1-mavzu: treyd-marketingning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari
Download 0.93 Mb.
|
трейд-маркетинг мажмуа 22
Ko‘chmas mulk lizingi 2002 yilda jami lizingga berilgan aktivlarni 19,6% ko‘chmas mulk lizingi operatsiyalariga to‘g‘ri keladi. Lekin bu ko‘rsatkich turli mamlkatlar bo‘yicha farqlanib turadi. Masalan, Finlyandiya, Ruminiya, Shvesiya, Slovakiya va Buyuk Britaniya kabi mamlakatlarda lizingning umumiy hajmida ko‘chmas mulk lizingi 1% dan kam bo‘lgan holda, Italiyada bu ko‘rsatkich 46% ni tashkil etadi.
Uskunalar lizingi bo‘yicha ko‘rsatib o‘tilganidek, ko‘chmas mulk lizingida ham aktivlar turlari bo‘yicha taqsimotni ko‘rib chiqish mumkin bo‘ladi. Sanoat va ofis binolari, shuningdek chakana savdo uchun mo‘ljallangan ko‘chmas mulk ob’ektlari ko‘chmas mulk aktivlari lizingining umumiy hajmida 83%ni tashkil etadi. Mehmonxona va kurort biznesi sohalari ko‘chmas mulki 2002 yilda 20% o‘sishiga qaramasdan nisbatan oz ulushga ega bo‘lib qolmoqda. Faqatgina 2002 yilda 8 yildan 16 yilgacha bo‘lgan muddatlarga tuzilgan ko‘chmas mulk lizingi shartnomalari soni 2001 yildagiga nisbatan ikki barobarga ko‘paydi. Ancha uzoqroq muddatlarga lizing shartnomalari tuzish Shveysariya, Germaniya, Polsha kabi mamlakatlarga xosdir (20 yildan ko‘proq muddatga). Germaniyada hozirgi kunda ko‘plab lizing kompaniyalari mavjud bo‘lib, Lizing uyushmasi tashkil etilgan va unga 57 ta nemis lizing kompaniyalari a’zo bo‘lgan. Mamlkatdagi mavjud kompaniyalardan “Mitfinans Gmbx” va “Gefa-lizing Gmbx” yirik kompaniyalar hisoblanadi. “Mitfinans Gmbx” kompaniyasi 1962 yilda tashkil etilgan. Germaniyada birinchi bo‘lib asos solingan ushbu kompaniyaning ustav kapitali 1 mln nemis markasidan tashkil topgan. Hozirgi kunda uning 6 ta filiali mavjud. “Gefa-lizing Gmbx” kompaniyasi esa “Gefa” guruhi tomonidan 1968 yilda tashkil etilgan bo‘lib, o‘z faoliyati davomida mijozlariga 3 mlrd nemis markasidan ortiq miqdorda asbob uskunalarni ijaraga bergan. Avstriya davlatida lizing sohasi 25 yildan beri rivojlanib kelmoqda. Ularda bolalar bog‘chasi va xattoki maktablar ham lizingga beriladi. Ma’lumot uchun shuni aytib o‘tish joizki, jahonda lizing amaliyotlari bo‘yicha yetakchi hisoblangan AQSH va Yaponiya davlatlari aynan bank kapitalining lizingga yo‘naltirilgan mablag‘lari tufayli juda katta yutug‘larga erishishgan. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling