Ichki lizing, bunda bitimdan barcha qatnashuvchilar bitta mamlakat vakili bo‘ladi;
Xalqaro tashqi lizing, bunda lizing beruvchi va lizing oluvchi turli mamlakatlarda bo‘ladi, ya’ni mulkni sotuvchi boshqa mamlakatda turib, boshqa davlat rezidenti, bo‘lishi mumkin.
Lizingga berilayotgan uskunaga xizmat ko‘rsatish hajmiga ko‘ra mutaxassislar lizingni “sof” va “to‘liq (mokriy)” lizingga ajratiladilar.
Sof lizing – bu lizingning shunday turiki, unda ijaraga olinayotgan uskunaga texnikaviy va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish mas’uliyati lizing oluvchi zimmasida bo‘ladi. Bunday holda uskunaga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha chio‘imlar lizing to‘lovlariga qo‘shiladi. Bunday munosabat moliyaviy lizing uchun xos.
To‘liq lizingdauskunaga ko‘rsatish shart bo‘lgan texnikaviy xizmat ko‘rsatish, uni ta’mirlash, sug‘urtalash va lizing beruvchining boshqa operatsiyalari e’tiborga olinadi.
Lizing munosabatlar tavsifiga bog‘liq holda lizing bitimlari qo‘yidagilarga bo‘linadi:
Qaytarma lizingdan korxona (lizing oluvchi) uskunaga ega bo‘lgani holda, unga asosiy ishlab chiqarish faoliyati uchun mablag‘ yetmay qolganda foydalaniladi. Barqaror moliyaviy vaxziyatga ega korxonalar uchun foydalanishning bunday shakli odatda maqbul emas.
Aralash lizing – o‘z tarkibida moliyaviy va operativ lizing unsurlariga ega bo‘lgan lizing shartnomasi turi. Aralash lizingdan foydalanish sharoitlarida lizing beruvchi muayyan sotuvchidan lizing oluvchiga lizing predmeti sifatida beradi.
Lizing mulkini moliyalashda qatnashuvchilariga bog‘liq holda lizing qo‘yidagilarga ajraladi:
Bo‘linma lizing yoki qo‘shimcha mablag‘ jalb etiladigan lizing, yoki lizing beruvchi qisman moliyalaydigan lizing. Bu lizingning eng murakkb turi, chunki ko‘p yo‘nalishli moliyalash bilan bog‘liq, odatda, undan murakkab va ko‘p kapital talab etiladigan loyihalarni amalga oshirish uchun foydalaniladi.
Ommaviy lizing – boshqa xil va tur lizinglardan shu bilan farqlanadiki, lizing beruvchi sifatida bir guruh (aksiyadorlar) qatnashadi, bular mahsus korporatsiya (trast kompaniya va b.q.)ta’sis etadi va ishonchli vakil tayinlaydi, u keyinchalik lizing munosabatlarini amalga oshirish bo‘yicha barcha zaruriy operatsiyalarni bajaradi.
Lizing mulkining yangilanish muddatiga bog‘liq holda lizingning shartnomalari qo‘yidagicha tasniflanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |