1-mavzu: treyd-marketingning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari


Download 0.93 Mb.
bet47/73
Sana14.01.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1093468
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   73
Bog'liq
трейд-маркетинг мажмуа 22

Yangilanadigan lizing, bunda ijarachi talabi bo‘yicha uskuna vaqti-vaqti bilan yangi, xuddi shu turdagi ancha takomillashgan namuna bilan almashtirib turilish ko‘zda tutiladi.
Revolver lizing yoki uskuna tadrijiy almashtiriladigan lizing, bunda lizing oluvchidan uning texnologik xususiyatiga ko‘ra muntazam ravishda turli uskunalar talab etiladi, ya’ni lizing shartnomasiga muvofiq lizing oluvchi muayyan muddat o‘tguncha ijaradagi mulkni lizing boshqa ob’ektiga almashtirish xuquqiga ega bo‘ladi.
Uchinchi shaxs foydalanish xuquqiga ega bo‘lishiga ko‘ra lizingnig quyidagi turlari farqlanadi:
Sublizing, bu tadbtrkorlik faoliyatida lizing oluvchi keyinchalik lizing ob’ektini uchinchi shaxsga berishini anglatuvchi majburiyatning bir turi.
Asosiy lizing lizing ob’ektidan uchinchi shaxs foydalanishi ko‘zda tutilmaydi.
Lizing biznesi shakllanishining ilk bosqichlarida O‘zbekistonda o‘tkazilgan lizing operatsiyalari o‘tkazilishi amaliyotiga tayanib, tijorat banklariga va lizing kompaniyalariga, moliyaviy qaytariladigan va ayrim-ayrim lizinglarni rivojlantirish tavsiya etish mumkin.
Amalda lizingning samarasi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan chaqqon foydalanishning ob’ektiv afzalliklaridan, xo‘jalik faoliyati miqyoslari oshib borishidan, sarf-harajatlar kamayishidan va butun ishlab chiqarish jarayoni jadallashuvidan hosil bo‘ladi.
Agar lizing faoliyati tadbirkorlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish imkoniyatini yaxshilasa, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoitni ta’minlasa; bozorni zarur tovarlar bilan tshldirsa va tovar ishlab chiqarish miqyosini ko‘paytirish orqali byudjet tushumlarini oshirsa bu faoliyat samarali hisoblanadi.
Agar tadbirkor qayta tiklangan korxona uchun uskunalar olib kelish kerak bo‘lsa yoki mavjud ishlab chiqarishni modernizatsiya qilmoqchi bo‘lsa nima qiladi? Agar uning shaxsiy resurslari yetarli bo‘lsa masala oson yechiladi-yu, kerakli uskunalarni sotib oladi. Tadbirkorda hamma vaqt ham erkin mablag‘ bo‘lavermasligi aniq, bu paytda u uchun boshqa yo‘l bor – bankka kredit uchun murojaat qilish. Lekin bunday ish tutish kichik va o‘rta biznes vakillarining ko‘pchiligiga yoqmaydi, vaholanki, hamma ham uzoq vaqt kredit tarixi bilan maqtana olmaydi yoki 120 foizdan kam bo‘lmagan kredit summasini to‘lolmaydi. Bunday paytda tadbirkor uchun uchinchi yo‘l bor, ya’ni uskunalarni lizingga olib kelish. Lizing kelishuvi salohiyatiga baho berishda lizing kompaniyalari lizing oluvchini lizingga olingan mulkni ishlatishda naqd mablag‘larni muayyan oqimini ta’minlab berish qobiliyatiga tayanadi, bunda bankdan kredit olishdagidek birinchi navbatda kredit tarixiga ham, garovga qo‘yish uchun moddiy boyliklar ham bo‘lmagan yangidan tashkil etilgan KO‘B sub’ektlari uchun juda qulay.
Lizing mohiyatini qo‘yidagi ibora bilan ifodalash mumkin: “Boylik mulkka ega bo‘lishdan emas, balki undan foydalanish huquqiga ega bo‘lishdan iborat”. Bu jumla lizingning asosiy g‘oyasini juda tushunarli aniqlab beradi. Korxona yoki tadbirkor ishlash va foyda olish uchun shaxsiy mulkka ega bo‘lishning o‘zi kifoya. Lizing mexanizmi bunday korxonalarga majburiy lizing to‘lovlari hisobiga zarur uskunalardan ma’lum muddatga foydalanish huquqiga ega bo‘lishga imkon yaratadi. Yana uskunalardan foydalanishning kelishilgan muddati tugagach, ular korxona mulki bo‘lib qolishi ham ko‘riladi.
Lizing shartnomasining muhim elimenti shundaki, yuridik, shaxsiy mulk (lizing beruvchi tomonidan saqlangan) aktivning (lizing oluvchi ega bo‘lgan) iqtisodiy foydalanishdan ajralib turadi. Bu lizing beruvchiga lizing oluvchining kredit tarixi, aktivi va shaxsiy kapitali emas, balki uni lizing to‘lovini amlaga oshirishnda yetarli naqd mablag‘ oqimini taqsim qilish imkoniyatlarini aksent qilishga imkon yaratadi. Bunday shartnoma uzoq moliyaviy tarixga ega bo‘lmagan qayta tiklangan kichik va o‘rta korxona uchun ayniqsa qulay.
Bugungi kunda lizing ko‘pgina mamlakatlarda korxonalarning o‘rta muddat va uzoq muddatga moliyaviy manbai hisoblanadi, u xoh kichik korxonalar, xoh yirik ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan korxonalar bo‘lsin. Lizing hamma ishbilarmonlar uchun qulay. Lizing oluvchiga korxonaning uncha katta bo‘lmagan moliyaviy resurslarini ishlab chiqarish kapital quyilmaga aylantirishga, lizing beruvchiga esa, lizing operatsiyalarini amalga oshirishdagi moliyaviy risk uchun to‘lov olishga imkon yaratadi. Sotuvchi esa o‘z mahsuloti bilan bozorni kengaytiradi.
Umuman lizing tarmoqlarini rivojlanishini iqtisodiy rivojlanishga bir qancha yo‘nalishda ijobiy ta’sir ko‘rsatadi:

    • lizing kichik va o‘rta biznesni yanada rivojlanishiga imkon yaratadi, chunki qandaydir sabablarga ko‘ra boshqa moliyalash manbaiga to‘g‘ri kelmaydigan kichik va o‘rta korxonalarga ishlab chiqarishni tiklash va modernizatsiya qilish imkonini yaratadi;

    • lizing kapital qo‘yilmalari hajmini kengaytiradi, ya’ni qisqa muddatda moliyalashni qo‘shimcha shaklidir;

    • lizing moliyaviy xizmat bozorida qo‘shimcha raqobatni yaratadi. Lizing paydo bo‘lishi bilan moliyalashtirish qiymati pasayadi va moliyaviy xizmat bozori kengayadi;

    • lizing asbob-uskunalarga ega bo‘lishni ta’minlaydi. Lizing paydo bo‘lishi bilan hududiy asbob-uskunalar ishlab chiqaradigan kompaniyalar uchun mahsulotni tadbiq qilishning yangi imkoniyatlari ochiladi.

Ko‘pincha lizing iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar uchun almashtirib bo‘lmaydigan moliyaviy qurolligi to‘g‘risidagi fikr ham hukm suradi. Statistika shuni ko‘rsatadiki, rivojlangan mamlakatlar lizingdan juda keng foydalanadilar. Masalan, AQShda har 3 kompyuterning biri lizing munosabatlari ob’ektidir. 10 foizdan 30 foizgacha tibbiy asbob-uskunalar o‘z egalari tomonidan emas, balki lizing oluvchilar tomonidan ishlatiladi.
Birinchi navbatda, lizingdan foydalanish kichik va o‘rta biznes uchun, yangi tashkil etilgan va asbob-uskunalari mavjud, lekin aylanma mablag‘lari bo‘lmagan firmalar uchun foydalidir.
Lizing bitimini uch tomon amalga oshiradi: asbob-uskunani sotuvchi, lizing oluvchi va lizing beruvchi. Shu bilan birga bularning barchasi undan manfaatdordirlar. Sotuvchi mahsulotini o‘zining to‘liq qiymatiga sotadi. Lizing oluvchi, mablag‘ga ega bo‘lmasdan, asbob-uskunani oladi va uni ishlatish orqasidan foyda ko‘radi. Lizing beruvchi moliyaviy risklarga duch keladi va shuning uchun xaq talab etadi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling