1-mavzu: treyd-marketingning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari
Lizing oluvchi uchun lizing operatsiyalarining strategik ustunliklari
Download 0.93 Mb.
|
трейд-маркетинг мажмуа 22
Lizing oluvchi uchun lizing operatsiyalarining strategik ustunliklari
Lizing munosabatlarining barcha qatnashuvchilari uchun lizinging yuqorida ko‘rsatilgan ustunliklari muvafatsiyatli amalga oshirishni, avvalo ular faoliyat ko‘rsatayotgan iqtisodiy muhit bilan belgilanadi. Mamlakat qonunchiligi, shu jumladan, soliqqa oid qonun hujjatlari lizingning potensial ustunliklarini ko‘p jihatdan belgilab beradi. Xalqaro lizingda qatnashuvchilar uchun ustunliklar lizing shartnomasida qatnashuvchi mamlakatlarning qonunchiligi bilan belgilanadi. Lizingning afzalligini belgilashda xilma-xil omillar shart qilib qo‘yiladi. Lizing beruvchi bilan lizing oluvchi bitti soliq tokchasida ekanligi aniqlansa, ikkalasi ham bir xil pul mablag‘lari oqimini oladi, ammo bundan muqobil belgilar mavjud bo‘ladi, ya’ni lizing beruvchi faqat lizing oluvchi hisobiga ko‘proq manfaat ko‘rishi mumkin va aksincha. Basharti lizing oluvchining soliq stavkasi lizing beruvchining soliq stavkasidan kamroq bo‘lsa, bu holda ikkovlari ham to‘lanmagan soliq hisobidan manfaat ko‘radi. Soliq qonunchiligining, bank krediti uchun foiz stavkalarining tayinli emasligi lizingning haqiqiy ustunliklarini aniqlash imkoniyatini qiyinlashtiradi. G‘arb mamlakatlarda lizing xizmatlari bozori lizing shartnomalarining shakl va modellari xilma-xilligi bilan va lizing operatsiyalarini tartibga soluvchi turli yuridik me’yorlari bilan ajralib turadi. Zamonaviy bozor iqtisodiyotida lizing xizmatlarining ilmiy asoslangan tasniflanishi shu shakllardan har birining vazifasi va muhim tafovutlarini hamda ularning o‘rnini to‘g‘ri tushunishga yordam beradi. O‘zbekiston respublikasining 1999 yilda qabul etilgan “Lizing to‘g‘risida”gi qonunda lizingning ikki turi: moliyaviy va operativ turlari belgilanadi. “Lizing to‘g‘risida”gi qonunda moliyaviy va operativ lizingdan tashqari qo‘shimcha lizing alohida ko‘rsatilgan, shunga muvofiq lizing oluvchi lizing beruvchining yozma roziligi bilan lizing ob’ektini vaqtinchalik egalik qilish va foydalanish uchun uchinchi shaxsga topshirishga haqli. 2002 yil 13 dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston respublikasini ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston respublikasining qonuniga binoan “Lizing to‘g‘risida”gi qonunda lizingni moliyaviy turi qoldirildi. Jahon amaliyotini va mavjud tasniflarni e’tiborga olib, lizingning mavjud turlarini qo‘yidagi mezonlarga binoan tasniflash maqsadga muvofiqdir: Lizing jihozi to‘liq qoplanadigan lizing, qoidaga ko‘ra, moliyaviy ataladi. Moliyaviy lizing, ya’ni mulk qiymati to‘liq to‘lanadigan lizing mulki, shu bilan tavsiflanadiki, lizing oluvchiga foydalanish uchun mulk beriladigan muddat davomiyligiga ko‘ra lizing beruvchi mulki qiymatining butun yoki ko‘p qismi ekspluatatsiyasi va ammortizatsiyasi muddatiga yaqinlashadi. Moliyaviy lizing shartnomasi muddati mobaynida lizing beruvchi lizing to‘lovlari orqali mulkning butun qiymatini o‘ziga qaytaradi va bitimdan tegishli foyda oladi. Moliyaviy lizing lizingning jahon miqyosida eng ko‘p tarqalgan turidir va uning ko‘plab xillari bor. Bular o‘z mustaqil funksiya va nomiga ega. To‘liq qoplanmaydigan lizing, odatda, tezkor hisoblanadi, chunki, lizing beruvchining lizing mulkini olishi va saqlashi bilan bog‘liq sarflari, qoidaga ko‘ra lizing muddat mobaynida to‘la qoplanmaydi. Tezkor lizingning moliyaviy lizingdan shu bilan farqlanadiki, bunda sotib olish xuquqi bo‘lmaydi va lizing to‘lovlari lizing beruvchining barcha sarflarini qoplamaydi. Lizing operatsiyasi o‘tkaziladigan biror sho‘’basiga bog‘liq holda lizing bitimlarining qo‘yidagi turlari farqlanadi: Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling