12.2-rasm.Tovar-moddiy resurslar harakatini tashkil qilishning takomillashtirilgan uslubi
Shunday qilib tovar taqsimotini samarali tashkil etish va optimal modelini ishlab chiqish bir vaqtning o‘zida tovar harakatini takomillashtirish konsepsiyasini boyitishga, shu bilan birga korxonaning logistik tizimini samarali loyihalash imkonini beradi. Tovar harakati tizimini takomillashtirish moddiy oqimlarni siljitishning muhim jihatlaridan biri sifatida kelgusida nafaqat korxonaning, balki korxonaning biznes muhitiga kiruvchi hududlarning ham logistik salohiyatini tadqiq qilishni taqozo etadi.
12.2. Moddiy, axborot va moliyaviy oqimlarni boshqarish
Logistik tizimlardagi axborot oqimlari asosan iqtisodiy axborotlardan tashkil topadi va ular iqtisodiy ob’ektlar, hodisalar, jarayonlar to‘g‘risida turli ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Bu ma’lumotlar
boshqarishning rejalashtirish, hisobga olish, tahlil qilish,
muvofiqlashtirish, nazorat kabi funksiyalarini amalga oshirish maqsadida qayd qilinishi, saqlanishi, ularga ishlov berilishi va uzatilishi kerak. Logistikaga oid ma’lumotlar moddiy ne’matlar va xizmatlarni ijtimoiy ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash, va ist’emol qilish jarayonlarida to‘planadi.
Logistik axborot oqimi deganda logistik operatsiyalarni boshqarish va nazorat qilishda foydalaniladigan logistik tizim ichida va logistik tizim bilan tashqi muhit o‘rtasida harakatlanadigan ma’lumotlar to‘plami tushiniladi.
Logistika rivojlanishining zamonaviy holatini axborot-komp’yuter texnologiyalarisiz tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. Logistikaning zamonaviy konsepsiyalarini tezkor komp’yuterlar, lokal tarmoqlar, telekommunikatsiya tizimlari va axborot-dasturiy ta’minotisiz amalda joriy qilib bo‘lmas edi. Logistik jarayonlarni boshqarishda axborotlar bilan ta’minlashning ahamiyati shunchalik balandki, ko‘pchilik mutaxassislar axborotlar logistikasiga boshqarishning alohida bir quyi tizimi sifatida
qaraydilar.
Logistika axborot tizimlari uch guruhga bo‘linadi:
rejali;
dispozitsion;
tezkor (vazifa o‘taydigan).
Har xil guruhlarga kiradigan logistika axborot tizimlari o‘z vazifaviy va ta’minlaydigan tizimlari bilan ajralib turadi. Vazifaviy tizimlari yechiladigan masalalar tarkiblari bilan ajraladi. Ta’minlovchi axborot tizimlari o‘zining texnikaviy, axborot va matematik ta’minlash elementlari bilan ajralib turishi mumkin. Biz alohida bir axborot tizimlariga to‘xtab o‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |