3.1. Savdo vositachilari uchun sotishni rag‘batlantirishning turlari
Sotishni rag‘batlantirish usullarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
o‘tkazilish joyiga ko‘ra (masalan, shahar va hududlarda; ko‘chada, magazinda, bozorda);
o‘tkazilish vaqtiga ko‘ra (tonggi, kunduzgi, kechqurungi, tunggi promo-aksiyalar);
o‘tkazilish davomiyligiga ko‘ra (bir kunlik, ko‘p kunlik);
o‘tkazish sababi (voqea-hodisa)ga ko‘ra (bayram, yubiley, mavsumiy);
tadbirlarning turiga ko‘ra (degustatsiya, sempling, mukofotlar, lotereya o‘yinlari, tanlov, tematik ko‘rgazmalar, tanishtirish, intervyu va boshqalar.).
Odatda sotishni rag‘batlantirish tadbirlari (seylz promoushn) quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi:
sotuvchilarni rag‘batlantirish (trade promotion)
vositachilarni rag‘batlantirish (promotion)
iste’molchilarni rag‘batlantirish (consumer promotion)
Sotishni rag‘batlantirish quyidagi bosqichlarda olib boriladi:
Sotuvchilarni rag‘batlantirish (Trade promotion) – tovar tarqatuvchi tarmoqlar (tijorat agentlari, ulgurji haridorlar, chakana savdogarlar, diler va boshq) faoliyatini jadallashtirish va sotuvni rag‘batlashdir. Tovarlarni sotish ishlab chiqaruvchidan yakuniy iste’molchiga qadar bo‘lgan zanjirdan iborat bo‘lib, bu zanjirda ulgurji haridorlar, sotuvchilar, dilerlar va distribyuterlar oraliq bo‘g‘in vazifasini o‘taydi [19,57-61].
Sotuvchilarni rag‘batlantirishning asosiy usullari qo‘yidagilar:
o‘rnak ko‘rsatgan sotuvchilarni mukofotlash.
o‘rnak ko‘rsatgan sotuvchilarga qo‘shimcha dam olish kunlari joriy etish.
o‘rnak ko‘rsatgan sotuvchilarga firma hisobidan ko‘ngilochar tadbirlar uyushtirish.
g‘oliblarni mukofotlash maqsadida sotuvchilar o‘rtasida tanlovlar o‘tkazish.
ilg‘or sotuvchilar konferensiyasini tashkil etish.
moddiy-ma’naviy rag‘batlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |