1-mavzu: treyd-marketingning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari
Download 0.93 Mb.
|
трейд-маркетинг мажмуа 22
- Bu sahifa navigatsiya:
- Normativ ko‘rsatkichlarga
- Patent – huquq ko‘rsatkichlari
Raqobatbardoshlik deganda mahsulotni individual iste’molchining muayyan ehtiyojlarini qondirish darajasi va uni sotib olishga va keyinchalik ishlatilishiga sarflanadigan harajatlar darajasiga ko‘ra uni o‘xshash-mahsulotlardan ajratuvchi harakteristikalar yig‘indisi tushuniladi.
Mahsulotni raqobatbardoshligi – bu tovarlarni texnik-iqtisodiy parametrlariga va yuqoriroq iste’mol xususiyatlari tufayli raqobat firmalar tomonidan tavsiya qilinadigan o‘xshash tovarlar guruhlari ichidan haridor tomonidan tanlanish qobiliyatiga ega bo‘lishi. Aynan bozorda o‘zaro raqobat qiluvchi tovarlar uni iste’mol qilishga mosligini haridor tomonidan taqqoslashdan va tekshirishdan o‘tadi. Mahsulotni raqobatbardoshligi muayyan bozorda talabga ega bo‘lgan o‘xshash mahsulotlar bilan taqqoslanish bilan aniqlanadi. Bu mahsulotlar analoglaridan haridorni ma’lum ehtiyojlarini qondirish darajasi va ularning mahsulotga bo‘lgan individual talablarini, ya’ni tovarni sotilish narxi va iste’mol qiymati (tovarni tijorat qo‘llanilishi yoki ishlatilishiga sarflanadigan harajatlar: texnik xizmati va ta’mirlash) ko‘rsatkichlari bilan farqlanadi. Bu harajatlar qo‘shilgan holda iste’mol narxini tashkil etadi. Tovarning raqobatbardoshligini aniqlashda aynan iste’mol narxini bozorda taklif qilinadigan o‘xshash mahsulot guruhlaridan muayyan mahsulotni haridor tomonidan tanlashni aniqlab beradi. Bu holatda iste’molchi mahsulotni iste’mol xususiyatlari va uni sotib olish va ishlatish o‘rtasidagi farqni tahlil qiladi, ya’ni iste’molchi har bir harakat birligiga maksimum iste’mol samarasini olishga intiladi. Haridor o‘z tanlovini uni ehtiyojiga texnik-iqtisodiy parametrlari bo‘yicha ko‘proq mos keladigan tovarda to‘xtatadi. Bunday holatni hisobga olgan holda firmani tijorat, faoliyati aynan haridor ko‘proq afzal ko‘radigan mahsulotni texnik-iqtisodiy parametrlarini batafsil o‘rganishga yo‘nalgan: ya’ni o‘z firmasi va firma – raqobatchi tomonidan ishlab chiqariladigan, haridorlar talabiga javob beradigan o‘xshash mahsulotga nisbatan sifati, narxi va ishlatish shartlari bilan farqlanadigan mahsulot ishlov berish va ishlov berilishiga va yaratilishiga. Jahon bozorida tovarni raqobatbardoshligi tovarni sotilishi bo‘yicha firma – ishlab chiqaruvchi faoliyatini tashkil etishni, hamda tovarni iste’mol va qiymat tavsifini (harakteristikasini) umumiy ta’siri natijasini ifodalaydi. Mahsulotni raqobatbardoshlik darajasini aniqlashda texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlaridan tashqari normativ va patent – huquq ko‘rsatkichlari muhim rol o‘ynaydi. Normativ ko‘rsatkichlarga quyidagilar kiradi: - tayyor mahsulot qismlari va mahalliy ishlab chiqarish detallari ichida belgilangan qonunchilik nisbatidagi hissasi; - mahsulotni unifikatsiyalash darajasi va unda standart detallarini ishlatilishi; - ko‘pgina mamlakatlar qonun chiqaruvchi aktlarida, hamda xalqaro norma va qoidalarida ko‘zda tutilgan xavfsizlik choralari. Mamlakatdagi mavjud bo‘lgan norma va standartlaridagi normativ ko‘rsatkichlariga mos kelmagan mahsulot uni barcha boshqa ko‘rsatkichlari bo‘yicha taqqoslash natijalaridan qat’iy nazar raqobatbardosh bo‘lib hisoblanmaydi. Patent – huquq ko‘rsatkichlari mahsulotni patent jihatidan sofligini aniqlaydi va shu bozorda mahsulotni sotilishi uchun to‘siqlar bor-yo‘qligini haqiqatda ko‘rsatib beradi. Mahsulotni patent sofligini yo‘qligi tegishli bozorda uni raqobatbardosh qilolmaydi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling