Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti fizika fakulteti


Download 102.21 Kb.
bet1/3
Sana22.01.2023
Hajmi102.21 Kb.
#1109864
  1   2   3
Bog'liq
Yeshchanov Inoyat Amaliy mexanika


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BERDAQ NOMIDAGI
QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA FAKULTETI
ELEKTR TEXNIKASI KAFEDRASI
MUSTAQIL ISH
MAVZU: MASHINA VA DETALLARNING HISOBLASH VA LOYIHALASH
BAJARDI: YESHCHANOV INOYAT
QABUL QILDI: H. DJANGABAEV
Mavzu:Mashina va detallarning hisoblash va loyihalash
REJA:
Kirish.
1.Mashina va detallarni hisoblash va loyihalshning o‘ziga xosliklari.
2.Mashina va mexanizmlar nazariyasi.
3.Mashina va mexanizmlar tushunchasini qadimgi olimlar asarlarida keltirilishi.
Xulosa
Kirish
Mashinalani loyihalashda ularning detallarini yengil, yetarli darajada mustahkam, yeyilishga chidamli, shakli oddiy, ishlatilishi qulay va
xavfsiz, davlat standartlarida qo‘yilgan talablarga javob beradigan bo'lishiga erishish zarur. Bunday detallami loyihalash asoslarini «Mashina
detallari» kursida o‘rganiladi. «Mashina detallari» kursi hisobiy konstruktorlik kurslarining birinchisi boiib, bu kursda mashina va mexanizmlami loyihalashning asoslari o‘rganiladi.
Mashina detallarini hisoblash va loyihalashning
o‘ziga xosliklari

Hisoblanayotgan obyektning matematik ifodasini tuzish va masalani imkon boricha oson yechish uchun muhandislik hisoblarida real konstruksiyalar ideallashtirilgan modellar yoki hisobiy sxemalar bilan almashtiriladi. Masalan, mustahkamhkka hisoblashda, aslida yaxlit va bir jinsli bo‘lmagan detal materiali yaxlit va bir jinsli deb qaraladi, detalning tayanchlari, yuklanish va shakli ham ideallashtiriladi. Bunda hisob taqribiy bo‘ladi.
Taqribiy hisoblarda hisobiy modelni to‘g‘ri tanlash, asosiy omilni to‘g‘ri tanlab, ikkinchi darajasini tushirib qoldirish
katta tajribani talab qiladi. Taqribiy hisoblaming xatoligini o'xshash
konstmksiyalami loyihalash va ulardan foydalanish tajribalariga asoslanib keskin kamaytirish mumkin. Oldingi tajribalar natijasidan foydalanib me'yor va tavsiyalami ishlab chiqish mumkin.
Bir qancha detallardan tuzilgan mexanizmlar majmuidan iborat
m aium ish bajarish uchun moijallangan vosita mashina deyiladi.
H ar bir mashina uch guruh: harakatlantiruvchi, ijro etuvchi va
uzatuvchi mexanizmlardan tuzilgan.
Har qanday mashina (mexanizm) detallardan tuziladi.
Mashinaning yigish operatsiyasiz tayyorlangan qismi detal deyiladi.
Detal bir xil materialdan tayyorlanadi.
Detallar sodda (gayka, shponka va sh.k.) yoki murakkab (tirsakli val,
reduktor korpusi, stanok staninasi va sh.k.) boiadi.
Detallar qisman yoki toialigicha uzellarga birlashadi.
Uzel - tugallangan yig‘ma birlik bo‘lib, ular umumiy funksional vazifali bir qator detallardan yig‘ilgan bo’ladi.
Masalan, dumalash podshipnigi, mufta, reduktor. Murakkab uzellar bir necha sodda uzellardan
tuzilgan bo‘lishi mumkin. Masalan, reduktor tarkibida bir necha podshipnik, tishli gildiraklar o'matilgan vallar boiishi mumkin.
Demak, mashina - uzellardan, uzellar esa detallardan tuzilgan bo‘ladi.

Download 102.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling