EVROPADA LIZING BOZORI
Mamlakatlar
|
Asosiy vositalarga safarbar etilgan investitsiyalar hajmida lizing o‘rni
(% hisobida)
|
Avstriya
|
13,7
|
Belgiya
|
9,8
|
Daniya
|
9,1
|
Finlyandiya
|
4,7
|
Fransiya
|
16,7
|
Germaniya
|
11,9
|
Italiya
|
16,0
|
Gollandiya
|
6,3
|
Portugaliya
|
10,1
|
Ispaniya
|
6,6
|
Shvesiya
|
13,1
|
Buyuk Britaniya
|
14,6
|
O‘rtacha ko‘rsatkich
|
12,5
|
Uskunalar lizingi 2002 yilda jami lizing operatsiyalari hajmidan 80% ni tashkil etdi. Lizing orqali beriladigan eng ko‘p beriladigan uchkunalar turi bo‘lib yengil avtomashinalar hisoblanadi (33%). Keyingi o‘rinlarda ishlab chiqarish vositalari (25%) va yuk avtomobillaridir (19%). Shuni ta’kidlash lozimki, uskunalarni lizing orqali yetkazib berilishi mamlakatlar bo‘yicha bir tekisda emas. Masalan, Germaniyada uskunalar lizingi bozori umumiy hajmida yengil avtomobillar lizingi 50% ni tashkil etadi, ishlab chiqarish vositalari lizingi esa 10% ga teng bo‘lib, bu ko‘rsatkichlar Italiyada mos ravishda 25% dan pastroq va 50% dan yuqoriroqdir. Shuningdek, Yevropada kompyuter va ofis uskunalari lizing operatsiyalari o‘rtacha 12,5% ga teng va 4% yirik hamda qimmatli mulklar hamda qimmatli samolyotlar, kemalar va shu kabilar ulushiga to‘g‘ri keladi. Lizing oluvchilar faoliyat turlari bo‘yicha lizing bozori tahlili shuni ko‘rsatadiki, lizingdan hamma turdagi korxonalar foydalanadi. Ishlab chiqarish sohasi vakillari bilan birgalikda qurilish va xizmatlar ko‘rsatish sohalari vakillari ham lizing oluvchilar sirasiga kiradi. 2002 yilda xizmat ko‘rsatuvchi sohalar sirasiga jami uskunalar lizingining 50% to‘g‘ri kelgan.
Agar uskunalar lizingi bo‘yicha tuzilgan shartnomalarni o‘rtacha muddatlariga e’tibor qaratilsa, shu ma’lum bo‘ladiki, Yevropa davlatlarida ko‘pgina shartnomalar 2 yildan 5 yilgacha (2002 yilda 77%) tuzilgan bo‘lib, faqat Ruminiyada bu ko‘rsatkich 18%ni tashkil qiladi. 2002 yilda 10 yildan yuqoriroq muddatga tuzilgan lizing shartnomalari soni 2001 yilga nisbatan 58% ga kamaygan.
Do'stlaringiz bilan baham: |