1-mavzu: treyd-marketingning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari


Download 0.93 Mb.
bet34/73
Sana14.01.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1093468
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   73
Bog'liq
трейд-маркетинг мажмуа 22

6.2. Narx va uning turlari.


Narx (baho) – tovar qiymatining pul bilan ifodalanishidir. U bozor iqtisodiyotining asosiy dastaklaridan biri. Tovarda gavdalangan ijtimoiy mehnatni pul bilan o‘lchashga yordam beradi. Narxni qiymat belgilaydi, ammo u o‘z qiymatidan yuqori yoki past bo‘lishi mumkin, bu esa bozordagi talab va taklifga bog‘liq.
Narx va tovarning qiymatigina emas, balki tovarning ijtimoiy foydaliligi, sifati, boshqa tovarlar o‘rnini bosa bilishi kabilarga hamda pulning harid qobiliyatligiga ham bog‘liq bo‘ladi. Narx uch xil vazifani bajaradi:

  1. Qiymat o‘lchovchi (harajatlar hisobi).

  2. Rag‘batlantirish omili (olinayotgan foyda shaklida).

  3. Daromadlarni qayta taqsimlash vositasi. Narxning tebranishi natijasida bir yerdagi ikkinchi yerga foyda bo‘ladi va aksincha.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida quyidagi narxlar amal qiladi:

  • erkin bozor narxlari;

  • davlat boshqarib turadigan narxlar;

  • ishlab chiqarish narxi (chakana narxini 40 %i);

  • ulgurji narx (chakana narxining 60 %i);

  • chakana narx – haridorga sotilgan narx;

  • bazis narx – tovarning sifatini aniqlashda qo‘llaniladi, uni sotuvchi va oluvchi o‘zaro kelishadi;

  • oldi-sotdi (faktura-narxi) – kontraktda aytilgan mahsulot yetkazib berish shartlari asosida belgilanadi. Qo‘shimcha bu narx yoniga «franko» deb yozib qo‘yiladi. Ya’ni sotuvchi o‘z hisobiga belgilangan joyigacha yetkazib berishni o‘z zimmasiga oladi. B’zan bu narxga yana:

  • SIF – ya’ni sotuvchining kemani o‘z hisobiga fraxtlashi, ya’ni hamma xavfni o‘z bo‘yniga olganligi;

  • FOB – ya’ni bortda erkin, sotuvchining tovar kema bortidan ichkariga o‘tkunga qadar bo‘lgan transport, sug‘urta va boj harajatlarini to‘laganligi;

  • FOR (relsda erkin) bu narx franko vagonni anglatgan mazmuni beradi, ya’ni sotuvchi o‘z hisobiga yukni temir yo‘l stansiyasigacha tashib boradi va yuklaydi.

  • monopoliya narxi – monopoliyalar tomonidan mahsulotni ishlab chiqarish bahosidan yuqori yoki quyi qilib belgilanishi;

  • nominal narx – preyskurant, ma’lumot kitobchalari, birja e’lonlari orqali aholiga ma’lum qilinadi;

  • qat’iy belgilangan narx – oldi-sotdi bo‘yicha shartnomada belgilab qo‘yiladi va o‘zgartirmaydi.

Narxlarni ko‘tarilishiga nimalar majbur qiladi:
- talabni taklifdan oshib ketishi;

  • ish haqi o‘sishining mehnat unumdorligi oshishi yoki tovar ishlab chiqarish sur’atidan ko‘ra tezroq o‘sishi;

  • mablag‘lardan, uskunalar, ishchi kuchi va yerdan foydalanish kam samara berish;

  • iste’molchining bozor va narxlarni kelgusida barqarorlashuviga ishonmasligi oqibatida yuzaga keladigan tovarlarga bo‘lgan cheksiz talab;

  • bozorda ayrim tovarlarga bo‘lgan narxlarini ataylab ko‘tarib aytilishi (chayqovlik va boshqalar).

Narxlarni tushishiga nimalar majbur etadi:

  • taklifning talabdan oshib ketishi;

  • mehnat unumdorligi oshayotgan va tovar ishlab chiqarish ko‘payotgan holda daromadlar darajasini barqarorligi;

  • haridorlarning qandaydir bir tovarni sotib olmay qo‘yishi;

  • sotuvning nimadir sotishni judayam istashi;

  • narxlar tushib ketishdan cho‘chish;

  • davlat tomonidan belgilangan qator tadbirlar (byudjetni muvofiqlashtirish, stavkalarning oshirilishi va boshqalar).

Bu qonunga muvofiq narxlarning umumiy darajasi ko‘p jihatdan talab va taklifning o‘zaro nisbatiga bog‘liq. Ma’lumki tovar yetishmovchiligi narx oshishiga, ko‘pligi esa tushishiga sabab bo‘ladi.
Shunga qaramasdan narx va talabning o‘z qonunlari mavjud:

  1. Foydalilikning kamayish qonuni. Bizda biron bir mahsulot qanchalik ko‘p bo‘lsa, har bir ortiqchasining qadri, foydalilik darajasi shunchalik past bo‘ladi.

  2. Iste’molchi hohishi qonuni. Bu narsa iste’molchi talabiga bog‘liq. Bir odatda aynan qimmat narsa, boshqasida arzon narsalar sotib olish istagi uning talabi asosida vujudga keladi.

  3. Iste’molchilar daromadining o‘zgarib turishi qonuni. Daromadlar yoki to‘lov qobiliyati talabga ta’sir ko‘rsatadi. Daromadlar ko‘payganda talab ham oshadi va aksincha.

Agar narx o‘zgarishi talabning ham o‘zgarisha olib kelsa, mahsulotga bo‘lgan talab «o‘zgaruvchan», talabga ta’sir «o‘zgaruvchan bo‘lmagan» hisoblanadi. Masalan, tuz va gugurtga bo‘lgan talab, ularning narxlari o‘zgarishi talabga sezirarli ta’sir ko‘rsatmasligi sababli «o‘zgaruvchan bo‘lmagan» deyishi mumkin.

  1. Maksimum daromad olish qonuni. Bunga hamma tijoratchi va ishbilarmonlar kiradi. Bu uch omilga bog‘liq:

  • sotilgan mahsulot soniga;

  • har bir sotilgan mahsulot narxiga;

  • ishlab chiqarish harajatlariga bog‘liq bo‘ladi.

Tijorat korxonalari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha narx siyosati olib boradilar:

  • tovarni sotib olish narxini mumkin qadar pasaytirish. Buning uchun arzonroq sotadigan korxonalarni izlash yoki ko‘p miqdorda tovar harid qilish;

  • xizmat ko‘rsatish narxlarni pasaytirish, ya’ni haridorlarga qo‘shimcha xizmat ko‘rsatishni bepul va past narxlarda olib borish;

  • tovar sotish narxlarni oqilona tarkib toptirish, ustamalarni kamroq qo‘shish yo‘li bilan sotish narxini pasaytirish;

  • mablag‘ aylanish tezligini oshirish, tovarlarning ortiqcha saqlanib qolishini kamaytirish;

  • tijorat korxonalari ishlab chiqarish korxonalariga narxni pasaytirish yo‘lida maslahatlar berish.


Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling