1-mavzu: treyd-marketingning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari


-jadval Tovarlarning hayotiylik davri mobaynida hal qilinadigan boshqaruv qarorlarining tasniflanishi


Download 0.93 Mb.
bet61/73
Sana14.01.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1093468
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   73
Bog'liq
трейд-маркетинг мажмуа 22

12.1-jadval
Tovarlarning hayotiylik davri mobaynida hal qilinadigan boshqaruv qarorlarining tasniflanishi

Bosqichlar

Marketin qarorlari

Logistik qarorlar

Bozorga kirib borish

Bozorning kengayishi
Sotish siyosatini takomillashtirish;
Reklama tabirlarini kengaytirish;
Tor assortiment doirasida yuqori narx strategiyasidan foydalanish

Notekis taqsimot, tanlanma kanallardan foydaanish;
Cheklangan savdo nuqtalarini tashkil qilish.

O‘sish

Yangi segmentlarni egallash asosida bozor ulushini kengaytirish;
Sotishni rag‘batlantirish;
Turli narx chegirmalarini qo‘lash;
Bazaviy tovar asosida tovar modifikatsiyasi va eliminatsiyasi strategiyasidan foydalanish; bozor kon’yunkturasining marketing tadqiqotlarini o‘tkazish.

Intensiv taqsimot;
Sotishning yangi kanallarini tashkil qilish;
Savdo servisi markazlarini tashkil qilish;
Logistik modelashtirish asosida muomala harajatlarini tejashga erishish;
Taqsimot jarayonining axborot ta’minotini takomillashtirish;

To‘yinish

Bozor ulushini kamaytirish;
Egiluvchan narx strategiyasini qo‘llash;
Samarali marketing kompleksini ishlab chiqish va qo‘llash;
Sotishni rag‘batlantirish tadbirlarini kengaytirish;

Intensiv taqsimot;
Taqsimot kanallari sig‘imini oshirish;
Tovar zahiralarining keytering va fulfilment xizmatini yo‘lga qo‘yish;
Savdo dilerlari va agentlari bilan uzviy aloqani yo‘lga qo‘yish;
Servis markazlarini kengaytirish;
Logistik modellashtirish asosida muomala harajatlarini tejashga erishish.

Pasayish

Bozor ulushidan maksimal foydalanish;
Qisqa muddatli sotuvlarda sotish hajmini oshirishga erishish;
antiinqiroziy Marketing strategiyaini qo‘llash asosida sotuvlar hajmini barqarorlashtirish;
Tovar modifikatsiyasini kengaytirish;
Sotish rentabelligini oshirish.

Tanlanma taqsimot;
Taqsimot kanallarini ko‘paytirish;
Tovar zahiralarini samarali taqsimlash

Tovarlarning hayotiylik davri mobaynida marketing va logistik qarorlar qabul qilishning 1.3.1-jadvalda keltirilgan tasnifi kelgusida tovar harakatini samarali tashkil qilish imkonini beradi.
Yuqoridagilarga asoslangan holda tovar harakatini tashkil qilishda taqsimot tizimini rejalashtirish, tovar harakati bilan bog‘liq barcha jarayonlarni to‘laligicha qamrab olish imkonini beruvchi hamda kon’yunktura o‘zgarishlariga moslashuvchan taqsimot modelini ishlab chiqish maqsadga muvofiq. Bunda ishlab chiqilayotgan model tovar harakatining barcha bosqichlarini qamrab olishiga, taqsimot jarayoni bilan bog‘liq har bir operatsiyalarning aniq ifodalanishiga hamda tovar harakatini samarali rejalashtirish imkonini berishi lozim.
Tovar harakati konsepsiyasini ishlab chiqish quyidagi uchta bosqichdan iborat bo‘ladi:
Birinchi bosqich:
– korxonaning sotish strategiyasidan kelib chiqqan holda tovar harakati strategiyasini belgilab olish;
– tovar harakati strategiyasini ishlab chiqish;
– korxonada logistika strategiyasini shakllantirish. Bunda korxonaning tovar harakati strategiyasini, resurslarning cheklanganlik, xo‘jalik yuritishning o‘ziga xos jihatlari, marketing tadqiqotlari yo‘nalishi (iste’molchilar ehtiyojlarini o‘rganish, raqobatchilarni tahlil qilish, bozorning bo‘sh turgan nishalarini o‘zlashtirish va shu kabilar)ni hisobga olgan holda ishlab chiqishladi;
– tovar-moddiy resurlar harakatini samarali tashkil etish;
Ikkinchi bosqich operativ rejalashtirish bosqichi bo‘lib:
– haridni rejalashtirish. bunda ta’minotchilarni tanlash, hamkorlik shartlarini kelishish, shartnomaviy munosabatlarning huquqiy asoslarini takomilashtirish ko‘zda tutiladi;
– ombor xo‘jaligi faoliyatini rejalashtirish va yaxshilash (saqlash, qayta ishlash, sovutish, ombor xodimlari mehnatini tashkil etish va haq to‘lash);
– tovarlarni iste’molchilarga yetkazib berish va ularning talab istaklaridan kelib chiqqan holda qo‘shimcha logistik xizmatlarni taklif qilish va ko‘rsatish.
Uchinchi bosqich: nazorat
– xo‘jaliklararo munosabatlar va ta’minotchilar bilan aloqalarni saarali tashkil qilish, tovar harakati bilan bog‘liq sarflarni kamaytirish;
– ombor xo‘jaligi faoliyatiini tashkil qilish va zahiralarni optimal boshqarish;
– iste’molchilar ehtiyojlarini yuqori darajada qondirish maqsadida mumkin bo‘lgan eng kam sarflar asosida tovar harakatini tashkil qilish.
Tovar-moddiy resurslar harakatini samarali tashkil qilish taqsimot kanallarining eng maqbul soni va sig‘imini belgilash va unga tuzatishlar kiritish imkonini beradi (12.2-rasm).


Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling