashqi ko‘rinishi, xususiyatlari, o‘rami, markasi qanday bo‘lishi, uning raqobatbardoshligi hisobga olinadi.

  3. Tayyorlangan tovarning mustahkamlanishi. Avvalo unga kafolat beriladi, montaj qilish masalalari ko‘rsatiladi, kreditga berish mumkinligi va yetkazib berish masalalari ko‘zda tutiladi, undan tashqari sotilgandan keyingi xizmat ko‘rsatish.

Firmalarning asosiy vazifasi – ushbu belgilarga e’tibor berishlari kerak.
Tovarlar assortimenti deb ayrim belgilari bilan birlashgan turli tovar yig‘indisiga aytiladi. Masalan, uy xo‘jaligini jihozlash uchun ishlatiladigan stol, stul, krovat, shkaf, divan va boshqa mebel tovarlar assortimentini tashkil etadi.
Tovarlar assortimenti quyidagi belgilar bo‘yicha bir necha turlarga bo‘linadi:
I. Shakllanish belgisiga ko‘ra:

Sanoat va qishloq xo‘jaligini turli tarmoqlaridan ulgurji savdo tashkilotlariga kelayotgan tovarlar yig‘indisiga ishlab chiqarish assortimenti deyiladi.
II. Tovarlar assortimenti hajmi belgisi bo‘yicha:

  • oddiy assortimentdagi tovarlar;

  • murakkab assortimentdagi tovarlarga bo‘linadi.

III. Tovarlarni harid qilishning ommaviyligi darajasi yoki tovarlarga bo‘lgan talabning ommaviylik belgisiga ko‘ra:

  • kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan tovarlar, non, tuz, gugurt, sovun va boshqalar;

  • davriy ehtiyoj tovarlarga, gazlama, kiyim-kechak, poyabzal va boshqalar;

  • ahyon-ahyonda ehtiyoj to‘g‘iladigan tovarlarga, avtomobil, mebel, mototsikl va boshqalar;

  • mavsumiy tovarlarga, qishqi palto, qishqi poyabzal va boshqalar;

  • asosiy va hamroh tovarlarga bo‘linadi.

Asosiy tovarlar do‘kon tipining profilini belgilab beradi, hamroh tovarlar esa asosiy tovarlar assortimentini to‘ldiradi va haridorlarga xizmat ko‘rsatish madaniyatini oshirishga yordam beradi. Masalan, asosiy tovar poyabzal bo‘lsa, hamroh tovar esa paypoq, krem, botinka ipi bo‘ladi.
Ulgurji va chakana savdo tarmog‘iga kelib tushadigan tovarlar assortimentini boshqarish tijoratchilarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Tovarlar assortimentini boshqarish deb aholi talabini qondira olayotgan yangidan-yangi tovarlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, assortimentini kengaytirish va uning to‘liqligini ta’minlashga aytiladi.
Yuqorida aytib o‘tilgan uchta kategoriyani ko‘rib chiqamiz:

  1. Yangi-yangi tovarlarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirmasdan turib aholi talabini to‘liq qondirish mumkin emas;

  2. Assortimentni keyingi tushunchasi tovarlar turlarini sotishni ko‘rsatadi. Masalan, ixtisoslashgan do‘konlarda tovar assortimenti keng va kundalik ehtiyoj tovarlari do‘konlarida esa tor bo‘ladi.

  3. Tovarlar assortimentining to‘liqligi, barqarorligi savdo assortimentining ishlab chiqarish assortimentiga nisbatan kengligini bildiradi. Firma do‘konlarida va sanoat korxonalari bilan muntazam aloqada bo‘lgan savdo korxonasi va do‘konlarda assortimentining to‘liqligi 100 % ga yaqin bo‘ladi.




Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling