1-mavzu: treyd-marketingning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari
Download 0.93 Mb.
|
трейд-маркетинг мажмуа 22
- Bu sahifa navigatsiya:
- KT = TO + TK + MZo + M36
TO = M36 + KT – TK – MZo
Tovar oborot balansidagi barcha ko‘rsatkichlvr o‘rtasida uzviy aloqa mavjud. Demak, birining o‘zgarishi beixtiyor boshqasining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. O‘rganilayotgan davrdagi tovar oboroti summasi yil boshida qolgan mollar zahirasi holatiga, ularning aholi talabiga qanchalik mos kelishiga, kelib tushadigan mollar hajmiga, tarkibiga, mollarning tabiiy kamayishi, ayrim mollarning sotishga yaroqsiz holga kelishiga, davr oxirida normativ asosda mol zahirasini vujudga keltirishga bog‘liq. Tovar oborotini mol bilan ta’minlash rejasini do‘konlar yoki savdo firmasi bo‘yicha umumiy holda tuzishda chakana tovar oborot balansidan foydalaniladi. Ayniqsa mol turkumlari bo‘yicha bu balansni alohida tuzish muhimdir. Bunda kelishi kerak bo‘lgan mol hajmi quypdagicha aniqlanadi: KT = TO + TK + MZo + M36 Shuni ham hisobga olish kerakki, agar joriy yil mobaynida mollar narhida o‘zgarishlar (narhning oshishi yoki pasayishi) sodir bo‘lsa, unda tovar oborot hajmini boshqa yillar ko‘rsatkichi bilan taqqoslashda narh indekslaridan foydalanish lozim. Solishtirma narhga keltirilmagan holda tovar oboroti hajmini tahlil qilish noto‘g‘ri xulosalarga olib kelishi mumkin. Shuningdek, chakana tovar oboroti tarkibi ham tashkil qilinadi. Ayrim mollar va mol guruhlari bo‘yicha tahlil qilish jami tovar oborot ichidagi o‘zgarishlarni, uni o‘stirish imkoniyatlarini topishga ko‘maklashadi. Tovar oborot tarkibining tahlili ma’lum muddat davomida aholi talabining qanchalik qondirilayotganini, uning o‘tgan yildagidan farqini ko‘rsatadi hamda unga ta’sir etuvchi omillar aniqlanadi. Tahlil yordamida yillik ko‘rsatkichlar o‘rganiladi, har bir mol guruhining oborotdagi hissasi va undagi o‘zgarishlar, aholi talabidagi o‘zgarishlar aniqlanadi. Mol turlari, xillari savdosi, undagi yutuq va kamchiliklarni aniqlashning muhimligi shundan iboratki, savdo korxonasi do‘konlar, bo‘limlar faoliyatiga tovar oborot rejasining bajarilishiga qarab emas, balki aholiga taklif qilayotgan mollar xillari va xizmat sifatiga qarab baho berish maqsadga muvofiq, chunki haridorni do‘kon tovar oboroti rejasining bajarilishi emas, o‘z talabining qondirilishi qiziqtiradi. Mol xillari bo‘yicha sotish rejasining bajarilishiga molning o‘z vaqtida kelishi, uning sifatining talabga javob berishi va boshqalar ta’sir etadi. Chakana savdo korxonasining tovar oboroti umumiy holda tahlil etilganidan so‘ng do‘konlar, bo‘limlar bo‘yichaa tahlil amalga oshiriladi. Bular bo‘yicha ham yillik, chorak, oylik tovar oborot rejalarining bajarilishi, undagi bir tekkislik, ta’sir etuvchi omillar o‘rganiladi. Shuningdek, tovar oboroti rejasi bajarilishiga aholi harid fondi, mollarning bozorga kelishi, savdo tarmog‘ining mol bilan ta’minlanishi, savdoni tashkil etish, do‘konlar tovar oborot rejasining iqtisodiy asoslanganligi ta’sir etadi. Joriy yil mobaynida chakana tovar oborot rejasining bajarilishi tahlil qilinib, oborotni o‘stirishning ichki imkoniyatlari aniqlanganidan so‘nng kelgusi yilning reja ko‘rsatkichi tuziladi. Chakana tovar oborotini rejalashtirishda savdo korxonasi xizmat qiladigan xududda savdoning rivojlanish istiqboli, asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning rivoji (aholi soni, harid fondi, mollarga bo‘lgan talabi va hokazolar), rejaning avvalgi yillarda bajarilish tahlili natijalari, bozor resurslarining kengayish miqdori va boshqalar hisobga olinadi. Chakana tovar oborotining bir tekis rivojini taminlashda mol zahiralari normativining to‘g‘ri hisoblangani ham muhim ahamiyatga egadir. Zahiralar aholi talabiga mos keladigan mollardan hamda iqtisodiy asoslangan normativdan tashkil topgan bo‘lsa, korxona ortiqcha harajatlarga yo‘l qo‘ymay, haridorlarga savdo xizmati ko‘rsatib, chakana tovar oboroti dasturini xayotga tadbiq etishga erishadi. Tovar oborot rejasini hisoblay boshlaganda mol resurslari manbalarini, mol yetkazib beruvchilar, ularning mol yetkazib berish hajmi, assortimenti, muddatlarini bilish lozim. Chakana tovar oborot rejasi dasturini mol bilan ta’minotisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Mol yetkazib beruvchilarnilg mol assortimenti, ishlab chiqarish quvvati yoki mol yetkazib berish imkoniyatlari o‘rganiladi. Aholi talabiga mos keladigan, narhi bozorni qoniqtiradigan mollar bo‘yicha kontraktlar tuziladi va unda mol yetkazib berishning barcha shart-sharoitlari kelishib olinadi. Mahalliy resurslardan imkoni boricha ko‘proq mol keltirish muhimdir. Chakana savdo korxonasi mahalliy ishlab chiqarish korxonalarining imkoniyatlarini to‘laroq bilishi, ularni keng iste’mol mollarining yangi turlarini yaratishga jalb etishi kerak. Ishlab chiqarish rivojlanib, ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat kuchaysa, savdo korxonasiga iste’mol mollarini taklif etuvchilar ko‘payadi va savdoning bu boradagi hozirgi davrdagi vazifasiga o‘rin qolmaydi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling