Nazorat uchun savollar va vazifalar:
Chakana savdoni amalga oshirishda xo‘jalik aloqalarining ahamiyatini yoritib bering.
Shartnomalar xo‘jalik aloqalarining huquqiy asosi ekanligini tushuntirib bering.
Uzoqqa mo‘ljallangan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xo‘jalik aloqalarini afzallik tomonlarini ko‘rsatib bering.
Chakana savdoda shartnomalarning qanday turlaridan foydalaniladi?
Oldi-sotdi shartnomasining mazmuni va o‘ziga xos xususiyatlarini tavsiflab bering.
Oldi-sotdi shartnomasining tarkibiy qismlari va ularning mazmunini bayon qilib bering.
Litsenziya, davlat buyurtmasi va kvota tushunchalari haqida ma’lumot bering.
Erkin savdo hududlari va ulardagi xo‘jalik aloqalarning o‘ziga xos xususiyatlari.
Chakana savdoda fors-major holatlarda shartnoma shartlarini bajarish tartibini tushuntirib bering.
Ayirboshlash shartnomasining oldi-sotdi shartnomasidan asosiy farqlarini izohlab bering.
Shartnoma shartlarini kelishish uchun muzokara olib borish jarayoni qanday bosqichlarni o‘z ichiga oladi?
Shartnoma shartlarini bajarilishini nazorat qilish qanday tartibda amalga oshiriladi?
11-MAVZU: CHAKANA SAVDO SAMARADORLIGI VA UNI OSHIRISH YO‘LLARI
Reja:
11.1. Chakana savdo faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichlari
11.2. Chakana savdoda foyda, daromad, harajat miqdori va darajasini aniqlash
11.3. Tovar aylanishi, asosiy fondlardan foydalanish
11.1. Chakana savdo faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichlari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida savdo korxonalarining faoliyati uchun me’yoriy-huquqiy zamini bo‘lib O‘zbekistan Respublikasi Qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va shu kabi me’yoriy hujjatlar hisoblanadi. Raqobat kurashiga asoslangan bozor tizimi sharoitida har bir korxona ma’lum iqtisodiy rivojlanish sur’atlari va samaradorligiga ega bo‘lishi kerak. Ayniqsa savdo-sotiq sohasida faoliyat katta harajatlar talab qilmaydi, ammo tez va sezilarli samara keltirshi mumkin.
Iqtisodiyotning ko‘plab boshqa tarmoqlari samaradorligidan farqli holda, savdo ijtimoiy va iqtisodiy samaradordikka erishishi kerak. Zero, savdo samaradorligi jami iqtisodiyot samaradorligiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Masalan, ishlab chiqarish sohalari yanada rivojlanib, qadoqlangan mahsulotlar savdoga ko‘plab kelib tushsa, savdoning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligi yanada oshadi, mollar tezroq sotiladi va bu ishlab chiqarish sohalari samaradorligiga ijobiy ta’sir etadi.
Samaradorlik xo‘jalik faoliyati natijasida erishilgan samara (natija)ni sarf etilgan harajatlar va resurslarga nisbati yordamida topiladi. Buni quyidagicha hisoblash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |