1-mavzu: treyd-marketingning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari
Sotuvchilar uchun maxsus tanlovlar
Download 0.93 Mb.
|
трейд-маркетинг мажмуа 22
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sovrin va mukofotlash.
- Vositachilarni rag‘batlantirish (Agent promotion).
Sotuvchilar uchun maxsus tanlovlar. Har qanday tanlovning vazifasi sotuvchilar ish faolligini oshirish orqali sotish hajmini oshirishdan iborat. Marketing amaliyotida sotuvchilar uchun maxsus tanlovlarning 7 ta asosiy tamoyil ishlab chiqilgan. Bular quyidagilar:
Har qanday tanlovning vazifasi sotuvchilar ish faolligini oshirish orqali sotish hajmini oshirishdan iborat bo‘lishi kerak. Barcha sotuvchilar tanlovda g‘olib chiqish uchun teng imkoniyatlarga ega bo‘lishi kerak. Tanlovlarda sotuvchilarning oila a’zolarining ishtirok eitishda teng huquqlarga ega bo‘lishligi. Sovrinlar ko‘p sonli bo‘lishligi va ishtirokchilarni rag‘batlantira olishligi. Tanlov g‘olibi bo‘lish va yutuqqa ega bo‘lish faqat sotuvchilarning erishgan natijalariga bog‘liq bo‘lishligi. Tanlovlar boshlanishidan oldin reklama qilinmog‘i zarur. Firmaning barcha sotuvchilari ushbu tanlovda ishtirok etayotganliklarini his etishlari zarur. Sotuvchilarni rag‘batlantirish ball tizimiga asoslanadi va ushbu ballar bajarilgan ish, ko‘rsatilgan natijalarga qarab aniqlanadi. Har bir ball kelgusida sovrinlarga egalik qilishga xizmat qiladi. Sovrin va mukofotlash. Sotuvchilarni rag‘batlantirishga qaratilgan sovrinlar quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak: Tanlov shartlari va sovrinlari o‘zaro adolatli mutanosiblikni saqlashi kerak. Ijtimoiy-maishiy ahamiyatga ega bo‘lishi kerak (avtomobillar, maishiy texnika buyumlari). Butun tanlov davomida sovrinlar ishtirokchilarda ularga egalik qilish ishtiyoqini pasaytirmasligi kerak. Vositachilarni rag‘batlantirish (Agent promotion). Sotish jarayonida ayniqsa, vositachilarning o‘rni beqiyosdir. Ishlab chiqaruvchi firma va kompaniyalar tijorat promousheniga murojaat qilish orqali quyidagi imkoniyatlarga erishishi ko‘zda tutiladi: – ishlab chiqarilayotgan tovarlarni kataloglashtirish; – savdo tarmoqlari orqali sotilayotgan tovarlar miqdorini ko‘paytirish; – raqobatga qarshi kurashish; – sotish joylaridagi vaziyatni jonlantirish. Savdo vositachilari aksariyat hollarda maqsadlar o‘zaro uyg‘unlashadigan ishlab chiqaruvchi firma va kompaniyalarni tanlaydilar. Ushbu firma va kompaniyalar kelgusida vositachilarning rentabelligini ham ta’minlab bera oladilar. Vositachilarni rag‘batlantirishga qaratilgan samarali usullar quyidagilar: – moliyaviy imtiyozlar; – tovarlarni katalogga kiritish bilan bog‘liq narx tashlamalari; – sotilgan tovar miqdoriga bog‘liq narx tashlamalari; – reklama, reklama murojaati va tovarni namoyish qilishga sarflangan harajatlar o‘rnini qoplab berish; – kuponaj (doimiy mijozlarga narx tashlamalari orqali harid qilish imkonini beruvchi cheklarni joriy qilish). Tijorat vakillariga quyidagi rag‘batlash usullarini joriy etish mumkin: mukofotlar; ochkolar belgilash; bepul turistik yo‘llanmalar berish. Vositachilarni rag‘batlantirishning asosiy usullari quyidagilar: kelishilgan tovar partiyasi harid qilinganda narx chegirmalarini joriy etish. kelishilgan tovar partiyasi harid qilinganda ma’lum miqdorda qo‘shimcha tovarlar bepul beriladi. dilerlar tanlovini o‘tkazish. dilerlar konferensiyasini o‘tkazish. vositachi xodimlar malakasini oshirishga ko‘maklashish. vositachilarga savdo jihozlarini yetkazib berish. Vositachilarni rag‘batlantirishni imtiyoz sifatida olib qarash ham mumkin. Vositachilarni rag‘batlantirish moliyaviy va natura shakldagi imtiyozlardan iborat bo‘ladi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling