1-mavzu: treyd-marketingning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari


Download 0.93 Mb.
bet49/73
Sana14.01.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1093468
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   73
Bog'liq
трейд-маркетинг мажмуа 22

Aralash shartnoma. Shartnomaga har xil turdagi shartnomalar elementlari kiritiladi (masalan, shartnoma bir vaqtning o‘zida savdo-sotiq, marketing xizmatlarini ko‘rsatish, qurilish ishlari ko‘zda tutilishi mumkin). Tegishli tarzda, bunday shartnomani tuzishda shartnoma bo‘yicha har bir ish turlarini bajarish shartlarigina emas, balki har bir majburiyat bajarilishi uchun mukofotlash mexanizmi ham aniq belgilab olinishi zarur. amalda esa, turli kelishmovchiliklar va nizolardan qochish maqsadida bunday shartnomalarni tuzmay, balki har bir ish turlari bo‘yicha bir necha xildagi shartnomalarni tayyorlash tavsiya etiladi.
Oldindan tuziladigan shartnoma ( uni yana «niyatlar bayonnomasi” deb ham ataydilar – tadbirkorlar o‘rtasida tuziladigan, juda ommaviy bitim turi). Unda tomonlar keyinchalik asosiy shartnoma mazmuniga kiritiladigan shartlarda ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish yoki mulkni sotish bo‘yicha kelgusida asosiy shartnomani tuzish majburiyatini oladilar.
Uchinchi shaxs foydasiga shartnoma – tomonlar, tomonlardan biri (qarzdor) majburiyatlarini bajarishi mazkur shartnoma bo‘yicha kontragentga (kreditorga) emas, qarzdordan o‘z foydasiga majburiyatlarni bajarishni talab qilish huquqiga ega bo‘lgan uchinchi shaxsga berilishini belgilab qo‘yadigan shartnomalar.
Birlashtirish shartnomasi – shartlarni tomonlardan biri belgilab qo‘ygan hamda ikkinchi tomondan taklif etilgan shartnomaga to‘liq qo‘shilish yo‘li bilangina qabul qilinishi mumkin bo‘lgan shartnomadir. Ya’ni, bunday shartnoma uni qabul qilgan tomondan shartnoma mazmuniga yangi, uning nuqtai nazaridan oqilona bo‘lgan biror-bir shartlarni kiritishni istisno qiladi.
Ommaviy shartnoma – tijorat tashkiloti tomonidan tuzilgan va uning tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishga doir majburiyatlarini belgilovchi shartnoma. Bu tashkilot unga murojaat qilgan har bir shaxsga bu ishlarni bajarishi kerak (masalan, bu chakana savdo, aloqa xizmatlari, mehmonxona va tibbiy xizmatlar bo‘lishi mumkin). Bunday shartnomaning asosiy qismlari – barcha iste’molchilar uchun tovarlar, ishlar va xizmatlar, shuningdek shartnomaning boshqa shartlarining narxlari teng bo‘lishidir.



Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling