1-mavzu: treyd-marketingning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari
Download 0.93 Mb.
|
трейд-маркетинг мажмуа 22
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muhim voqealar (Events)
- Maxsus o‘ramlar (Special packaging)
- Homiylik(Sponsoring)
POS materiallar
Point of Sales (POS) – sotish joylarida haridorlarning diqqat-e’tiborini jalb qilish uchun foydalaniladigan qo‘shimcha vizual vositalar bo‘lib, varaqa, yopishtiriladigan brend tasvirlari, mobayl(tovarlarning harakatlanuvchi maketlari), vobler(tebranib turuvchi turli bayroqchalar, taniqlik belgilari, rang barang marjonlar)dan iborat bo‘ladi. Muhim voqealar (Events) Event-marketing – firma tomonidan maqsadli auditoriya uchun muhim voqealar, festivallar, ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazishdir. Bunday tadbirlar brendning yanada mustahkam mavqega ega bo‘lishiga va tanilishiga yordam beradi [27, 215-256]. Maxsus o‘ramlar (Special packaging) Tovarlarning maxsus o‘ramlari va maxsus qadoqlarga joylashtirish ham sotuvni rag‘batlash vositasi hisoblanadi. Maxsus o‘ramlar tovarning standart o‘rami yoki qadoqlanishini maqsadli auditoriya uchun qadrli bo‘lgan muhim voqealar arafasida vaqtincha o‘zgartirishdir. Bunga misol qilib mashhur pivo, mineral suv, gazlangan ichimliklar brendining yangi yil, olimpiada o‘yinlari, futbol chempionatlari arafasida o‘ram dizaynining o‘zgartirilishini keltirishimiz mumkin [19,26]. Homiylik(Sponsoring) Homiylik firmalar tomonidan kelgusida tijorat maqsadlarini amalga oshirish maqsadida turli bayramlar, muhim voqealarning nishonlanishini moliyaviy yoki boshqa vositalar orqali qo‘llab-quvvatlash tushuniladi. Masalan yirik sport musobaqalari, bayram tantanalari, madaniy tadbirlar va turli konsert dasturlari ayrim yirik firmalar tomonidan tovarlar, moliyaviy mablag‘lar va boshqa vositalar orqali qo‘llab-quvvatlanadi. Homiylik qoidaga ko‘ra translyatsiya(teleko‘rsatuvlar yok radioeshittiruvlar orqali) va voqea-hodisa (sport musobaqalars, konsertlar, madaniy tadbirlar) shaklida amalga oshiriladi. Homiylik bir vaqtning o‘zida sotishni rag‘batlantirishdan farq qiladi. Homiylik otaliqqa olish demakdir. Homiylikda firma muayyan tadbirlarni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha harajatlarni o‘z zimmasiga oladi. Evaziga esa qo‘l ostidagi Homiylikning quyidagi to‘rt asosiy shakli mavjud: Sport homiyligi Dasturlar homiyligi San’at homiyligi Voqea hodisalar homiyligi. Homiylikning har bir shakli firmalarning tovar belgisini keng jamoatchilikka targ‘ib qilish, tovar brendining tanilishi, mustahkamlanishi, firmaning ijobiy imidjni shakllantirishda o‘z o‘rni va ahamiyatiga ega. Turistik korxonalarning kommunikatsiya siyosatida homiylikdan foydalanishlaridan asosiy maqsad quyidagilar: – firma brendini mustahkamlash – homiylik firmaning iqtisodiy qudratini ham namoyish qiladi. Shu bois ko‘pchilik firma brendini nufuz uchun harid qiladi. – firmaning reklama imkoniyatlarini oshirish – homiylik bir aqtning o‘zida reklama hamdir. Sport va madaniyat sohasidagi ommaviy tadbirlarda firmalarning nomi, savdo belgisi va brendi reklama sifatida tarqatiladi. – firmaning korporativ imkoniyatlarini kengaytirish – voqea-hodisalar, ommaviy tadbirlarga homiylik qilish bilan birga firmalar sotish bo‘limlariga, doimiy mijozlarga turli rag‘batlantirish usullarini qo‘llaydilar. Masalan, sport tadbirlarida firma ramzi tushirilgan bepul futbolkalar, kepka va boshqa buyumlarni tarqatishadi Bugungi kunda homiylik asosan sport va madaniyat sohasida turli ijtimoiy muammolarni hal etish uchun qo‘llanilmoqda. Ammo homiylikdan barcha sohalarda va faoliyat turlarida foydalanish mumkin. Homiylikni rivojlantirish uchun homiylik qilinayotgan ob’ektga nisbatan ommaviy qiziqish va ijobiy fikr bo‘lishi, tanlangan tovar yoki faoliyat esa ushbu ob’ektga mos kelishi kerak [30, 245-246]. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling