1-mavzu: treyd-marketingning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari
Sotuvchilarni rag‘batlantirishning an’anaviy usullariga quyidagilar kiradi
Download 0.93 Mb.
|
трейд-маркетинг мажмуа 22
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sotuvchilarni rag‘batlantirishning zamonaviy usullari.
Sotuvchilarni rag‘batlantirishning an’anaviy usullariga quyidagilar kiradi:
Ish haqiga qo‘shimcha mukofotlar va yillik rejani bajarganlik uchun mukofotlar. Bunday mukofotlar sotish xajmiga ko‘ra yoki belgilangan rejaning bajarilish darajasiga ko‘ra aniqlanadi. Bunday mukofotlar xodimning ish xaqi okladi yoki amaldagi eng kam ish haqidan kelib chiqqan xolda belgilanishi mumkin. Ayrim xollarda bir martalik mukofotlar yilning choraklariga bo‘lib to‘lanishi ham mumkin. Shuni ham yodda tutish kerakki, mukofotni qisman yoki bo‘lib to‘lash o‘zining rag‘batlovchi xususiyatini yo‘qotishi mumkin. Muayyan vazifani bajarganlik uchun mukofot. Bunday mukofotlar bajarilgan ishga mutanosib ravishda to‘lanadi. Masalan, mavsumdan so‘ng sotish rejasini oshirib bajarganlik uchun, oylik rejani oshirib bajarganlik uchun. Katalog bo‘yicha sovg‘alar olish uchun ochkolar yig‘ish. Sotuvchilar har bir ortiqcha bajarilga reja ko‘rsatkichiga, yoki tushirilgan mablag‘ga nisbatan ma’lum ochkolarga ega bo‘ladilar. Firma tomonidan tovarlar va ularni bepul olish uchun belgilangan ochkolar miqdorini ko‘rsatuvchi maxsus kataloglar tuziladi. Sotuvchilar o‘zlari uchun eng zarur bo‘lgan tovarlar uchun imkon qadar ko‘proq mehnat qilishlari zarur bo‘ladi. Sayyohatlar va sihatgohlarga bepul yo‘llanmalar berish. Tanlov g‘oliblari, eng yaxshi sotuvchilarga yutuq sifatida beriladi. Sotuvchilarni rag‘batlantirishning an’anaviy usullari xodimlar uchun zaruriy vaqtda beriladigan eng muhim stimuldir. Ushbu usullar motivatsiya sifatida emas, balki kompensatsiya sifatida qaralmog‘i zarur. Chunki bugungi kunda firmaning muvaffaqiyati faoliyati uchun ayrim xodimlar emas, balki barcha xodimlar birdek harakat qilishlar muhim. Buning uchun ularga maxsus reglamentlar belgilash emas, balki sidqidildan mehnat qilishga mas’ulligini uqtirish, eng yuqori mehnat sharoit yaratib berish zarur. Sotuvchilarni rag‘batlantirishning zamonaviy usullari. Sotuvchilarni rag‘batlantirishning an’anaviy usullarida yuqori natija ko‘rsatgan xodimlar salmog‘i odatda 20 % oshmaydi. Buni o‘ziga xos Pareto tamoyili desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bugungi kunda barcha sohada miqdor ko‘rsatkichidan sifat ko‘rsatkichiga o‘tish kuzatilmoqda. Bugungi kunda aksariyat firmalar soutvchilarni rag‘batlantirishning zamonaviy usullarini o‘z faoliyatlarida qo‘llamoqdalar bularning eng asosiylari quyidagilar: Bepul tovarlar harid qilish imkonini beruvchi kuponlar. Bunday kuponlar 50, 100 va 200 shartli pul birligida joriy etilib firma va uning savdo tarmoqlari orqali qabul qilinadi; Kataloglar bo‘yicha tovarlarni olish uchun cheklar yoki taklifnomalar (restoran, turistik sayohat, mehmonxonada vaqtincha yashash uchun). Bunday rag‘batlantirish odatda shartli pul birliklarida yoki ma’lum ballarda joriy etiladi; Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling