Interaktiv marketing bugungi kunda tez ommalashib borayotgan va elektron tijoratning asosini tashkil qiladigan usuldir. Interaktiv marketing o‘zining bir qator qulayliklari bilan nafaqat kompaniyaga, balki haridorlarga ham qo‘l kelmoqda (7.3-jadval).
3.3-jadval
Interaktiv marketingning qulayliklari
Iste’molchilar uchun
|
Firma va kompaniyalar uchun
|
firma va kompaniyalar tovarlari to‘g‘risida aniq ma’lumot olish
|
bozor sharoitlariga tezda moslashish. masalan narxning bir zumda o‘zgartirilishi va bir zumda qo‘shimcha xizmatlarni joriy qilish
|
buyurtma berish yoki harid qilishning qulayligi va tezligi
|
harajatlarning kamayishi. direkt-marketingning boshqa shakllariga qaraganda axborotlarni yangilash, yetkazish, axborot berish intensivligini ta’minlash, maqsadli auditoriyani kengaytirish uchun kam harajat sarflanadi
|
hissiy omillar orasidagi farqni yo‘qotish. tomonlarning yuzma-yuz uchrashuviga zarurat bo‘lmaydi va hissiy, o‘z fikrini asoslashga bo‘lgan harakatlar sodir bo‘lmaydi
|
o‘zaro munosabatlarning yuzaga kelishi. haridorlarning javobini tezda tahlil qilish, konsultatsiyalar berish, ayrim xollarda esa qo‘shimcha xizmatlarni ham ko‘rsatish mumkin bo‘ladi. masalan, turli dasturiy vositalarni yangilash, ma’lumotlar bazasini taklif qilish, takomillashgan variantlaridan nusxa ko‘chirishga imkon yaratib berish
|
Shuningdek, interaktiv marketing bir qator afzallik va kamchiliklarga ham ega. (3.4-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |