1-mavzu: treyd-marketingning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari
Download 0.93 Mb.
|
трейд-маркетинг мажмуа 22
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sodiq”lik dasturlari (Loyalty programms)
Konkurs (Contests)
Konkurslar – firma brendiga diqqat e’tiborni kuchaytirish va maqsadli auditoriya bilan emotsional aloqalarni o‘rnatishga asoslangan. Firma haridorlari tashkil qilingan konkursda ishtirok etadi va o‘z yaqinlarini firma tovari uchun ovoz berishga undaydi. Konkurslar o‘tkazish yaxshi natija beradi. Konkurslarni zamonaviy kommunikatsiya vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazish juda qulay va samaralidir. Konkurslarda qo‘yiladigan masala juda oddiy va asosan tovar brendidan foydalanish afzalligi to‘g‘risida bo‘ladi. Konkurslar asosan tovar haqida ovoz berish, she’r yoki qo‘shiq uylab topish, ertaklar to‘qish, firma brendi tasvirining 10 ta farqini topish, firma nomini kengaytirish, “eng yaxshi..., eng faol..., eng yosh...” kabi yo‘nalishlarda olib boriladi [19,53-55.]. O‘yinlar Zamonaviy kompter texnologiyalari firma brendlarida onlayn o‘yinlar tashkil qilish imkonini beradi. Bunda internet tarmog‘i orqali o‘ynaladigan o‘yinlar firma tomonidan joylashtiriladi. Ushbu o‘yinlarning muhim bosqichlari yoki umumiy interfeysi firma brendi bilan bezatiladi. O‘yinlar quyidagicha tashkil qilinadi: tovarlar harid qilinganda o‘yinlarning bepul bonus bosqichlari taqdim etiladi; yirik o‘yinlarning ayrim interfeys elementlari firma brendi bilan bezatiladi; tovarlar harid qilinganda bepul promo-kodlar, bonus vaqtlar taqdim etiladi [27,114]. “Sodiq”lik dasturlari (Loyalty programms) Mijozlar sodiqligini oshirishga qaratilgan tadbirlar mijozlarning firma bilan uzoq davr mobaynida aloqa o‘rnatib turishi, hamkorligiga asoslanadi. Bu dasturda firma doimiy mijozlarga foydali bo‘lgan bonuslarni taklif etadi. Sodiqlik dasturlarida yakuniy bonuslar yig‘indisi asosiy e’tiborda turadi. Bunda mijozlar bir necha haridlar amalga oshirib muayyan bonuslarni jamg‘aradi [27,114]. Sodiqlik dasturlarida bonusning qiymati va mijozlar uchun ahamiyatliligi asosiy o‘rinda turadi. Iste’molchilar uchun eng zarur va yoqimli hisoblangan bonus miqdori qanchalik ko‘p bo‘lsa, ular firma tovarlarini harid qilishga shunchalik intiladilar. Sodiqlik dasturlari ikki yo‘nalishda olib boriladi: Oddiy dasturlar: haridlar soni qanchalik ko‘p bo‘lsa, bepul sovg‘alar soni shunchalik ko‘p. Masalan aloqa operatorlari abonentlarning o‘z hisoblarini qancha ko‘p to‘ldirsalar, ularga ko‘proq bonuslar taqdim etiladi; Murakkab dasturlar: bonus ochkolar uzoq davr mobaynida va ma’lum ketma-ketlikda jamg‘arilishi va bunda bir nechta brendlardan foydalanish ko‘zda tutiladi. Masalan, gazeta va jurnallarda e’lon qilinadigan boshqotirmalar javobi uchun e’lon qilingan bonuslar ularning bir nechta sonida beriladi. Ularni jamg‘arish uchun esa ma’lum vaqt talab etiladi. Sodiqlik dasturlarining eng asosiy bonuslari quyidagicha bo‘ladi: tovar yorliqlaridagi 10 ta maxsus kodni to‘plang va yutuqqa ega bo‘ling! eng ko‘p ball to‘pla va oy yakunida yutuqqa ega bo‘l! uch oy davomida 100000 so‘mdan haridni amalga oshiring va yutuqqa ega bo‘ling! Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling